1. Jismoniy tarbiya yo’li bilan organizmni chiniqtirishning ahamiyati



Yüklə 62,12 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü62,12 Kb.
#173887
  1   2   3   4
Chiniqtirishning fiziologik asoslari


Chiniqtirishning fiziologik asoslari
Reja:


1. Jismoniy tarbiya yo’li bilan organizmni chiniqtirishning ahamiyati.
2. Tana harorati o’zgarishiga chidamlilik va uni kuchaytirish yo’llari.
3. Bolalar va o’smirlarda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanishning o’ziga xos fiziologik xususiyatlari.
4. Bolalar va o’smirlar organizmida harakat koordinatsiyasi va harakat sifat ko’rsatgichlarining o’ziga xos xususiyatlari.


Jismoniy tarbiya yo’li bilan organizmni chiniqtirishning ahamiyati. Chiniqish organizmga turli xil muolajalarning surunkali beri­lishi natijasida metereologik omillar ta'siriga chidamlilikning oshishidir. U jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi bo’lib chiniqish tufayli organizmning har xil kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati, noqulay sharoitlarda ishlash qobiliyati, ekstremal omil­larga bardosh berishi oshib boradi.
Yana bir muhim narsa shundan iboratki, chiniqish tufayli organizmning o’zgargan yoki o’zgarayotgan muhit sharotiga moslashishi yoki adaptatsiyalanishi sodir bo’ladi.
Chiniqish organizmga spetsifik va nospetsifik yo’l bilan ta'sir etadi. Spetsifik ta'sir deganda sovuq muolajalar yo’li bilan sovuq haroratga chidamlilikning oshishi, quyosh vannalari qabul qilish bilan quyosh radiatsiyasiga chidamlilikning oshishi tushuniladi. Nospetsifik o’zgarishlar deganda esa belgilangan bir xil omil ta'siri bilan orga­nizmning umumiy chidamliligini oshirish, ish qobiliyatining ko’paytirilishi, kasalliklarga berilmaslik qobiliyatining o’sishi tu­shuniladi.
Chiniqish jarayonida nerv tizimi va endokrin yo’llar bilan organizm fiziologik funksiyalarining regulyasiya qilinishi o’zgarib boradi. Chidamlilikning oshishi bilan o’zgarishlar hujayralar va to’qimalar borasida ham nomoyon bo’ladi, bunga ho’jayra ki­myoviy tarkibining o’zgarishini, fermentlar faolligining kuchayishi yoki pasayishini olish mumkin. Jismoniy tayyorgarligi yuqori odamlarda biron-bir omil ta'siri tu­fayli chidamlilikning oshishi tezroq bo’ladi.
Sovuq haroratga chiniqish. Tashqi muhit sovishiga javoban kimyoviy termoregulya­siya yo’li bilan tanada oksidlanish jarayonlari 3-4 baravar kuchayishi mumkin (asosiy almashinuvga nisbatan). Masalan, qishki cho’milish paytida 40C da suvga tushish kislorod o’zlashtirili-shini 1000-1200 ml/minutgacha ko’paytirishi mumkin. Sovuq haroratga chiniqib borish natijasida bevosita sovuq ta'sirida teri qon tomirlarining torayishi o’rniga ularning kengayishi kuzatiladi, ayni paytda muskullarda issiqlik hosil bo’lishi kuchaytiriladi.
Kishining uzoq Sibir tomonlarga borishi yurak urishini ancha tezlashtiradi, arte­rial qon bosimi ko’tarilib, qonning minutlik hajmi oshadi. Jismoniy ish qilganda esa bu ko’rsatgichlar yanada kuchayadi. Ushbu sharoitga organizm adaptatsiyalangan sari yurak faoliyatida bradikardiya kuzatilib yuqorida qayd qilingan o’zgarishlar stabillashadi. Sovuq sharoit organizmda moddalar almashinuviga sezilarli ta'sir qiladi, masalan, li­pidlar qonda ancha ko’payadi va ular hisobidan ATF ni tiklaydigan energiya ajralib tu­radi. Qonda C, B1, B2, vitaminlar ancha kamayib ketadi (siydik bilan ko’plab chiqib ket­ganligi uchun). Shuning uchun sport bilan ko’plab shug’ullanish borasida og’ir jismoniy ish qilishda bunday odamlar vitaminlarga boy meva-sabzavotlardan keng ko’lamda foyda­lanishi zarur. Sovuq sharoitda ovqatlanish oqsilli hamda lipidlarga boy bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Muhit harorati 100S pasaysa, ovqat kaloriyalari 5 % ga oshiri­lishi kerak. Sovuqda moslashib qolgan odam tana harorati birov pasaygan, asosiy alma­shinuv esa ko’tarilgan bo’ladi.
Issiq haroratda chiniqish. Muhit harorati tana haroratiddan yuqori bo’lganida tanani sovutishning birdan-bir yo’li terlashdir. Aniqlanishicha issiqda chiniqish tana­dan ko’plab ter suyuqligini ajratish bilan olib boriladi. Lekin bunday terda tuzlar kam bo’ladi, shuning uchun ham ko’p ter yo’qotish bo’lsada mineral tuzlar almashinuvi bu­zilmasligi mumkin. Havo issiq bo’lganida ko’p suv iste'mol qilish (me'yordan oshiq) yurakka katta yuklama tushiradi. Issiq muhitda termoregulyasiyaning mukammallashuvi nafaqat tinchlik paytida ro’y beradi. Bunday o’zgarishlar bevosita ish jarayonida ham sodir bo’lib turadi. Standart jismoniy mashjarib turish issik ta'sirida tana haroratining ortiqcha ko’tarilib ketmasligiga olib keladi.
Issiq iqlimli o’lkalarga ilk bor tushib qolgan odamlarda teri qon tomirlari ancha kengayaadi, qonning minutlik hajmi ko’payib tez ura boshlaydi, arterial qon bosimi esa pasayib ketadi. Issiq iqlim sharoitida jismoniy ish bajarish natijasida odam 8-12 l suvni ter bilan, 1 litrni siydik bilan va 0,75 litrni nafas yo’llarida bug’latish yo’li bilan yo’qotish mumkin.

Yüklə 62,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin