kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bunda xarakatlantiruvchi kuch vazifasini mexanik bosim kuchi yoki markazdan kochma kuch bajaradi. Gidromexanik jarayonlarni- suyuq va gazsimon sistemalardagi xarakat (aralashtirish, filtrlash, chuktirish) bilan bog‘liq jarayonlar tashkil etadi. Bunday jarayonlarning tezligi gidromexanika konunlari bilan aniqlanadi. Gidromexanik jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchi - gidrostatik va gidrodinamik bosimdir. Issiqlik almashinish jarayoni -
temperaturalar farqi mavjud bo’lganda bir (temperaturasi yuqori) jismdan ikkinchi (temperaturasi past) jismga issiqlikning utishidir. Bu guruhga isitish, sovitish, bug’latish, kondenslash va suniy sovuq xosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning tezligi gidrodinamik rejimga bog‘liq xolda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Issiqlik jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muxitlar o’rtasidagi temperaturalar farqi ishlatiladi. Modda almashinish jarayonlari - bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan fazalarni ajratuvchi yuza orkali ikkinchi fazaga utishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida utadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar xam deyiladi. Bu guruxga absorblash, adsorblash, suyuqliklarni xaydash, ekstraklash, kristallash, kuritish jarayonlari kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik xarakatiga bog‘liq bulib, modda o‘tkazish konuniyatlari bilan ifodalanadi. Modda almashinish jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentrasiyalarning farki bilan belgilanadi.