Mavzu: ARALASHTIRISH
Reja:
Suyuqlikni aralashtirish usullari
Plastmassalarni aralashtirish
Sochiluvchan materiallarni aralashtirish
Aralashtirish moslamalarini hisoblash
Suspenziya va emulsiyalar hosil qilish uchun suyuqlik muhitlarida aralashtirish jarayoni qo`llaniladi. Plastik va sochiluvchan materiallarni qorishtirishdan maqsad, tarkibida qattiq, suyuq va plastik qo`shimcha moddali, bir jinsli asosiy massa olishdir.
Aralashtirish paytida issiqlik, massa va biokimyoviy jarayonlar intensivlashadi. Aralashtirish jarayonini amalga oshirish uchun turli usullar va aralashtirgich konstrukstiyalari qo`llaniladi.
Aralashtirish sifati fazalarni qorishtirish darajasi bilan xarakterlanadi.
Aralashtirish qurilmasining butun hajmidagi fazalarni qorishtirish darajasi I quyidagi tenglama yordamida aniqlanishi mumkin:
(3.108)
bu erda m – tahlil uchun olingan namuna, x > 0; x’ - aralashtirgichdagi musbat konstentrastiyalar farqi va u ushbu formuladan topiladi x’ = x - xar; xar - ideal qorishtirishda aralashmadagi zarrachalar konstentrastiyasi bo`lib, u quyidagi formuladan aniqlanadi:
bu erda Vk - asosiy massada (suyuqlikda) taqsimlangan qattiq zarrachalar hajmi; k, s - aralashmadagi qattiq zarracha va suyuqlik zichliklari; Vc - suyuqlik hajmi; n – tahlil uchun olingan namunalar soni, x” < 0; x” - manfiy konstentrastiyalar farqi, x” = x - x0 formuladan hisoblab topiladi.
Fazalarni qorishtirish darajasi 0 dan 1 gacha o`zgarishi mumkin. Agar, komponentlar ideal qorishtirilsa, I = 1 ga teng bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |