1-joriy baholash uchun topshiriq. Dars mavzusi: San’at va texnologiya ta’limi II fanining umumiy masalalari Reja


O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash



Yüklə 74,09 Kb.
səhifə3/3
tarix22.10.2023
ölçüsü74,09 Kb.
#159772
1   2   3
San’at va texnologiya sirtqi 1-joriy topshiriq

O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. Amaliy tayyorlash texnologiya fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va ratsional amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera borish, yo’l qo’yilgan xatoni o`z vaqtida aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi.
Jarayonga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlang`ich maktabda boshlang`ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya fanining mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishlatishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va mashinalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materialni o’lchash va belgilash; ularga egib, qirqib ishlov berish; qismlarini yelimlash, tikish, o’rish va bog`lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash; detallarni yig`ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi operatsiya buyumni bezashdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarni shakllantirish ham taalluqlidir.
O`quvchilardagi texnologiya fanining ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Tаjribа shuni ko`rsаtаdiki, bоlаlar butun buyumning tuzilishini yaхshi tаsаvvur etsаlarginа, ish turi, shakli, hajmi va boshqa xususiyatlar, shuningdek, mehnat qurollari bilаn ishlаsh usullarini tеzrоq vа puхtаrоq o`qib оlаdilar. Аyniqsа 1-sinf o`quvchilari o`qituvchigа tаqlid qilishgа intilаdilar. Shu sаbаbli o`qituvchi o’quvchilarni har bir mehnat turiga aqlan to’g’ri yondashtira olishi va berilgan topshiriqni bajarishda ruhan tayyorlab borishi kerak. O`quvchilarga texnologiya fanini o’qitish va tаrbiyalаsh ularni bo`lаjаk аmаliy fаоliyatgа tаyyorlаshdа mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari kаttа rоl o`ynаydi. Quyi sinf o`quvchilarigа texnologiya fanini o’qitish vаzifаlaridаn biri ulardа bir qаtоr mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlarini shаkllаntirishdir. Mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari nаtijаsi bo`lib qоlmаy, bаlki o`quvchilarni mеhnаt fаоliyatigа, ijtimоiy fоydаli ishlаb chiqаrish mеhnаtini bаjаrishgа jаlb qilish shаrti hаmdir.
Kichik maktab o`quvchilarining texnologiya faniga amaliy tayyorlashda kuzatish qobiliyatini mashq qildirishning imkoniyatlari juda katta. Bular materialga ishlov berish jarayonida uning o`zgarishini kuzatish, turli asboblarning turli ishlab chiqarish hamda mehnat vaziyatlarida ish xususiyatini kuzatish, mehnat operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini amaliy aniqlashdir. O`zining hamda o`rtoqlarining ishini kuzatish orqali o`quvchilar konstruktorlik yechimlarini, tayyor buyum va ularning detallari pardozining bajarilish usullari va sifatini taqqoslaydi, solishtiradi, baholaydi. yordamchi va ishlov berish operatsiyalari, mehnat usullarining sodda, qulay va osonligi, ishga sarflanuvchi vaqt miqdori kabi ko`rsatkichlar o`quvchilar nazaridan chetda qolmaydi. Bularning barchasi birgalikda faol fikrlash faoliyatini talab etadi va o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ko`maklashadi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslarida bajariluvchi kuzatishlar va eng oddiy tajribalar barcha analizatorlarning, xususan, har bir o`quvchi harakat apparatining bir vaqtda birgalikda qo`llanishiga asoslangan. Bu kichik maktab o`quvchilariga amaliy masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak; mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlari to`g`risidagi savollarga yanada aniqroq va to`g`riroq javob berishga imkon beradi. Texnologiya darslarida turli mehnat faoliyati turlaridan foydalanish o`quvchilar tomonidan to`planuvchi tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarining muhim asosini tashkil etadi. Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasibu ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, darsdan darsga yanada aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog`oz turlarini aniqlash, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material sifatida umumiy xususiyatlari, qo`llanish va foydalanilishining cheksiz imkoniyatlarini ta‘riflash vazifasini qo`yadi. O`quvchilar bu xususiyatlarni farqlash, boshqa materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o`rganib boradilar. Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Texnologiya darslari bir necha shakllarda tashkil etiladi. Jumladan, grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim. Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish planini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llash hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar. Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rin egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya jarayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yiladi va ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkaziladi.
Mehnatga munosabatni shakllantirish. Bu jarayon texnologiya fanining muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Mehnatga munosabatni shakllantirish va tayyorlashning muvaffaqiyatliroq bo’lishi uchun bolalarning xotiralarini o’stirish vazifasi muhim rol o’ynaydi. Chunki texnologiya darslarida o’quv materiallarini eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga ega. Boshlang`ich sinf o’quvchilari barcha yangi asboblar, materiallar, operatsiyalarning nomini, predmetni ko’rib idrok etish bilan birga ularni fikran biriktirib, tinglab fahmlashlari kerak. Buning uchun o`qituvchi mehnat darsida faqat tushuntiribgina qolmay, balki, asosan, material va buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish usullarini, operastiyalarning izchilligini ko’rsatishi lozim. O’quvchida mehnatga munosabatni turg’un shakklanishi uchun berilayotgan ta’lim mazmunini bilishi, ma’lumotlarni qunt bilan eshitishi, ko’rishi kerak. Mehnat darsidan keyingi mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va ko’nikmalarning o’quvchilar ongida mujassamlashib borishi, ularning xotirlash doirasini kengayib borishiga da’vat etadi va mehnat turlariga bo’lgan munosabatlarni yanada oshiradi. Mehnatga munosabatni shakllantirishda emostional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlagan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy emotsiyalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. Mehnatda turli psixologik holatlar: faollik, diqqatning jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg`ular namoyon bo’ladi.
Topshiriqni bajarish uchun manbalar:

  1. Matlab Tillavova. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. “Durdona” nashriyoti. Buxoro – 2021.

Z.D.Rasulova. Sh.H.Quliyeva, A.R.Jo‘rayev. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi. “Durdona” nashriyoti. Buxoro – 2021.
Yüklə 74,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin