D
Fo’=
l
D
2
(17)
Bi’=
lк
Dк
Re’=
l
(19)
D
Bu yerda - modda berish koeffisenti, m/s; D- diffuziya koeffisiyenti m
2
/s; Dk-
qattiq jismdagi diffuziya koeffisiyenti, m
2
/s
.
29
. Filtrlash
Filtrlash, filtr, usullari, qo‘shimcha jarayonlar, tezligi, tenglama, rejimlari, qurilmalar,
cho‘kma, patronli, filtr, filtr-press, xisobi
Suspenziya va changli gazlarni filtr to‘siqlar orqali o‘tkazib tozalash jarayoni
filtrlash deyiladi.
Filtr to‘siqlar qattiq zarrachalarni ushlab qolib, suyuqlik yoki gazni o‘tkazib yuborish
qobiliyatiga ega. Filtr to‘siqlar yoki filtr sifatida mayda teshikli turlar,turli gazlar, sochiluvchan
materiallar (qum, maydalangan ko‘mir, bentonitlar) kerakli buyumlar va boshqalar ishlatiladi.
Filtr sifatida
paxta, yung va
sintetik gazlamalardan tayyorlangan materiallardan xam
foydalaniladi
Bu xususiyaga ko‘ra filtrlash ikkiga bo‘linadi.
1. Cho‘kma xosil qilish yo‘li bilan filtrlash.
2. Filtrlovchi materialning teshiklarini to‘ldirish orqali filtrlash
Sanoatda filtrlashdan so‘ng quyidagi qo‘shimcha jarayonlar amalga oshiriladi.
1. Cho‘kmani yuvish.
2. Cho‘kmani oddiy xavo va inert gazlar bilan dudlash.
3. Cho‘kmani issiq xavo bilan quritish.
Filtr to‘siqlardan oldingi va keyingi bosimlar farqi yoki filtrlovchi materiallarga suyuqlik
bosimini xosil kiluvchi markazdan qochma kuchlar filtrlash jarayonining xarakatlantiruvchi
kuchi vazifasini bajaradi.
Xarakatlantiruvchi kuchlar turiga karab filtrlash ikki grupaga bo‘linadi:
1. Bosimlar farqi ta’sirida filtrlash.
2. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida filtrlash (sentrifugalash).
Dostları ilə paylaş: