1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


 Issiqlik o‘tkazish asoslari jarayonlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/66
tarix09.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61071
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
100 та савол

33. Issiqlik o‘tkazish asoslari jarayonlar haqida umumiy tushuncha.
Isituvchi va sovituvchi agentlar,Issiq, sovuq, jarayon, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya, 
nurlanish, maydon, qonun, issilik almashinish, differensial tenlama, kriterial tenglama
Xar xil xaroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi 
issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning xarorati o‘rtasidagi 
farq issiqlik almashinishning xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi. (Yoki muxitlar 
o‘rtasidagi temperatura farqi jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi deyiladi.) Xaroratlar farqi 
bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi xarorati yuqori 
bo‘lgan jismdan xarorati past bo‘lgan jismga xaraat qiladi va o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar 
o‘rtasidagi issiqlik almashinishi xisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan 
jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, 
bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan.
Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor:
issiqlik o‘tkazuvchanlik,
konveksiya va
issiqlikning nurlanishi. 
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning 
o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi (yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda 
molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning 
tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik 
o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida 
issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi. 
Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik xajmlarning xarakati va ularni aralashtirish 
natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi.
Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi.
Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi issiqlikning nurlanishi 
deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan 
energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik 
almashinish jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida nur chiqarish va nur yutish 
jarayonlaridan tashkil topadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin