1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/66
tarix09.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61071
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
100 та савол

 Rekuperativ (yoki yuzali) issiqlik almashgichda issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan 
devor orqali ajratilgan va issiqlik birinchi issiqlik tashuvchi muxitdan ikkinchisiga ularni 
ajratuvchi devor orqali o‘tadi. 
Regenerativ issiqlik almashgichda kattiq jismdan tarkib topgan bir xil yuza navbat bilan 
turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontakda bo‘ladi. Kattiq jism unga tegib o‘tgan issiqlik 
tashuvchidan issiqlik olib isiydi; boshqa issiqlik tashuvchi o‘tganda esa kattiq jism o‘z issiqligini 
unga berib soviydi. Shunday qilib bunday qurilmalar (regeneratorlar) da issiqlik tashuvchi 
agentlarning xarakatidan tashqari kattiq jismning mavjud bo‘lishi zarur. 
Aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlarning o‘zaro uchrashuvi va 
aralashuvchi natijasida issiqlikning almashinishi yuz beradi. 
Issiqlik almashinish qurilmalari quyidagi belgilarga ko‘ra turlarga bo‘linadi: 1. 
Konstruktiv tuzilishi ko‘ra. 2. Ishlatilish maqsadiga ko‘ra. 3. Issiqlik tashuvchi agentlar 
xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra. 4. Issiqlik berish usuliga ko‘ra turlariga bo‘linadi. 
Konstruktiv tuzilishi ko‘ra: – trubadan qilingan qurilmalar (qobik trubali, “truba ichida 
truba”, zmeyevikli va boshqalar; issiqlik almashinish yuzasi listli materialdan tayyorlangan 
qurilmalar (plastinali, spiralsimon va boshqalar); issiqlik almashinish yuzasini tayyorlashda 
nometall materiallar (grafit, plastmassa, shisha va xokazo) dan foydalanilgan qurilmadir; 
Ishlatilish maqsadiga ko‘ra – sovitkichlar, isitkichlar, bug‘latgichlar, kondensatorlar
Issiqlik tashuvchi agentlar xarakatining yo‘nalishiga ko‘ra – to‘g‘ri, qarama-qarshi, 
kesishgan va xokazo yo‘nalishli qurilmalar. 
Issiqlik berish usuliga ko‘ra issiqlik almashinish qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi: 1) 
yuzali issiqlik almashinish qurilmalari, bularda issiqlik bir muxitdan ikkinchi muxitga ajratib 
turuvchi sirt (yuza) orqali o‘tadi; 2) aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalari, bularda ish 
muxitlar bevosita o‘zaro aralashadi. 
Mustaqil Davlatlar Xamdo‘stligida kimyo va unga tutash bo‘lgan sanoat tarmoqlari uchun 
ishlab chiqarilgan issiqlik almashinish qurilmalarining taxminan 80% ni qobiq-trubali qurilmalar 
tashkil etadi. Bunday issiqlik almashinish qurilmalarini tayyorlash oson, ishlatish esa qulaydir.
Qobiq-trubali qurilmalar universal bo‘lib, undan xaroratlar keng intervalda o‘zgargan paytda 
xam foydalaniladi. Bundan tashqari, qobiqli-trubali qurilmalarda issiqlik tashuvchi agentlar 
xarakatining yo‘nalishi turlicha bo‘lishi mumkin. 
“Truba ichida truba” tipidagi va po‘latdan qilingan zmeyevikli issiqlik almashinish 
qurilmalari issiqlik qurilmalarining umumiy xajmi ichida taxminan 8% ni, cho‘yandan 
tayyorlangan namlanadigan qurilmalar esa 2% ni tashkil etadi. 
Spiralsimon va plastinali xamda xavo bilan sovitiladigan issiqlik almashinish 
qurilmalarining ulushi xozircha kam, biroq yangi qurilayotgan texnologiya liniyalarida bunday 
qurilmalar keng o‘rin olmokda. Sanoat qurilmalarida issiqlik almashinishning shart-sharoitlari 
xar xil bo‘ladi. Issiqlik almashinish qurilmalari turlicha agregat xolatga (gaz, bug‘, tomchili 
suyuqlik, emulg‘siya va boshqalar) va xar xil xarorat, bosim va fizik-kimyoviy xossalarga ega 
bo‘lgan ish muxiti uchun ishlatiladi. 
Sanoatda chiqariladigan issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o‘lchamlari, parametrlari va 
materiallari bo‘yicha juda keng nomenklaturaga ega. Shu sababdan xar bir konkret sharoit uchun 
xamma kursatkitchlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud. Issiqlik 
almashinish qurilmalarini tanlashda quyidagi umumiy qonuniyatlarga amal qilinsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin