9-Mavzu: Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish. Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish



Yüklə 15,84 Kb.
tarix07.07.2023
ölçüsü15,84 Kb.
#136034
9-mavzu


9-Mavzu: Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish.


Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish.
Aralashtirish jarayoni uchun uch xildagi aralashtirgichlar ishlatiladi.
1. Pnevmatik
2. Gidravlik,
3. Mexanik
Gaz, bug‘ va havoni tegishli trubalar orqali suyuqlik qatlamiga berilganda, pnevmatik aralashtirish hosil bo‘ladi.
Mayda teshikli trubalar (barbatyorlar) qurilmaning tag qismiga o‘rnatiladi.
Barbatyorlar zmeeviksimon, spiral halqasimon, chorrahali shaklda bo‘ladi. Barbatyorlar agressiv suyuqliklar aralashtirilganda ishdan chiqmasligi uchun zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi.
Gidravlik aralashtirgichlar pnevmatik aralashtirgichlarga nisbatan neftni qayta ishlash zavodlarida keng miqyosda ishlatiladi. Gidravlik arashatirgichlar neftdan olingan tayyor mahsulotlarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Gidravlik aralashtirish nasos orqali amalga oshiriladi. Bu vaqtda nasos bir idish ichidagi suyuqlikni o‘sha idishga qayta haydaydi. Gidravlik aralashtirish injektor va drossel qurilmalari vositasida amalga oshiriladi. Benzin bilan NaOH ni aralashtirish jarayoni injektor aralashtirish orqali amalga oshiriladi. Benzin soplo orqali o‘tganda kam bosim hosil qilib, natriy ishqorini aralashish kamerasiga so‘rish muhitini yaratib, u benzin bilan aralashadi. Aralashma diffuzorga tushib, u kerakli idishga haydaladi. Soplo va diffuzorlar korroziyaga chidamli materiallardan tayyorlanadi. Drossel usuli bilan aralashtirilganda suyuqlik oqimininng turbulentligini (to‘lqinsimon harkatini) oshirib amalga oshiriladi. Drossellash suyuqliklar ko‘ndalang kesimlari birdan toraygan yoki birdan kengaygan trubalardan suyuqlikni o‘tkazib suyuqliklarni harakat tezliklarining o‘zgarishi natijasida amalga oshiriladi. Bu xildagi aralashtirgichlar tiniq neft mahsulotlarini tozalashda ishlatiladi.
Mexanik aralashtirish neft mahsulotlarini aralashtirishda keng miqyosda qo‘llaniladi. Aralashtirish uchun kurakchali, qanotli, ramali, yakorli, turbinali aralashtirgichlar ishlatiladi.
Kurakchali aralashtirgichlar qattiq zarrachalarni maydalash va eritish uchun ishlatiladi. Ular bir va ko‘p kurakchali bo‘lib, valga o‘rnatilgan bo‘ladi. Kurakchalar diametri qurilmaning 0,5-0,7 diametriga teng bo‘ladi. Ularning aylanma harakat tezligi aralashmaning yopishqoqligiga bog‘liq bo‘lib, 1-3 m/s ga teng bo‘ladi.
Ramali aralashtirgichlar ko‘p miqdordagi, yopishqoqligi yuqori bo‘lgan neft mahsulotlarini aralashtirish uchun qo‘llaniladi.
Ramali aralashtirgichlar bir-biriga gorizontal, vertikal, qiya holda bir-biriga mahkam biriktirilgan kurakchalardan iborat bo‘ladi.
Quyuq va yopishqoqligi katta bo‘lgan eritmalarni aralashtirish uchun yakorli aralashtirgichlar ishlatiladi. Eritmalarning yopishqoqligi 20 spz gacha bo‘lishi mumkin. Bu aralashtirgichlar qo‘llanilganda aralashtirgich qurilmasi bilan idish devorlari orasidagi oraliq masofa 0,05  D idish diametriga teng bo‘ladi.
Propellerli aralashtirgichlar yopishqoqligi uncha katta bo‘lmagan suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi. Aralashtirish suyuqlikning propeller bilan tez to‘lqinsimon aylanishi natijasida sodir bo‘ladi. Propellerli aralashtirgichning asosiy ishchi organi o‘qqa o‘rnatilgan propeller (yoki vint) dan iborat. O‘q gorizontal, vertikal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Vintli aralashtirgich quyidagi kattaliklarga ega.
Yüklə 15,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin