Laboratoriya ishi 7



Yüklə 0,91 Mb.
tarix25.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#193973
7.Parmalash moslamalarini tanlash va loyihalash

Laboratoriya ishi 7



Parmalash moslamalarini tanlash va loyihalash
1.Ishdan maqsad: Parmalash moslamalarini konstruktsiyalarini, xizmat vazifalarini va ularni tanlashni o’rganish.
2. Kerakli jixoz va asboblar.
2.1. Parmalash moslamalarini .
2.2. Turli shakldagi detallar.
3.Nazariy ma’lumotlar.
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar ishlab chiqarishda mashinani sifatiga bo’lgan talablarning yuqoriligi uchun na faqat ko’plab ishlab chiqarishda balki mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.
Parmalash dastgoxlarida konduktorli moslamalar bilan bir qatorda konduktor plita va vtulkasiz maxkamlash moslamalari faska ochish, tsekovkalash, zenkerlash, rezba ochish va boshqa operatsiyalarni bajarishda ishlatiladi.
Yuqori rejimlarda teshiklarga ishlov berishda ishlov beriladigan zogotovkani tez va ishonchli maxkamlash talab etiladi shu sababli mexanizatsiyalashgan yuritmali konduktorli va konduktorsiz parmalash dastgoxlari moslamalari ko’p ishlatilmoqda.
Parmalash dastgoxlari moslamalari ishlov berish jarayonida zogotovkadarni holatiga ko’ra qo’zg’almas (statsionar), buriladigan, suriladigan va qayiriladigan bo’lishi mumkin.

Ishlov jarayonida ishlov beriladigan zogotovka dastgoxda xarakatlanmasa bunday moslama qo’zg’almas parmalash moslamasi deyiladi.
Buriladigan parmalash moslamalarida ishlov beriladigan teshiklar detalni turli tamonida yoki aylana bo’ylab joylashgan bo’ladi. Bunday moslamalar gorizontal, vertikal yoki qiyshiq aylanish o’qiga ega bo’lishi mumkin.
Qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalari maxsus va universal bo’lishi mumkin.
Maxsus qo’zg’almas parmalash moslamalari ko’p seriyali va ko’plab ishlab chiqarishda o’lcham va ko’rinishi o’xshash bir yoki birnecha tipdagi detal zagotovkalaridagi teshiklarga ishlov berish jarayonida qo’llaniladi.
Universal qo’zg’almas parmalash moslamalari mayda va o’rta seriyali ishlab chiqarishda aloxida dastgoxda bir gurux detal zagotovkalaridagi teshiklarga ishlov berish jarayonida qo’llaniladi. Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalarida almashitiriladigan sozlashni qo’llash bilan ishlov beriladigan turli o’lchamdagi detallar sonini oshirish mumkin. Bunday moslamalarni qo’llash va ularni mexanizatsiyalash va avtomalashtirish mexnat unumdorligini oshiradi va yangi mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqt va sarf xarajatlarni kamaytiradi.
Universal qo’zg’almas (statsionar) parmalash moslamalariga konduktor plitalari, skalkali konduktorlar, avtomatlashtirilgan yuritmali turli patronlar kiradi.
Reykali-konusli (ponali) mexanizmli va pnevmatik yuritmali konduktorlar keng tarqalgan. Masalan normallashtirilgan konsol tipidagi pnevmatik yuritmali skalkali konduktor (4.1- rasm) o’rtacha o’lchamli detallar zagotovkalarida teshiklarni parmalash uchun ishlatiladi. Konduktorni tanasi 9ni pastki qismida pnevmotsilindr joylashgan bo’lib unda prshen 12 shtok 3 bilan xarakatlanadi. Yo’naltiruvchi skalkalar 2 va 4 va shtok 3ga doimiy konduktor plita joylashgan. Almashtiriladigan konduktor plitasi esa doimiy konduktor plitasi pastki yuzasi 10ga o’rnatiladi, holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va maxkamlanadi. Almashinadigan o’rnatish elementi skalkali konduktorni tanasi stoliga o’rnatiladi, holati aniqlanadi (fiksatsiya qilinadi) va maxkamlanadi. Stolda ikkita fiksatsiya barmog’i 1 va 6 xamda almashinadigan o’rnatish elementini , holatini aniqlash (fiksatsiya qilish) va maxkamlash uchun xizmat qiladigan to’rtta diametri 13mm bo’lgan teshik mavjud.

5.1- rasm Normallashtirilgan konsol tipidagi pnevmatik yuritmali skalkali konduktor
Qisilgan havoni 9 pnevmotsilindrni yuqorigi bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 9 pastga xarakatlanadi. Bu holda shtok 3 yo’naltiruvchi skalka 2 va 4 xamda doimiy konduktor plitasi 5 pastki yuzasi 10ga o’rnatilgan holati aniqlangan (fiksatsiya qilingan) va maxkamlangan almashtiriladigan konduktor plitasi skalkali konduktorni tanasi stoli 11ga o’rnatilgan almashinadigan o’rnatish elementidan uzoqlashish bilan zagotovka bo’shatiladi. Boshqarish krani 8 dastasi 7ni tegishli tamonga burish bilan qisilgan havo 9 pnevmotsilindrni pastgi yoki yuqorigi bo’shlig’iga uzatish bilan zagotovka maxkamlanadi yoki bo’shatiladi
Burish stollari va stoykalari normallashtirilgan bo’lib donalab, mayda seriyalab va o’rta seriyalab ishlab chiqarishda ba’zan ko’p seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Aylana bo’yicha joylashgan teshiklarni birin-ketin parmalash uchun universal burish stoli 5.2 rasmda keltirilgan. Stol tana 6dan (qo’zg’almas qism) va planshayba 5 dan (qo’zg’aluvchan qism) iborat bo’ladi.



5.2-rasm. Planshayba.

Planshayba 5da diametri 265 mmli aylana bo’ylab 23 ta teshikka ega bo’lgan va diametri 286 mmli aylana bo’ylab 30 ta teshikka ega bo’lgan xalqalar 9 joylashgan. Plashaybani ma’lum bir burchakka aylanishini aniq indikatsiya qilish uchun reykali fiksator 8 xalqa 9ni birida joylashgan teshikka tana 6 ga presslangan ikkita vtulkada joylashgan prujina kuchi bilan kiradi.


Xar bir reykali fiksator 8 ni boshqarish dastalar 10 va 12 bilan boshqariladi. Stolni planshaybasi 5 nibitta bo’lakka bo’lish qo’lda bajariladi. Teshiklarga ishlov berish vaqtida moslamani bikrligini ta’minlash maqsadida planshaybani burilib fiksatsiyalangandan so’ng tana 6ga bosib maxkamlab qo’yiladi va keyingi burishdan oldin bo’shatiladi. Planshayba 5 ni tana 6ga bosib maxkamlash tanada joylashgan pnevmo-yuritma yordamida amalga oshiriladi uni bo’shatish prujina 2 yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmotsilindr uchida vtulka 1 o’rnatilgan shtok 3 va porshen 4 joylashgan. Qisilgan havo pnevmotsilindrni shtokli bo’shlig’iga kirishi bilan uchiga vtulka 1 o’rnatilgan shtok 3 va porshen 4 pastga xarakatlanadi va vtulka 1 planshaybani tanaga maxkamlaydi. Boshqaruv krani yordamida shtokli bo’shlig’idan qisilgan havo atmosferaga chiqarilganda, Uchiga vtulka 1 o’rnatilgan shtok 3 va porshen 4 prujina 2 yordamida tepaga ko’tariladi va planshayba 5 tanadan ajratiladi (bo’shatiladi). Zagotovka o’rnatiladigan va maxkamlanadigan almashinadigan qism planshayba 5 ni ustki yuzasi 7 ga o’rnatiladi va planshayba pazlari 13 ga joylashgan boltlar yordamida maxkamlanadi.


4.Ishni bajarish tartibi.
4.1. Turli konstruktsiyadagi parmalash moslamalarni tuzilishini o’rganish.
4.2.Berilgan detalni moslamaga o’rnatish yuzasini tanlash.
4.3. Berigan detal uchun moslama tanlash.
4.4. Berilgan detalni moslamaga o’rnatish va maxkamlash.
4.5.Detalni moslamadan yechish.
4.6. Ishlatilgan moslama , detal va asboblarni joylariga qo’yish.
5. Laboratoriya ishini xisoboti mazmuni.
5.1.Ishning nomi.
5.2.Ishdan maqsad.
5.3.Berilgan detalni moslamaga o’rnatish eskizi.
5.4.Xulosa.
Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin