Jismoniy tarbiyani soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi Jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirilgan-ligi printsipi shugullanuvchilarning jismoniy mashqlar bilan mashgul bo’lishida ularni sogligiga javob berish ma’suliyatini o’rtaga tashlaydi. Jismoniy madaniyat tashkilotchilari, trener-lar, davlat, xalq oldida shugullanuvchilarning sogligiga javob beribgina qolmay, uni mustahkamlashga va takomillashtirishga ham javob beradilar.
Jismoniy mashqlar bilan vrach va pedagog nazorati ostida shugullanilsagina, u ijobiy effekt beradi. Noto’gri foydala-nish esa shugullanuvchi sogligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun biologik xususiyatlari - yoshi, jinsi, sogligini hisobga olish, sistemali vrach va pedagog nazorati tarbiya jarayonida yetakchi omildir.
Amalda rejasiz ishlash o’ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Tanlangan uslubiyatlar, mashqlarning me’yori, bajarish intensivligi, yo’qlamaning umumiy miqdorini tanlashdagi pedagogning arzimas xatosi shugullanuvchi uchun o’ta qimmatga tushishi mumkin.
Shunday hollarga duch kelish mumkinki, sport natija-larini vaqtinchalik o’sishi, jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkich-larining ortishi, organizmda vaqtinchalik sportchi uchun sezilmaydigan patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Kelib chiqadigan yomon oqibatlar jismoniy madaniyat va sportning obro’siga salbiy ta’sir etadi.
Shu sababli vrach nazorati dalillarini e’tirof etish bilangina cheklanmay, asosiy e’tibor ularning tahliliga qaratilishi lozim. Nazoratni tizimli emasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi muqarrardir.
Jismoniy tarbiyani soglomlashtirish bilan boglab olib borish printsipi vrach, pedagog va shugul lanuvchining kunlik muntazam muloqotini talab qiladi.
Jismoniy tarbiya printsiplari bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliqlikni taqazo etadi. Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi uning yetakchi printsipidir. Shu printsipgina mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini ifodalaydi, uning ahamiyati jamiyatimiz a’zolarini ijodiy mehnatga va Vatan mudofasiga tayyorlashdadir.