1. Jismoniy tarbiya yo’li bilan organizmni chiniqtirishning ahamiyati


Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari



Yüklə 62,12 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü62,12 Kb.
#173887
1   2   3   4
Chiniqtirishning fiziologik asoslari

Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari. Har qanday muskul harakati ham tana haroratini oshirar ekan jismoniy mashq qilish yo’li bilan organizmning tana harorati o’zgarishiga chidamliligini ko’tarish mumkin. Boshqacha aytganda, chiniqqan kishilar tana harorati o’zgarishiga chidamli bo’ladi, ular mashq qilmagan odamlarga qaraganda muhit harorati keskin o’zgarsa ham mehnat qilish qobiliyatini yo’qotmaydi. Jismoniy mashq qilish natijasida rektal harorat 40-410S gacha oshishi mumkin. Bunga chiniqmagan odam chiday olmaydi, chiniqqanlargina bunday sharoitda ishni davom ettiradi, xolos. Masalan, 380S muhit haroratida 5 km-ga yugurushda finishga birinchi bo’lib kelganlar rektal harorati 400S da undan ham ziyod bo’gan. Kam mashq qilganlar orasida rektal harorat 39-400S bormasdan chopishni to’xtatishga majbur bulishgan.
Chiniqish odam organizmining sovuq harorat ta'siriga ham chidamliligina oshi­radi. Ochiq havoda suzish bilan mashq qiladiganlarda dastlabki mashqdan keyin biroz harakat koordinatsiyasi buziladi. Mashq qilish davom etgan sari harakat koordinatsiyasi yaxshilanib boradi. Demak, chiniqish organizmda nafaqat termoregulyasiyani mukammal­lashtiradi, shu bilan birga tana haroratini o’zgarishiga chidamlilikni ham oshirar ekan. Natijada organizmning harorat diapozoni ancha kengayadi. Bunday moslanishning mexa­nizmi haroratni markaziyregulyasiya qilishda va hujayralarda kuzatiladigan kimyoviy o’zgarishlarda bo’ladi.
Turli haroratlarga chidamlilik va noqulay haroratga nisbatan reaksiya kishilar­ning ayni sharoitda yashab turganligi yoki boshqa muhitdan kelganligiga ham bog’liq. Ma­salan, Avstraliyalik aborigenlar qarayib ijtimoiy jamoa tuzumidagidek yashashadi, ular sovuq haroratga nisbatan gazlar almashinuvi juda kam o’zgartiradi, lekin teri va oyoq-qullarda tomirlar torayib tana harorati ancha pasayadi. Bir vaqtning o’zida aynan shu past haroratga nisbatan shahardan kelgan odamlarda gaz almashinuvi kuchayib (energiya almashinuvi jaddallashib), tana harorati birdek saqlanadi. Issiq iqlimga moslashish ham mahalliy aholida bir xil kechsa, kelgindilarda ikkinchi xil bo’ladi. Masalan, tro­pik sharoitda yashovchilarda issiq haroratga nisbatan ter suyuqligi ajralishi kelgindi­larga qaraganda ancha kamroq bo’ladi. Issiq va sovuqda nisbatan termoregulyasiyaning mu­nosabati shu bilan xarakterlanadi bu jarayon sovuq bo’lganida ko’proq issiq hosil qilishga va shu yo’l bilan tana haroratining pasayib ketmasligini ta'minlaydi. Issiq bo’lganda esa ter suyuqligi ko’proq ajratilib bug’lanish yo’li bilan tana sovushi ta'minlanadi.

Yüklə 62,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin