1-joriy nazorat.
Maksimal - 10 ball.
1-topshiriq: Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Matn nima?
2. Matnniboshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar?
3. Matn hajm va mazmun belgisiga kora qanday tiplarga bolinadi?
4. Hajm belgisiga kora matn tiplari haqida malumot bering.
5. Mikromatn va makromatn haqida malumot bering.
6. Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural korinishlari haqida malumot bering.
7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
8. Ifoda maqsadiga kora matnning qanday tiplari mavjud?
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida malumot bering.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
2-topshiriq: Uyga vazifa.
Kelajakda IT olamida mening ornim mavzusida matn tuzib kelish.
1.Matn nima?
Matn (lotincha: textus — mato; birikma) — maʼlum moddiy tashuvchiga bog‘langan inson fikri; belgilarning umumiy izchil va to‘liq ketma-ketligi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni taqdim etishning maxsus shakli sifatida korib chiqishni anglatadi.
Tilshunoslikda matn atamasi keng doirada, jumladan, ogzaki nutq namunalarida ham qollaniladi. Matnni idrok etish matn lingvistikasi va psixolingvistika doirasida o‘rganiladi. I. R. Galperin matn xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tar ekan, unga quyidagicha taʼrif beradi: „Matn bu yozma hujjat shaklida ob’ektivlashtirilgan, turli xil leksik, grammatik va mantiqiy bog‘lanishlar bilan birlashtirilgan bir qator bayonotlardan tashkil topgan, axloqiy xarakter, pragmatik munosabat va shunga mos ravishda adabiy qayta ishlangan maʼlum bir xususiyatga ega bo‘lgan yozma xabardir
2.Matnniboshqa til birikmalaridan farqi nimada?
Matn, oziga xos tarzda, bir nechta jumlalardan tarkib topadi. Keng yoritilgan, murakkab hajmga ega bolgan bir jumladan iborat yozuvni matn deb atash mumkin emas. Chunki matn bir nechta mustaqil gapga ajralishi mumkin, bunda gap bolaklari matnga emas, balki murakkab gapning sintaksis qonunlariga kora birikadi.
Asosiy qoida - matn ikki yoki undan ortiq jumladan iborat boladi.
3. Matn hajm va mazmun belgisiga kora qanday tiplarga bolinadi?
Matn hajm va mazmun belgisiga kora ikkiga bolinadi: 1.Hajm belgisiga kora matn tiplari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga kora matn tiplari.
4. Hajm belgisiga kora matn tiplari haqida malumot bering.
Matn gapdan kora yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq korinishidir. Matnni hajm belgisiga kora ikkiga ajratamiz: Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn). Shuni ham aytib otish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchga ajratilgan: kichik, orta va katta hajmli matnlar. «Telegramma, malumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan elon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi. Orta hajmdagi matnlarga hikoya, qissa, sher, doston, poemalar kiradi. Katta hajmdagi matnlarga povest, roman, drammatik asarlar, trilogiyalar kiradi».1 Lekin bu tarzdagi bolinish ayrim chalkashliklarni yuzaga chiqaradi. Shunday dostonlar borki, hajm jihatidan romandan katta. Nafaqat hajm jihatidan balki, ichki mazmun, xarakterlar tasviri, ruhiyat talqini jihatidan ham uncha-muncha romandan qolishmaydigan dostonlar bor. Masalan, «Alpomish», «Gorogli» kabi gozal dostonlarimiz shakl va mazmun jihatidan yirik hajmli asar hisoblanadi. Yoki kichik hajmli sherlarni ham orta matn hisoblaymizmi? Umuman bu tarzdagi tasnif jiddiy asosga ega emas. Shuning uchun matnni tilshunoslikda keng tarqalgan ikkiga ajratib tekshirish tamoyili asosida organishni ham mantiqan ham amaliy jihatdan maqsadga muvofiq boladi deb hisoblaymiz.
5. Mikromatn va makromatn haqida malumot bering.
Matn lingvistikasiga oid ishlarda malum bir matn tarkibidagi murakkab sintaktik butunlikka nisbatan mikromatn, yaxlit matnga nisbatan esa makromatn atamasi qollanadi. Lekin mikromatn va makromatn tushunchalari matn tiplari bola olmaydi. Chunki ular butun-bolak munosabatini tashkil etadi. Masalan, A.Qahhorning «Bemor» hikoyasi butun holicha makromatn (garchi hajman kichik minimal matn bolsa ham), undagi murakkab sintaktik butunliklar mikromatndir.
Abzatsning tashkiliy qismlari va struktural korinishlari haqida malumot bering
Abzats bir mazmuniy butunlik bolib «matnning bir xat boshidan keyingi xat boshigacha bolgan qismi» hisoblanadi. Abzats qisqa xabar (abzatsda aytilmoqchi bolgan mavzu haqidagi dastlabki, qisqacha xabar), oldingi xabar bilan keyingi xabarni boglovchi vositalar (boglovchi vositalar abzatsni ozidan oldingi abzatsga boglaydi, shuningdek, abzats ichidagi xabar jumlalarini bir-biriga boglaydi), xabarning toldirilishi (dastlabki xabar toldiriladi, izohlanadi, sharhlanadi) va xulosa (xabar yakunlanadi, natija aytiladi) qismlarni oz ichiga oladigan butunlikdir. «Matn lingvistikasi» qollanmasida abzatsni tashkil etgan gaplar ozaro sinsemantik (sintaktik va leksik-semantik) hamda, avtosemantik (grammatik aloqalarsiz, faqat semantik) aloqa usulida birikishi aytiladi. Shuningdek, abzatslarning strukturasiga kora quyidagi korinishlari mavjudligi sanab otiladi: 1) Sodda gapdan iborat bolgan abzatslar; 2) Qoshma gapdan iborat boladigan abzatslar; 3) Periodik nutq formasidan iborat bolgan abzatslar; 4) Superfrazali sintaktik butunlikdan iborat bolgan abzatslar; 5) Kochirma-ozga gapli abzatslar.[12] Bunga aralash tipdagi nutq formalaridan tashkil topgan abzatslarni ham kiritish mumkin.
7.Tema-rematik munosabat tushunchasini izohlang.
Tema (yunoncha thema asos bolgan narsa) deb gapning aktual bolinishida sozlovchi va tinglovchi (oquvchi) uchun malum (tanish) bolgan narsani ifodalovchi, yangi narsani ifodalashga otish uchun asos xizmatini bajaruvchi qismga aytiladi. Rema (rheme-commentaire malumot, sharh) esa temadan keyin kelib sozlovchi tinglovchiga (oquvchiga) bildirmoqchi, aytmoqchi bolgan yangi xabar mazmunini ifodalovchi qism, gapning yangi malumot (axborot) qismi. Odatda gapning ega sostavi tema, kesim sostavi esa rema vazifasida keladi.
8. Ifoda maqsadiga kora matnning qanday tiplari mavjud?
Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqda istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.
Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. (O.Yo.)
Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. (I. Karimov). Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. (H. O.) Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.
9. Tasvirdagi birlamchi va aloqador xususiyatlar haqida malumot bering.
Tasviriy matnda ham monologik nutq korinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan ob’ektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador хususiyatlar va qismlardan so’z yuritiladi.
10. Hissiy ifoda mazmunli matn deb nimaga aytiladi?
Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matnlar). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, oziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi. Erta bahor cheksiz soginchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh tortgan isyonkor tomchilar yomgir bolib tokilmoqda.
Dostları ilə paylaş: |