9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-rasm. Jamiyatning mehnat potensiali tarkibi



Yüklə 67,38 Kb.
səhifə2/10
tarix16.12.2023
ölçüsü67,38 Kb.
#181245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu. Mehnat potensiali Reja «Mehnat potensiali»-fayllar.org

6.1-rasm. Jamiyatning mehnat potensiali tarkibi
Jamiyatning mehnat potensiali tushunchasini avlod mehnat potensiali tushunchasidan farqlash kerak. Avlodning mehnat potensiali – bu aholi mehnat faolligining jamlanma iqtisodiy-demografik ko‘rsatkichi sanala-di. U muayyan bir avlodning iqtisodiy faol yoki ish bilan band bo‘lgan toi-falarini qamrab oladi.

Shu bilan birga mehnat resurslari bilan aholining mehnat potensiali ham farqlanadi. «Mehnat resurslari» tushunchasi faqat ishlab chiqarishda ish bilan bandlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Aholining mehnat po-tensiali esa faqat ishlab chiqarishda muntazam foydalaniladigan aholini emas, shuningdek, uning yashirin imkoniyatlarini ham qamrab oladi. Bundan kelib chiqqan holda, aholining mehnat potensialini qisqa qilib, xodimlar-ning foydalaniladigan mehnati va foydalanilmaydigan mehnati zahirasi-ning jamlanmasi sifatida ta’riflash mumkin.

Mehnat potensialining tarkibiy qismlari quyidagilarni ham qamrab oladi:
– qulay mehnat munosabatlari;

– yangi g‘oyalar va usullarni ilgari surish va tahlil etishga qodirlik;

– mehnat bozorida mehnat resurslariga talabning mavjudligi;

– o‘z mehnat funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.



Har bir shaxsning mehnat potensiali tarkibiga esa quyidagilar kiradi (6.2-rasm):
1. Salomatlik. Ish bilan band shaxs uchun salomatlik deganda, uning mehnatga qodirligi, kasallanishi sababli ishga chiqmaslik holatlari bo‘l-masligi tushuniladi. Korxona uchun xodimlarning salomatligi ish vaqti yo‘qotilishi miqdoriga, shuningdek, o‘z xodimlari salomatligini ta’min-lash uchun qo‘shimcha xarajatlar darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olgan-da, jamiyat uchun salomatlik aholining o‘rtacha umr kechirishi va davlatning sog‘liqni saqlash tizimiga xarajatlariga bog‘liqdir.

2. Faollik. Inson o‘zining mehnat potensialini to‘la namoyon eta olishi uchun u muayyan darajada faol bo‘lishi talab etiladi. Faollik, eng avvalo, yan-giliklarga intilishda, o‘z vazifasiga ijodiy yondashishda, mehnat unumdorli-gini oshirishga, umuman, o‘z mehnat faoliyatiga munosabatida namoyon bo‘ladi.

3. Ijodiy potensial. U iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Korxonada mehnat unumdorligini oshirish hisobiga maxsulot hajmi va sifatini oshirish ko‘p jihatdan xodimlar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yara-tilishiga bog‘liq.

4. Ta’lim darajasi. Hozirgi davrda ta’limga investitsiyalar eng sa-marali sarmoya hisoblanadi. Mehnat potensiali ham ana shu ta’lim darajasi bilan belgilanadi. Uning samaradorligi bilimdan oqilona foydalanilgan holda yuksak natijalarga erishilishida o‘z ifodasini topadi.

5. Kompetentlik. U ta’lim darajasi kabi mehnat potensialining muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Kompetentlik deyilganda, birinchi navbatda, xodimning malakasi tushuniladi. Zamonaviy ishlab chiqarishda yuqori malakali mehnatga talab juda katta. Xodimlar malakasining pastligi texnikaviy taraqqiyot uchun salbiy omil bo‘lib qolmasdan, alohida xodimlar, shuningdek, umuman mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladigan ishlab chiqarishdagi turli noxush vaziyatlarga olib kelishi mum-kin.

6. Tartiblilik. Tartiblilik deyilganda, xodimning ish vaqtidan oqi-lona foydalanishi, uning intizomliligi kabi boshqa xususiyatlari nazarda tutiladi.



  1. Assertivlik. Assertivlik yoki shaxsiy fazilatlar jamlanmasining uyg‘unligi tartiblilik tushunchasi bilan uzviy bog‘liq. Assertivlik deyil-ganda, xodimning vaziyatni to‘g‘ri baholay olishi, o‘z fikrlarini aniq ifoda etishi, shaxsiga va atrofdagilarga holis baho berishga qodirligi, boshqalar-ning fikriga diqqat bilan munosabatda bo‘lishi, asos bo‘lganda esa o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirishi mumkinligi va boshqalar tushuniladi.





Yüklə 67,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin