1. Jismoniy mashqlarni vujudga kelishi Ko`p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatnining sog`lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo`lib, u tarixan gimnastika, o`yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi.
Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o`yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to`plandi va to`ldirildi.
Tarixan jismoniy mashqlar – o’yinlar tarzidagi, gimnas-tika ko’rinishidagi, sport va turizm mashqlariga turkumlangan edi.
O’yinlar, gimnastika, sport, turizm jismoniy tarbiya tizimining asosiy omillari sifatida tan olinib kelingan va hozirgi kunda ham mashqlar klassifikatsiyasi tarkibida o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ko’pchilik olimlarning fikriga qarama-qarshi ularoq, har doim o’zgarishda. Tarixiy qabo’l qilingan jismoniy mashqlar turkumi davr o’tishi bilan o’z o’rnini o’zidan progressiv bo’lganlarga bo’shatib bermoqda yoki o’sha mashqlar rivojlanmoqda, takomillashtirilmoqda. Jismoniy tarbiya jarayonida ularning asosiy omilligi tarbiya tizimlarida ilmiy asoslangan. Demak, o’yin, gimnastika, sport, turizm tarkibiga kirgan jismoniy mashqlar turkumi deyish bizda ayrim hollarda noto’gri fikr tugdirishi mumkin. CHunki, sport turkumiga kirgan yugurish, yurish, sakrashlar jismoniy mashq sifatida o’yinlarda, gimnastika tarkibida, turizm mashq-lari tarzida ham uchrashi mumkin. Mashqlar bir-biri bilan o’zaro uzviy bogliq holda foydalaniladi.
O’yin atamasi xilma-xil faoliyatni ifodalaydi. Tabiat o’yini, kuch o’yini va boshqalar. Madaniyat sohasi bo’yicha esa, aktyor o’yini, olimpiada o’yinlari yoki sport o’yini, bo’larning hammasi xilma-xil ma’no beradi. O’yin tarixiy to’plangan ijtimoiy hodisa sifatida faoliyatning ayrim turi hisoblanadi. O’zining hayotiy ahamiyati orqaligina jamiyatda o’ziga qiziqish uygotadi va ayrim odamlarni o’ziga tortadi.
O’yin faoliyatida odam o’zini o’rab olgan muhit bilan o’zgacha aloqada, bir maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda bo’ladi va ham jismoniy ham aqliy qobiliyatini mashq (trenirovka) qildiradi. Mehnatdan farqli o’laroq, o’yin paytida moddiy ne’mat yaratilmaydi. O’z hayoti uchun tabiat in’omlaridan bevosita foydalanmaydi. O’yin sharoitida xilma-xil harkatni tanlash imkoniyati bor. Bu esa o’ynovchining o’z his-hayajonini, ijodiy qobiliyatini, faolligini hamda tashabbusini ishga solishga majbur qiladi.
Hozirgi kunda o’yinchilar soniga qarab yakkama-yakka jamoa bo’lib, ko’pchilik (omma bilan) o’ynaydigan o’yinlar mavjud. Bu esa pedagogika va hayotda harakatli o’yinlar va sport o’yinlari sifatida tarbiyaviy vosita bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Harkatli o’yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida jamoali, jamoaga uyushmay, o’zining ma’lum sport maydoniga, standart qoidasiga ega bo’lmagan, qiyin jismoniy mashqlarning ayrim elementlarini o’z ichiga olgan harakatlar tarzida ular asta-sekinlik bilan qiyinlashtirilib bir shaklga kirgizilib, sport o’yinlariga aylandi. Demak, sport o’yini ham harakatli o’yindir.
Sport o’yinlari jismoniy tarbiya vositasi sifatida o’zining kat’iy o’yin qoidalari va talablariga, sport maydoni jihozlariga ega. O’yin paytida vazifalarni bir individ hal qilmay, jamoa hal qiladi. Bu o’yinlar bo’yicha muntazam musobaqalar uyushtiriladi. O’yinchilarga daraja (razryad) va unvonlar beriladi. Sport o’yinlari muntazam o’sishda va rivojlanishda (texnikasi va taktikasini rivojlanishi uning samaradorligini kuchaytiradi). Jamoa bo’lib o’ynaydigan harakatli o’yinlar uch turga bo’linadi: a) o’yinchilarni jamoa-larga ajratmay o’ynaydigan o’yinlar; b) jamoali o’yinga aylanib ketadigan o’yinlar; v) jamoalarga bo’lib o’ynaladigan o’yinlar (barcha sport o’yinlari kiradi):
Keyinchalik esa o’yin o’yinchilarning o’zaro faoliyati shakliga ko’ra (komandali o’ynaladigan o’yinlar) quyidagilarga bo’linadi:
a) o’yin paytida raqib komanda o’yinchilari tanasi, uning qismlari bir-biriga tegmay o’ynaladigan o’yinlar - voleybol, gorodki, badminton, stol tennisi, shaxmat-shashka va h.k.
b) raqib o’yinchilari bir-biriga tegishi bilan o’ynala-digan o’yinlar: futbol, basketbol, regbi, xokkey, maysa ustidagi rus laptasi va boshqalar.