1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


Issiqlik almashinish jarayoni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/66
tarix09.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61071
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
100 та савол

Issiqlik almashinish jarayoni - temperaturalar farqi mavjud bo’lganda bir (temperaturasi 
yuqori) jismdan ikkinchi (temperaturasi past) jismga issiqlikning utishidir. Bu guruhga isitish
sovitish, bug’latish, kondenslash va suniy sovuq xosil qilish jarayonlari kiradi. Jarayonning 
tezligi gidrodinamik rejimga bog‘liq xolda issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Issiqlik 
jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi sifatida issiq va sovuq muxitlar o’rtasidagi 
temperaturalar farqi ishlatiladi.  
Modda almashinish jarayonlari - bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan fazalarni
ajratuvchi yuza orkali ikkinchi fazaga utishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga 
molekulyar va turbulent diffuziyalar yordamida utadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion 
jarayonlar xam deyiladi. Bu guruxga absorblash, adsorblash, suyuqliklarni xaydash
ekstraklash, kristallash, kuritish jarayonlari kiradi. Jarayonlarning tezligi fazalarning 
gidrodinamik xarakatiga bog‘liq bulib, modda o‘tkazish konuniyatlari bilan ifodalanadi. 
Modda almashinish jarayonlarining xarakatlantiruvchi kuchi fazalardagi konsentrasiyalarning 
farki bilan belgilanadi.  
Kimyoviy jarayonlar (ya’ni reaksiyalar) - moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi 
birikmalarning xosil bo‘lishidir. Kimyoviy reaksiyalarda issiqlik va modda almashinish 
jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Bu guruxdagi jarayonlarning tezligi kimyoviy kinetika 
konuniyatlari bilan ifodalanadi. Reaksiyalar tezligi, ayniksa, sanoat miqyosida, moddalarning 
gidromexanik xarakatiga, kimyoviy jarayonlarning xarakatlantiruvchi kuchi esa reaksiyaga 
kirishayotgan moddalarning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Kimyo sanoatidagi texnologiya 
jarayonlari davriy va uzluksiz ravishda o‘tkaziladi. Jarayonlar vaqt davomida parametrlarning 
uzgarishiga karab turgun va turgunmas bo‘ladi. Tezlik, konsentrasiya, temperatura kabi 
parametrlar vakt davomida uzgarsa, jarayon turg‘unmas, aksincha, agar bu parametrlar 
o’zgarmasa jarayon turg‘un deyiladi. Kimyo va kimyoviy sanoatida asosan uzluksiz 
texnologiya jarayonlaridan foydalaniladi.  

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin