Maxsus sirqi fakulteti



Yüklə 185,5 Kb.
səhifə1/4
tarix05.04.2023
ölçüsü185,5 Kb.
#93844
  1   2   3   4
OLIMJONOVA GULBAHOR


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSITUTI


MAXSUS SIRQI FAKULTETI


BOSHLANG’CHIQ TA’LIM VA STI YO’LANISHI
‘’BOSHLANG’ICH TA’LIM’’ KAFEDRASI ‘’MATEMATIKA O’QITISH MEDODIKASI’’ FANIDAN
‘’IV SINFDA MASALANI TURLI XIL USULDA YECHISH’’ MAVZUSIDAGI


KURS ISHI


Bajardi; Olimjonova Gulbahor


Ilmiy rahbar; Qalandarov Sh


Kurs ishi ‘’Boshlang’ich ta’lim’’ kafedrasida bajarildi.


Kafedra mudiri; Qalanadarov Sh
Kurs ishi kafedraning 2023-yil____apreldagi majlisida himoya qilindi va


____foizga baholandi.
Komissiya raisi; _________________________________


A’zolari;_______________________________________


QO’QON 2023

~ 1 ~


MUNDARIJA


Kirish…………………………………………………………………………………….. 3-4
I BOB. Masala haqida umumiy tushuncha

1§ Masala turlari…………………………………………………………………………. 5-7


2 §.3-4 sinflarda masala turlari va ularni yechish usullari ………………………………. 8-10


II BOB HARAKATGA DOIR MASALALARNI O'RGANISH USULLARI.

1§ Harakatga doir masala turlari va ularni yechish…………………………………... 11-16


2-§ Harakatga doir masalarga oid dars ishlanmasi …………………………………... 17-18




Xulosa …………………………………………………………………………………..19


Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………………. 20

~ 2 ~


KIRISH.

Boshlang'ich maktabda matematika ta'lim o'qituvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olishga egallangan bilimlari ijtimoiy faoliyatlarida qo'llashga hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi.


Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o'quvchilarning mantiqiy fikrlash malakasini oshirishi, ularning o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin xozirlaydi.o'qituvchining vazifasi - bolalarga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishdan iborat.


Boshlang'ich sinflarda orifmetik masalalar matematika kursining eng katta muhim tarkibiy qismidir. Ularda butun kuchning asosiy mazmuni va shu bilan birga arifmetik tushunchalarning mazmunini ochib beradi. Masalalar yechish jarayonida o'quvchilar har bir amal ma'nosini va ularni qo'llashning asosiy hollarini o'zlashtiradilar, og'zaki va yozma hisoblash malakalari qo’llaniladi va mustahkamlanadi, masalalar yechishga o'rgatish o'quvchilarning mustaqil faoliyatlarini rivojlantirish uchun, ularda faollik va tashabbuskorlikni o'stirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Harakatga doir masalalarni yoritishning maqsadi o'quvchilarda harakatga doir masalalar haqida tezlik, vaqt va masofa va ular orasidagi boshlanish haqida bilmlarni shakllantirib makammal darajadagi ko'nikma va malakalarni hosil qilish yo'llarini ko'rsatishdan iboratdir.
Harakatga doir masalalarni boshlang'ich matematika kurslaridagi masalalarning eng murakkab va yuksak ahamiyatli bir qismdir. Harakatga doir masalalar ko'p xonali sonlar ichida masalalar bilan ishlash jarayonida ya'ni 4 sinfda o'tiladi. Bu xil masalalarning to'rtinchi sinfda o'tilishining sababi masalalarning murakkabligi va bir vaqtning o'zida masala tarbiyaga masofa vaqt va tezlikning

~ 3 ~

ishtirokidir. Tezlik ham o'sha vaqtda yangi tushuncha sifatida kiritiladi va harakatga doir masalalarning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi tushuntiriladi.

Mavzuning ahamiyati shundan iboratki, boshlang'ich sinf o'qituvchilari harakatga doir masalalarni o'quvchilarga o'rgatishda ta'limning zamonaviy usullaridan yangi pedagogik texnalogiyalaridan foydalanishning samaradorligini ko'rsatib berishdir.


Harakatga doir masalalar bir muncha murakkabligi bilan birga uni o'rganishning dolzarbligi inson hayotida katta va muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan: oddiy bir misol. Boshlang'ich sinf o'quvchisi uydan maktabgacha qancha vaqtda kelishini necha qadam ekanligini o'zicha qiziqish bilan o'lchab ko'radi. Agar tez yursa oz vaqt ichida yetishni agar, sekin yursa ko'proq vaqt ichida yetib borishini kunlik jarayonlar sababli yaxshi biladi. Bu masofa vaqt va tezlik o'rtasidagi bog'lanish bilan bog'liq bo'lgan ilk tushuncha va bilimlarning oddiy bir ko'rinishidir. Bundan tashqari masofa va vaqt tezlik orasidagi bog'lanishning 'oshlang'qich sinflarda o'rgatilishi yuqori sinf fizika kursning tezlik bilan bog'liq bilimlarning boshlang'ich asosi hisoblanadi.


Harakatga doir masalalarni to'liq va to'g'ri tushunib o'zlashtirib olgan o'quvchilar o'z hayotida uchraydigan turli xil vaziyatlardan (albatta masofa, vaqt va tezlik bilan bog'liq bo'lgan) osongina chiqib keta oladigan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarida o'z o'rnida qo'llay oladilar. O'z bilimlarini o'z o'rnida samarali qo'llay olish esa barkamollikning bir belgisidir. Barkamol avlod esa mustaqil O'zbekistonning buyuk kelajagidir. Zero kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalash, biz boshlang'ich sinf o'qituvchilarning muhim vazifasidir.


I BOB. Masala haqida umumiy tushuncha



Yüklə 185,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin