unumdorlikni yuqori emas suyuqliklarni bir meoyorda uzatmaydi.
26.
Bug‘latish qurilmalari.
Turlari, tuzilishi, tabiiy, majburiy, markaziy sirkulyasion trubali, tashqi sirkulyasion trubali,
ajratilgan isitgichli, majburiy sirkulyasiyali, plyonkali, barbotajli
Bunday qurilmalar qatoriga issiqlik nasosiga ega bo‘lgan barbotajli bug‘latgichlar kiradi.
Issiqlik nasosiga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmalari sanoatda xar xil meva sharbatlarini, yuqori
xaroratlar ta’siriga moyil bo‘lmagan eritmalarini bug‘latish uchun ishlatiladi. Bunday
qurilmalarda xosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ bosimi isituvchi bug‘ning bosimiga teng bo‘lguncha
siqiladi. Siqilgan bug‘ qurilmani isitish uchun ishlatiladi. Ikkilamchi bug‘ni
siqish uchun
kompressorlar va bug‘ oqimli injektorlar ishlatiladi.
Issiqlik nasosli bug‘latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash xaroratlarining farqi
past (5-10 S) bo‘lgan vaqtda ishlatiladi. Eritmaning qaynash xarorati yuqori bo‘lsa, bu usul
qo‘llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug‘ni siqish uchun ko‘p energiya sarf bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: