9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»



Yüklə 67,38 Kb.
səhifə1/10
tarix16.12.2023
ölçüsü67,38 Kb.
#181245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu. Mehnat potensiali Reja «Mehnat potensiali»-fayllar.org


9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»

9-mavzu. Mehnat potensiali
Reja:
1. «Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi
2. Mehnat potensialini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi
3. Mehnat potensialining tasniflanishi
Tayanch so`zlar : mehnat potensiali,jamiyatda mehnat faolligiga ega aholi demografik, ijtimoiy va ma’naviy xususiyatlarining jamlanmasi bo‘lib, ana shu potensialning ushbu jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.


1. «Mehnat potensiali» tushunchasi va uning nazariyasi
«Mehnat potensiali» tushunchasi ilmiy adabiyotda nisbatan yaqinda – 1980-yillarda muomalaga kiritildi. Mehnat potensiali – bu muayyan bir jamiyatda mehnat faolligiga ega aholi demografik, ijtimoiy va ma’naviy xususiyatlarining jamlanmasi bo‘lib, ana shu potensialning ushbu jamiyatda mavjud bo‘lgan mehnat munosabatlariga jalb qilinganligini yoki jalb qi-linishi mumkinligini anglatadi.
Mehnat potensiali ishlab chiqarishning inson omili shakli hisoblana-di, ya’ni mehnat potensialida faqat ish bilan bandlar hisobga olinadi.

Jamiyatning mehnat potensiali tarkibiga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch ki-chik tizim kiradi (6.1-rasm). Ular quyidagilardan iborat:
Demografik kichik tizim. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
– barcha ijtimoiy munosabatlarning jismoniy eltuvchilari sifatidagi inson avlodlarining muttasil yangilanib turishini ta’minlaydigan demo-grafik jarayonlar;

– aholi turli toifa va yoshlari guruhlari salomatligining baholani-shi;

– mehnat faolligiga ega aholining yosh guruhlari miqdori umumiy chega-ralari manbalaridan biri sifatidagi migratsiya oqimlari.

Demografik kichik tizim mehnat potensiali miqdor unsurining asosini tashkil etadi. Aholining kengaytirilgan tarzda shakllanishi sharoitlarida mehnat potensiali muttasil ko‘payib va yosharib boradi, aholining oddiy yoki qisqartirilgan tarzda shakllanishida esa u miqdor jixatidan kamayib, qarishga o‘tadi.

2. Ijtimoiy-iqtisodiy kichik tizim. Mazkur kichik tizim aholi mehnat potensialining sifat unsuridir. Unda markaziy o‘rinnni xo‘jalik yuritish usuli, bandlik shakllari, moddiy rag‘batlantirish tizimlari bilan bog‘liq aholining mehnat faolligi masalasi egallaydi. Bozor iqtisodiyoti sharo-itlarida xodimlarning ish joyining yo‘qotishi, o‘zgartirishi yoki qayta ma-lakalashtirilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun samarali ijtimoiy kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratilishi lozim.

3. Ijtimoiy-psixologik kichik tizim. U mehnat faoliyatining sub’ekti sifatidagi shaxsni shakllantirishda paydo bo‘ladigan muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan. Ushbu kichik tizim shaxs tarbiyalanishi, ta’lim oli-shi, kasbiy tayyorlanishi natijasida shakllantiriladigan mehnat qobiliya-tining shakllanishi uchun zarur.



Yüklə 67,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin