9-mavzu. Mehnat potensiali Reja: «Mehnat potensiali»


-jadval Ilmiy-iqtisodiy muomalada mehnat omiliga oid



Yüklə 67,38 Kb.
səhifə4/10
tarix16.12.2023
ölçüsü67,38 Kb.
#181245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
9-mavzu. Mehnat potensiali Reja «Mehnat potensiali»-fayllar.org

6.1-jadval


Ilmiy-iqtisodiy muomalada mehnat omiliga oid


kategoriyalarning shakllanishi



Kategoriya




Kategoriyaga berilgan


Vujudga kelish zarurati




ilk tarif
















Ishchi kuchi


XIX asr

Mehnat jarayonida unumli

Ishlab chiqarishning shaxs






foydalanilishi mumkin


omilini nomlab belgilash va






bo‘lgan qobiliyat va fazi-


hisobga olish zarurati






latlar egasi














Mehnat resurs­


XX asrning


Tashqaridan boshqariladi-


Markazlashgan iqtisodi-


lari

20-yillari

gan nofaol ob’ekt,


yotni rejali boshqarish






rejalashtiriluvchi-


sharoitida ishchi kuchini






hisobga olinuvchi birlik


shakllantirish­


jarayonining








ko‘rsatkichlarini o‘lchash va








rejalashtirish zarurati


Inson

XX asrning

Inson – eng samarali


Insonning intellektual


kapitali


60-yillari


sarflar ob’ekti va ularni


ahamiyatliligi va uning ri-




boshi

keyinchalik ro‘yobga chiqa-

vojlanishiga investitsiyalar






rish maqsadida bilim va


yo‘naltirish zaruratining






qobiliyatlar yig‘indisiga


e’tirof etilishi






aylantiruvchi sub’ekt






Mehnat

XX asrning

Inson mehnat sohasidagi


Shaxs omili bilan bog‘liq


potensiali


70-yillari


talab-ehtiyoj va qiziqish­


bo‘lgan imkoniyatlarni fa-






lar bilan tavsiflanadigan


ollashtirish va ulardan sama-






ob’ekt sifatida


rali foydalanish zarurati


Inson omili


XX asrning


Inson – ijtimoiy ishlab


Ijtimoiy-siyosiy shart-




80-yillari


chiqarishning bosh harakat-


sharoitlar, shaxs omilining




o‘rtalari


lantiruvchi kuchi, ishlab


samaradorligini oshirish






chiqarish samaradorligini


zarurligi






oshirish vositasi






Mehnat potensiali jamiyatda mehnat imkoniyati, quvvati, ish bilan bog‘-liq kuchlarning mavjudligi, degan ma’noni bildiradi. Mehnat potensialining ta’rifi uning shakllanishi, uni sifatiy, miqdoriy baholash va samarali foydalanishni ifodalovchi omillar birikmasidan iborat. Hozirgacha mazkur kategoriya olimlar tomonidan turlicha talqin qilinib, ular bu tushunchaga turli nuqtai nazardan yondashganlar.

Ba’zi olimlar mehnat potensiali bilan mehnat resurslarini o‘zaro teng­ lashtirib, bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi, deya ta’kidlashadi. Boshqa tadqiqotchilarning qayd etishicha, bu kategoriyalar bir-biridan farq qiladi, bunda mehnat potensiali mehnat resurslari va ishchi kuchiga nisba-tan kengroq tushuncha hisoblanadi.

«Mehnat potensiali» mavzusi haligacha munozarali masala bo‘lib kel-moqdaki, bugungi kunda u haqdagi ilmiy-iqtisodiy yondashuvlarni uch yo‘na-lishga ajratish mumkin.




Birinchi yo‘nalish vakillari «mehnat potensiali» kategoriyasiga «resurs» jihatdan yondashib, asosan, uning miqdoriy ko‘rsatkichlariga alohida ahami-yat beradilar. Mazkur yo‘nalish vakillarining fikricha, mehnat potensiali jamiyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan turli xildagi ish bilan bog‘liq resurslar majmuidir.
Mazkur kategoriyani tadqiq etar ekan, rossiyalik olim N. A. Gorelov uni «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalari bilan bevosita teng­ lashtiradi. U bunga miqdor jihatdan yondashib, mehnat potensiali mehnat yoshidagi ishga layoqatli axoli sonidan iborat, degan fikrni ilgari suradi.

Aynan shunga o‘xshash fikrni G. G. Sergeeva va L. S. Chijovalarning iqti-sodiy qarashlarida ham ko‘rish mumkin. Ular tomonidan chop etilgan «Mamla-kat mehnat potensiali» asarida mazkur kategoriyani jamiyat egalik qiladi-gan mehnat resurslaridir, deya talqin etadilar. Biroq ular, N. A. Gorelovdan farqli ravishda, ushbu kategoriyani talqin etishda uning sifat jihatlariga ham e’tibor qaratadilar. Ya’ni, ularning fikricha, ishga layoqatli aholining miqdor na sifat jihatlarining o‘zaro uyg‘unligi mehnat potensialining real mazmunini belgilab beradi.

Rossiyalik iqtisodchi olim N. A. Volgin ham unga resurs sifatida yonda-shib, «Mehnat potensiali – bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq ko‘pgina ele-mentlardan tashkil topgan mehnat resurslari yig‘indisidir. U yoki bu ele-mentni ushbu majmuaga kiritishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi asosiy belgi jonli shaxs, organizm egalik qiladigan ishga bo‘lgan jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan.

R. P. Ruzavina, R. P. Kolosova, A. A. Kumыkova va L. E. Kunelskiylarning fikricha, mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo‘nalishlardan biridir. Mazkur olimlar potensialni resurslarga nisba-tan kengroq tushuncha deb qarab, mehnat potensialining tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga layoqatli barcha fuqarolarni, shuningdek, ish bilan band bo‘lgan ishchilar bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga ko‘ra ish bilan band bo‘lmagan kishilarni ham kiritadilar.

V. G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o‘ziga xos nuqtai nazarni ilga-ri surib, uning shakllanishida ish sharoitlariga ham alohida urg‘u beradi. Shunga ko‘ra, u mehnat potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birli-gidan tashkil topadi, deya ta’kidlaydi.

Ukrainalik iqtisodchi olim N. V. Korovyakovskaya ham potensialni re-sursga tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga yetgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining xizmatga bo‘lgan qobiliyatini saqlab qolgan kishilar birikmasidan tashkil topadi, degan xu-losaga keladi.

L. S. Degtyar esa resurslar va potensial o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, deb hisoblaydi. Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil maz-munga ega va o‘zaro teng ahamiyatlidir.

Demak, potensialga resurs sifatida yondashadigan olimlar, asosan, miq-dor ko‘rsatkichlariga birinchi darajali e’tibor berib, ular potensialni ta’riflashda ishga layoqatli kishilar, mehnat resurslari, ish bilan band-lar, ishsizlar hamda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan pensionerlar kabi aho-li qatlamlari bilan cheklanganlar. Bunda ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar.


Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» sifatida yondashib, potensialning tarkibini aniqlashda shaxsiy va insoniy omillar (sifat) nuqtai nazaridan yondashadilar. O‘z qarashlarda ular sifat ko‘rsat-kichlariga alohida ahamiyat beradilar.
M. I. Skarjinskiy potensialga shaxsiy omil harakatining iqtisodiy shakllaridan biri sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan o‘tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali. Olimning ta’riflashicha, mehnat salohiyati jamiyatni harakatga keltirishning real va potensial im-koniyatidir.

«Potensial» tushunchasini ta’riflashda Ural davlat iktisodiyot uni-versitetining professori N. I. Shatalova omilga alohida urg‘u berar ekan, mehnat potensiali inson omilining aniq tarzda namoyon bo‘lishidir, degan kisqa ta’rifni keltiradi.

Shunga o‘xshash nuqtai nazarni I. A. Kokorevning iqtisodiy qarashlari-da ham uchratish mumkin. U ham potensialning mazmun-mohiyatini yoritishda omilga alohida e’tibor qaratib, mehnat potensiali inson omilining ishga oid shaxsiy sifatlar yig‘indisidir, degan fikrni ilgari suradi.

M. I. Dolishniy, S. N. Zlupko, V. Dobrik, T. M. Paliya, T. Shuls va bosh­ qalardan iborat iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruv-chi kategoriya sifatida qaraydilar. M. I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi formulani taklif etadi:

MP = JMpr + JMrr + JMz,

bu yerda, MP – mehnat potensiali; JMpr – jonli mehnatning potensial re-surslari; JMrr – jonli mehnatning real resurslari; JMz – jonli mehnat zaxirasi.

Shuningdek, M. I. Dolishniy talqinida mehnat potensiali quyidagi sa-bablar birikmasidan iboratdir: demografik, tibbiy-biologik, ta’lim va kasb-malaka ko‘rsatkichlari.
V. S. Bulanovning ta’kidlashicha, potensial o‘zida alohida insonning, shuningdek, jamiyatdagi turli ishchilar guruhining barcha mehnat imkoniyat-larini mujassam etadi. Xizmatning ko‘lami, tarkibi va miqdorini aniqlov-chi resurslardan farqli ravishda, potensial uning sifati va salohiyatli im-koniyatlarini tavsiflaydi.

G. E. Slezinger mehnat potensialini ishlab chiqarish omilining shaxsiy xu-susiyatlari yig‘indisidir, deb hisoblaydi. B. M. Genkinning fikricha, mehnat potensiali insonning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etish imkoniyatidir.

L. A. Kostinning fikriga ko‘ra, mehnat potensiali insonning ishga la-yoqatini aniqlovchi turli sifat ko‘rsatkichlari yig‘indisidan iborat: birin-chidan, ishchining sog‘ligi, mehnatga yaroqliligi, chidamliligi, jismoniy va ruhiy salohiyati; ikkinchidan, tug‘ma qobiliyatlar, insonning umumiy va max-sus bilimlari, mehnat ko‘nikmalari va tajribalari; uchinchidan, ishchilar-ning mas’uliyat, manfaat va talab-ehtiyojlari darajasi.

Uchinchi yunalish namoyandalari esa mehnat potensialini ham miqdor, ham sifat jihatdan o‘rganib, mazkur kategoriyani ta’riflashda har ikkala ko‘r-satkichni teng qo‘yadilar. Ularning nazarida, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari-ning o‘zaro uyg‘unligi potensial, demakdir.
Rus olimlari V. Kostakov va A. Popovlar uning miqdor va sifat omil-larining mushtarakligiga e’tiborni qaratib, «mehnat potensiali» tushun-chasini – mamlakat mehnat resurslarining sifat va miqdor jihatlarining o‘zaro uyg‘unligidir, deb ta’riflaydilar.

Yana bir rossiyalik tadqiqotchi A. Ya. Kibanov shu kategoriya yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etar ekan, mehnat potensialiga jamiyatning mod-diy ne’matlar yaratuvchi kuchi sifatida qaraydi va unga quyidagicha ta’rif beradi: «Potensial o‘zida mehnat resurslari ishga bo‘lgan qobiliyatlarining sifat va miqdor xususiyatlari umumlashmasini ifoda etadi. Biroq bunda ‘‘potensial’’ va ‘‘resurs’’ tushunchalarini o‘zaro qarama-qarshi qo‘yish kerak emas, chunki potensial jamiyat, jamoa va shaxs tomonidan yaratilgan, kelgu-sida amal qilish va taraqqiy etish imkoniyatini ta’minlovchi sifatlarni ifoda etib, mohiyat jihatdan ‘‘resurs’’ tushunchasiga mos keladi».

I. S. Maslova o‘z iqtisodiy qarashlarida potensialga quyidagicha ta’rif beradi: «Mehnat potensiali – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining muayyan darajasida ijtimoiy foydali faoliyatda ishirok etishiga ko‘ra, ishga layoqatli aholi, turli xizmatchilar guruhi yoki alohida inson barcha mehnat imkoniyatlarining sifat va miqdor xususiyatlari birligidir».

A. S. Pankratovaning qarashlarida ham miqdoriy, ham omilli yondashuv­ ni ko‘rish mumkin. Biroq bunda u mehnat potensialining har ikkala (miq-dor va sifat) jihatlarini o‘zaro uyg‘unlik orqali ko‘radi. Uning fikricha, mehnat potensiali – jamiyatning ishlab chiqarishni rivojlantirish talab­ lariga mos keluvchi shaxsiy omil bilan ta’minlash imkoniyatini miqdoriy ta’riflaydigan tushunchadir. Boshqa olimlardan farqli o‘laroq, A. S. Pan-kratova potensial – shaxsiy omilning miqdoriy namoyon bo‘lishidir, deb ta’riflaydi. Shuningdek, tadqiqotchi mehnat potensialini aniqlashda ishga layoqatli aholining soni, ish vaqti miqdori (davomiyligi) va unumdorlik kabi ko‘rsatkichlarga ham alohida e’tibor qaratadi.


A. E. Kotlyar mehnat potensiali kategoriyasini tadqiq etar ekan, uning miqdor va sifat jihatlarini quyidagi tarzda ajratib beradi: miqdor ko‘r-satkichlar o‘zida ishga layoqatli aholining sonini va unumdorlikning muayyan darajasida ularning ishlagan vaqtlari hajmini aks ettirsa, sifat jihat-lar esa xizmatga layoqatlilarning sog‘ligi, jismoniy qobiliyatlari, ma’lu-moti, malakasi va g‘oyaviy-siyosiy darajasi bilan ifodalanadi.

Kategoriyaning miqdor va sifat ta’riflari o‘zbekistonlik olima D. N. Rahimova tomonidan ham keng yoritib berilgan, uning fikricha, mehnat potensiali miqdor ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda sifat tomonlariga ham ega bo‘lishi kerak.

Mazkur ta’limotlar tomonidan ilgari surilgan turli nuqtai nazar va qarashlarda «mehnat potensiali» tushunchasi turlicha talqin qilinmoqda. Bunda unga omil sifatida yondashuvchilar resurs deb qarovchilarga nisbatan kengroq fikr bildirmoqdalar.

Demak, ko‘rib o‘tilganidek, mehnat potensiali ko‘pchilik olimlar asar-larida tushuncha sifatida qaraladi, ba’zi tadqiqotchilarning ilmiy ishla-rida esa u ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etiladi. Bir qator tadqiqotchilar esa uni nisbatan kengroq talqin qilib, mazmun jihat-dan «mehnat resurslari» «ishchi kuchi» kabilardan farq qiluvchi murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, deb qaraydilar. Mazkur tushunchani iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qiluvchilar mehnat potensiali-ning ijtimoiy shakli sifatida ishchi jamoalar va alohida xizmatchilarning shakllanishi, taraqqiy etishi hamda inson shaxsining imkoniyatlaridan amalda foydalanish borasida yuzaga keladigan ishlab chiqarish munosabatla-rini ko‘radilar.

O‘zbekistonlik bir guruh iqtisodchi olimlar (R. A. Ubaydullaeva, X. P. Abulqosimov, D. N. Rahimova, Sh. N. Zaynutdinov, Sh. R. Xolmo‘minov, A. A. Abdug‘aniev, A. V. Vahobov, N. X. Rahimova) mehnat potensiali jismo-niy imkoniyatga, ma’lumot, kasb-hunar, malakaga ega, ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi, degan fikrni

ilgari suradilar. Bu ta’rif bilan ular potensial resursga nisbatan keng tushuncha bo‘lib, miqdor ko‘rsatkichlari bilan birga ishchining ishlab chiqa-rish faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi sifat ko‘rsatkichlariga ham egadir, deb ta’kidlaydilar.


Fikrimizcha, mehnat potensiali mehnatga bo‘lgan qobiliyatlarning umum-lashmasini (ularning miqdoriy va sifatiy munosabatlarida), alohida ish-chini va jami xizmatchilarning mehnat faoliyatida qatnashish imkoniyatla-rini ifodalaydi. Potensialning resursdan sifat jihatidan farqi shundan iboratki, mehnat potensiali jamiyat ixtiyoridagi oddiy ish salmog‘i (mas-sasi) emas, balki ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini ta’minlaydigan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning optimal imkoniyati-ni ifodalaydigan, xizmat faoliyatiga muvofiq keluvchi sharoitlar birligi-dir.

«Mehnat potensiali» iqtisodiy kategoriyasining «ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» kabi kategoriyalardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususi-yatlari quyidagilardan iborat:



birinchidan, mehnat potensiali – jamiyat qilayotgan jonli mehnatning miqdoriy va sifatiy aniq resurslaridir. Shuningdek, u o‘zida sifat jihat-larining barchasini gavdalantiradigan ishchi kuchi majmui hamdir;


ikkinchidan, mazkur iqtisodiy kategoriya yakka ishchi hamda ishchilar jamo-asining mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini baholash imkoni-yatini beradi, bu esa amaliyotda inson omilining faolligini oshiradi;


uchinchidan, uni tahlil kilish ishlab chiqarishning inson va ashyoviy omil-lar o‘rtasida sifatiy hamda tarkibiy muvofiqlik bo‘lishiga yordam beradi.
Mazkur fikr-mulohazalarni rivojlantirgan holda ta’kidlash lozimki, «mehnat potensiali» tushunchasi o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy mazmun-mohi-yatiga ko‘ra, «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalariga nisbatan kengroq ma’no kasb etadi. Mamlakat mehnat potensialini ta’riflashda, unga faqat ish jarayonini amalga oshiruvchi kuch va imkoniyatlarning namoyon bo‘lishi, deb qaramaslik kerak. Chunki mehnat potensiali iqtisodiyotda band bo‘lgan va xizmat jarayonlarida faol ishtirok etayotgan ishchi kuchi bilan bir-ga aholining mehnatda band bo‘lmagan nofaol (zahira) qismini ham o‘z ichiga oladi.

«Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas, resurslarning ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi. Dastlabki bosqichda resurslar ishchi kuchining salohiyatli qismi bo‘lib, ular mehnat vositalari va qurollari bilan ishlash tajriba-sini orttiradi. Ikkinchi bosqichda esa ular ish joylarga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlarning faoliyat jarayonida sarflanishi ro‘y beradi.

Mehnat resurslari bu davrda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi vaqt va quvvat sarflab, moddiy ne’mat yaratadi hamda mahsulot iste’mol qiymatiga ega bo‘ladi.

Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to‘xtatishi bilan yana iqtisodiy nofaol aholi tusini oladi, lekin resurs tarkibida qoladi. Shu sababli mehnat re-sursi mehnat potensialidan o‘z xizmati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko‘ra farqlanadi.

Potensialni ilmiy-iqtisodiy jihatdan tadqiq etish uning resurs tar-zidagi mazmun-mohiyatini ham sifat, ham miqdor jihatdan ochib beradi. Mehnat potensialini ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida shakllani-shi, uning tadqiq etilishi va o‘rganilishi bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida «ishchi kuchi», «mehnat resurslari», «mehnat potensiali» kabi iqtisodiy tu-shuncha va kategoriyalarning ham ma’no-mazmuni birmuncha o‘zgarib bormoqda. Bulardan nafaqat ilmiy-iqtisodiy adabiyotlarda, balki kundalik amaliyotda ham keng foydalanila boshlandi.

O‘zbekistonda bozor munosabatlarini samarali tatbiq etish, aholini ish bilan ta’minlash va bu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, eng avvalo, mavjud mehnat potensialidan unumli foydalanishga bog‘liq. Mehnat potensiali esa bugungi innovatsion iqisodiyotni zamonaviylashti-rish jarayonlarida muhim salmoqqa ega bo‘lib, uning ahamiyatini mikro, mezo va makrodarajalarda ko‘rish mumkin.

Mehnat potensialining mikrodarajadagi ahamiyati ularning korxo-na, tashkilot va muassasalar faoliyatidagi o‘rni hamda ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ma’lumki, mehnat potensiali ishlab chiqa-rishning asosiy omili bo‘lib, boshqa resurslarga nisbatan o‘ziga xos xusu-siyatlarga ega. Chunki ishlab chiqarishni yuzaga keltiruvchi resurslar (yer, ka-pital mablag‘, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo) bevosita mehnat omili orqali boshqariladi.

Shu bois, qaysi korxonada inson omiliga ustuvor ahamiyat berilib, undan unumli foydalanilsagina, iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Yaponiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Rossiya kabi davlatlarning dunyoga mashhur yetakchi kompaniya va firmalari ham aynan personal xizmati hamda mehnati orqali yuqori daromad va mavqega erishgan.

Hududlar va mintaqalar iqtisodiyotida mehnat potensialining roli uning mezodarajadagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Mamlakatning qaysi xududida mehnat potensiali yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, u yerda ishlab chiqarish va sanoat tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma, kommunikatsiya ri-vojlanadi. Shuningdek, mazkur mintaqalarda yaratilgan yalpi xududiy mahsu-lot (YaXM) hajmi mamlakat yalpi ichki mahsulotida (YaIM) yuqori ulushga ega

bo‘ladi. Bundan tashqari, urbanizatsiya darajasi ham aynan mehnat potensiali omili bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki aynan aholi va ishchi kuchining hu-dudiy harakatlanishi urbanizatsiyani keltirib chiqaradi. Demak, bu ko‘rsat-kichlar hududning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini ham belgilab beradi.


Mehnat potensialining makroahamiyati uning mamlakat yalpi iqtisodi-yotidagi o‘rni va asosiy boylik sifatida e’tirof etilishi bilan asoslanadi. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning asosini mehnat tashkil etadi. Aynan u orqaligina mamlakatda moddiy va nomoddiy ne’mat-lar, milliy, madaniy, ma’naviy boyliklar yaratiladi. Mazkur mehnatning sub’ekti esa bevosita inson, ya’ni mehnat potensialidir. Shu bois milliy iqtisodiyot fanida milliy boylikka quyidagicha ta’rif berilgan: milliy boylik – jamiyat ixtiyoridagi mehnat bilan yaratilgan va jamg‘arilgan mod-diy ne’matlar mujassamidir.

Milliy boylik tarkibiga boshqa resurslar bilan birga mehnat poten-siali, ishlovchi aholining zamon talabiga javob beradigan ishlab chiqarish tajribasi, ilmiy-texnika hamda tadbirkorlik bo‘yicha innovatsion bilim va ko‘nikmalari ham kiradi. Demak, mehnat potensialiga nafaqat ishlab chiqa-rish omili sifatida, balki, birinchi navbatda, mamlakat qudrati (milliy boyligi) sifatida qarash maqsadga muvofiqdir.

Mamlakatning iqtisodiy qudrati va salohiyatini belgilashda mehnat potensialining ahamiyati tabiiy, moddiy va ishlab chiqarish resurslariga nisbatan yuqoriroqdir. Chunki tabiiy va moddiy resurslardan foydalanish, safarbar etish va boshqarishni aynan u amalga oshiradi. Demak, mamlakat mehnat potensialining o‘zi milliy boylik sanalishi bilan birga, ushbu boy-likning boshqaruvchisi va foydalanuvchisi hamdir.

Agar biror davlatda tabiiy resurslar yetarli bo‘lsa-yu, biroq ularni boshqaradigan zamonaviy bilimlar bilan qurollangan mehnat potensia-li bo‘lmasa, ya’ni mehnat resurslari potensial darajaga yetmagan yoki ular-ning kasbiy mahoratlari, tajribalari va sifat ko‘rsatkichlari past bo‘lsa,


  • holda iqtisodiy o‘sish kuzatilmaydi. Aksincha, tabiiy resurslari yetarli bo‘lmagan, biroq «raqamli iqtisodiyot»ga tayangan yuqori salohiyatli mehnat potensialiga ega davlat undan unumli foydalanish, samarali safarbar etish orqali o‘z hududida iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashi mumkin. Jumladan, tabiiy boylik zahiralari juda kam bo‘lgan yoki ularga deyarli ega bo‘lmagan Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Shveysariya, Finlyandiya, Shvesiya, Da-niya, Koreya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlar bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlari sirasiga kiradi. Mazkur davlatlar o‘zlarida mavjud mehnat potensialidan samarali foydalanish va safarbar etish hi-sobiga hamda bu borada to‘g‘ri olib borilgan kuchli siyosat natijasida yuqori taraqqiyotga erishgan.


Demak, mehnat potensialining barcha darajadagi ahamiyati uni tadqiq etishning ham ilmiy, ham iqtisodiy dolzarbligini belgilab beradi.



Yüklə 67,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin