1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari



Yüklə 288,14 Kb.
səhifə14/46
tarix24.12.2022
ölçüsü288,14 Kb.
#77704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari

Aytib berish (hikoya) O’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun ko’pincha o’qituvchi tomonidan aytib berish qo’llaniladi.
So’z bilan ifodalash bu harakat faoliyati haqida tasavvur hosil qilish usuli bo’lib, faoliyatning harakterli belgilari so’z orqali sanaladi, nima qilish lozimligi tushuntiriladi, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi gapiriladi. Undan o’quvchining harakat tajribasi va bilimiga asoslanib dastlabki - birlamchi tushuncha hosil qilish yoki eng sodda harakatlarni o’zlashtirishda foydalaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabat-ning muhim usullaridan biri bo’lib, u “nima uchun?” degan asosiy savolga javob beradi.
2. Siz egiluvchanlikning qanday turlarini bilasiz
Egiluvchanlik deganda tayanch-harakat apparatining morfo-funksional xususiyatlari tushunilib, bu xususiyatlar shu apparat qismlarining harakatchanligini belgilaydi. Harakatlarning maksimal amplitudasi egiluvchanlikning o`lchovi bo`lib xizmat qiladi. Amplituda esa, odatda, burchak o`lchovlarida yoki chiziqli o`lchovlarda ifodalanadi.
Egiluvchanlik mushak va to`qimalarning qayishqoqligiga bog`liq. Mushaklarning elastiklik xususiyatlari ko`p darajada markaziy asab tizimining ta’sirida o`zgarishi mumkin.
Egiluvchanlikning namoyon bo`lishi muhitning haroratiga bog`liq: haroratning ortishi bilan egiluvchanlik ham orta boradi. Sutka vaqti boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda egiluvchanlikka ko`proq ta’sir qiladi. Masalan, ertalabki soatlarda egiluvchanlik ancha kamaygan bo`ladi. Mashg`ulot o`tkazayotganda egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o`zgarishini e’tiborga olish kerak. egiluvchanlikning yomonlashuviga olib boradigan noqulay sharoitlarni badan qizdirish yordamida bartaraf qilish mumkin. egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli ravishda o`zgaradi, jumladan, faol egiluvchanlik ko`rsatkichlari kamayadi, sust egiluvchanlik ko`rsatkichlari esa ortib boradi. Faol egiluvchanlik mushak kuchi bilan bog`liq.
Inson oddiy sharoitlarda anatomik harakatchanlikning faqat nisbatan kichkina qismidan foydalanadi va sust harakatchanlikning doimo ulkan zahirasini asraydi. yengil atletika, gimnastika, suzish mashg`ulotlari vaqtida bo`g`inlarda harakatchanlikni oshirishga oid mashqlar talab qilinadi, anatomik harakatchanlikning faqat 80-95% idan foydalaniladi.
10-14 yoshda aniq maqsadga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali egiluvchanlikni samarali tarbiyalash mumkin. Agar 14 yoshda va undan keyinroq tegishli shart-sharoitlardan foydalanilmagan bo`lsa, bo`g`imlar harakatchanligi katta qiyinchiliklar bilan oshiriladi.
10-14 yoshda bo`g`imlar harakatchanligi katta maktab yoshidagilardan ko`ra qariyb ikki barobar samarali rivojlanadi.
Egiluvchanlik gavdaning oldinga, orqaga, yon tomonlarga engashish darajasi bo`yicha aniqlanadi. Gavdaning oldinga egilishi darajasini aniqlash uchun skameykada turib oyoq tizzalarini bukmasdan oldinga imkon qadar chuqur engashish kerak. Skameykaning chetidan to qo`lning uchinchi barmog`i uchigacha bo`lgan masofa o`lchanadi. Bo`g`imlardagi egiluvchanlikning yaxshi ko`rsatkichi 10-16 sm dir. egiluvchanlikni tarbiyalashning barcha jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin:
a) “bo`g`im gimnastikasi” bosqichi;
b) harakatni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichi;
v) bo`g`inlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi.
“Bo`g`im gimnastikasi”ning vazifasi nafaqat bo`g`inlardagi harakatchanlikning faol va sust rivojlanish umumiy darajasini oshirish, balki bo`g`imlarning o`zini mustahkamlashdan ham iboratdir. SHuningdek, bog`lam va mushakning mustahkamligini vujudga keltirish, qayishqoqlik xususiyatlarini yaxshilash maqsadida mushak-bog`lam apparati uchun mashqlar beriladi. Ushbu bosqichda barcha bo`g`imlarga “ishlov berish” amalga oshiriladi. egiluvchanlikning rivojlanishi uchun, ayniqsa, 10-14 yoshdagi bolalarning imkoniyatlari keng ekanligini hisobga olib, “bo`g`im gimnastikasi” mashg`ulotini aynan mana shu yosh davrida rejalashtirish maqsadga muvofiqdir.
Bo`g`imlardagi harakatchanlikni ixtisoslashtirib rivojlantirish bosqichida sport texnikasini tezroq egallashga ko`maklashuvchi maksimal keng rivojlantirish vazifalari maqsad qilib qo`yiladi va shu asosda natijalar yaxshilanadi.
Masalan, suzish texnikasini o`zlashtirish uchun boldir va tovon suyaklarini biriktiruvchi bo`g`imda, tizza va yelka bo`g`imlarida maksimal harakatchanlikni rivojlantirish muhimdir. Biroq bu suzuvchilarning boshqa bo`g`imlaridagi harakatchanlikni rivojlantirishga ko`maklashuvchi mashq bajarishi shart emasligini bildirmaydi.
Bo`g`imlarda sust harakatchanlikning yuqori darajada rivojlanishiga bolalar maxsus mashqlar bilan 2-4 oy ichida erisha oladilar. Faol harakatchanlikning rivojlanishiga ancha ko`p vaqt talab qilinadi.
Mashg`ulotlarda kuch va cho`zilishga oid mashqlarni to`g`ri uyg`unlashtirish zarurligini alohida ta’kidlash kerak. Kuch va harakatchanlikni alohida maksimal rivojlantirish qanchalik muhim bo`lsa, ularni o`zaro muvofiqlikda berish ham shunchalik zarurdir.
Bo`g`imlardagi harakatchanlikni erishilgan darajada saqlash bosqichi mashqlarning har kuni bajarilishini nazarda tutadi. Agar cho`zilishga berilgan mashqlar mashg`ulotlardan chiqarib tashlansa, u holda bo`g`imlar harakatchanligi tezda yomonlashadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar ko`proq rivojlantirishga erishmaslik kerak. Uni kerakli harakatlarning erkin bajarilishini ta’minlaydigan darajadagina rivojlantirish zarur. Bunda egiluvchanlik kattaligi harakatda bajariladigan maksimal amplitudadan ortiq bo`lishi kerak. egiluvchanlikning gipertrofik, ya’ni bo`g`imlarning anatomik tuzilishi doirasidan tashqari chiqadigan rivojlanishi mutlaqo to`g`ri emas, chunki bu uyg`un rivojlanishni buzadi va pedagogik maqsadlarga zid keladi. Umurtqa pog`onalari, tos-son va yelka bo`g`imlarining harakatchanligi eng ko`p ahamiyatga ega.
Egiluvchanlikni tarbiyalash uchun harakat amplitudasi oshirilgan (cho`ziluvchanlikni rivojlantiradigan) mashqlardan foydalaniladi. Ular 2 guruhga: faol va sust harakatlarga bo`linadi. Faol harakatlarda biror bo`g`imdagi harakatchanlikning ortishi shu bo`g`imdan o`tadigan mushaklarning qisqarishi hisobiga ro`y beradi. Sust harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
Faol mashqlar bajarilish xususiyatiga ko`ra bir-biridan farq qiladi: bir fazali mashqlar va prujinasimon mashqlar (masalan, ikki va uch marta ketma-ket engashishlar); silkinish mashqlari va qayd etiladigan mashqlar; og`irlik bilan va og`irliksiz bajariladigan mashqlar. Bulardan tashqari, maksimal amplituda sharoitida gavdaning harakasiz holatini saqlab turadigan statik mashqlar ham shu guruhga kiradi. Ularda tananing turli xil qismlarini yozish va egish, maksimal harakasiz holat saqlanadi. Sust statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi, ular faol egiluvchanlikni rivojlantiruvchi dinamik mashqlar kabi samarali emas, lekin sust egiluvchanlikda yuqori ko`rsatkichlarga erishish imkonini beradi.

Yüklə 288,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin