2. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi. Jahon xo‘jaligi deganda milliy iktisodiyotdagi xo‘jaliklarning o‘zaro iqtisodiy munosabatini tushunamiz. Jahon xo‘jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining butun tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar davomidagi evolyusiyasi natijasidir. Jahon xo‘jaligining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini o‘ziga hos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga oluvchi bosqich buyuk geografik kashfiyoglar davrigacha davom eggan. Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin yer sharining boshqa mintaqalarini ham qamrab oddi. Mintaqalar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltirdi. Ushbu bozor transport rivojlanishi bilan yanada ham (kengaydi. Chunki, dengiz transporti barcha materiklarni’ birlashtirish imkonini berdi. Jahon xo‘jaligi XX asr arafasida to‘liq shakllanib bo‘ldi. Jahon xo‘jaligi iqtisodiy kategoriyadir. Chunki u to‘g‘ridagi tushuncha ijtimoiy mehnat taqsimoti tushunchasi, xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiy integratsiya tushunchalari bilan aloqadordir.
XX asrning ikkinchi yarmida keng miqyosda temir yo‘llarning barpo etilishi va dengiz transportining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi quruqliklar va materiklarni bog‘ladi hamda jahon savdosi va jahon xo‘jaligining shakllanishini ta’minladi. Uzoq tarixiy jarayonlar natijasida XX asr boshlarida jahon xo‘jaligi tarkib topdi.1 Ushbu davrda kapitalistik ishlab chiqarish usulining qaror topishi bilan bozor munosabatlari har bir mamlakat taraqqiyotining ajralmas bir omiliga aylandi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ko‘plab yirik mamlakatlarning monopolistik bosqichiga o‘tishi jahon xo‘jalik tizimining asoslarini yaratdi. Jahonni iqtisodiy jihatdan bo‘lib boshlash monopolistik kapitalning nafaqat o‘z hududida, balki o‘zga davlatlar yerida ham eng ko‘p foyda olish imkoniyatlarini ta’minladi. XIX asr oxiri, XX asr boshlarida bir to‘da yirik monopolistik davlatlar jahondagi ko‘plab erkin mamlakatlarni asoratga solish jarayonini yakunladilar. Yirik kolonial imtiyozlar paydo bo‘ldi, jaqon xo‘jaligi ham tubdan o‘zgarib ketdi. Xususan, mustamlaka mamlakatlar koloniyalarining roli boshqacha tus oldi. Agar XVI asrlarda kichik davlatlar yerlari yirik davlatlar uchun tovarlarni sotish maydonchasi rolini o‘ynagan bo‘lsa, XIX asrda bu yirik hukmronlar ushbu mamlakatlar hududida nafaqat tovar sotish, balki xom ashyolar, ishchi kuchini tashib ketish, muhim harbiy plasdarm maydoniga aylandi. Koloniyalardan katta hajmdagi soliqlar undirildi va ularning boyliklari boshqa turli yo‘llar bilan o‘zlashtirildi. Shu tariqa rivojlangan mamlakatlar bilan qaram mamlakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar borgan sayin kuchayib bordi va dunyoni qaytadan bo‘lib olish uchun birinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Ammo bu urush kapitalistlar o‘ylaganidek ularga katta foyda keltirmadi. Aksincha yirik ishlab chiqarish strukturalari qattiq zarbaga uchradi. Qaram mamlakatlardagi norozilik borgan sayin kuchayib bordi. Natijada qaror topgan jahon xo‘jaligi inqirozga uchradi. Ya’ni, Rossiyada inqilob g‘alaba qildi. Jahon xo‘jaligi ikki qarama-qarshi yo‘nalish girdobiga tushib qoldi. Bir tomondan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kapitalistik xo‘jalik, ikkinchi tomondan rejali iqtisodiyotga asoslangan sotsialistik xo‘jalik o‘rtasida keskin kurash bordi. XX asrning o‘rtalarida ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng kapitalistik mamlakatlar bilan koloniyalar o‘rtasida o‘zining eng yuqori nuqtasiga chikdi. Qaram mamlakatlar birin-ketin erkinlikka chiqib, mustaqil rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Bu jarayon asosan 60-yillarda o‘z nihoyasiga yetdi.
Mustaqillikka erishgan mamlakatlar oldida asosan ikkita iqtisodiy taraqqiyot yo‘li mavjud edi. Bu bozor iqtisodiyoti va markazlashgan rejali iqtisodiyot yo‘li edi. Shu tariqa jahon xo‘jaligi yangi-yangi mamlakatlar hisobiga tobora kengayib bordi. Shuningdek, jahon xo‘jaligida raqobat keskinlashdi, chunki jahon xo‘jaligi birbiriga zid yo‘nalishlardan rivojlanishning turli bosqichlarida to‘rgan mamlakatlardan tashkil topgan edi. Bu hol 1991 yilgacha davom etdi. 1991 yildan sotsialistik tizim barham topdi va bozor iqtisodiyoti jahon bozorida hukmron yo‘nalish bo‘lib qoldi.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanib barcha mamlakatlarni qamrab oldi. Hozirgi zamon jaqon xo‘jaligi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o‘ziga xos tomonlaridan biri iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turgan davlatlarning bab-baravar iqtisodiy munosabatlarga qatnashuvi bo‘lsa, ikkinchi muhim xususiyati mamlakatlar bo‘yicha ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi tobora chuqurlashib bormoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘idir. U har qanday xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlab berish xususiyatiga ega. Jahonning barcha sanoat tarmoqlarida 400 milliondan ziyod ishchi va xodimlar ishlaydi. Mavjud sanoat tarmoqlari rivojlanish davri va ahamiyatiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
1- guruhga sanoatning eski tarmoqlari - toshko‘mir, temir rudasini qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, kemasozlik, to‘qimachilik kiradi.
2- guruhga yangi tarmokdar deb ataluvchi avtomobilsozlik, rangli metallurgiya, plastmassalar, kimyoviy tolalar, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqlar kiradi.
3 - guruhga eng yangi tarmoqlar kiradi. Bular mikroelektronika, elektron hisoblash texnikasi, atom va aerokosmonavtika, optika, organik sintez kimyosi, mikrobiologiya va boshqalardir. Hozirgi davrda uchinchi guruh sanoat tarmoqlari eng tez va barqaror rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lib asosan postindustrial mamlakatlarda rivojlanmoqda. Yoqilg‘i energetika sanoati xususiyatlaridan biri mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish geografiyasi o‘rtasidagi farqning kattaligidir.
Hozirda rivojlanish darajasiga ko‘ra dunyo mamlakatlarini shartli ravishda uch gurug‘ga bo‘lish mumkin:
1.Rivojlangan mamlakatlar – AQSh, YeI davlatlari, Xitoy, Yaponiya va boshqalar.
2.Sobiq sotsialistik davlatlar.
3.Rivojlanayotgan mamlakatlar – XX asr o‘rtalarida milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari.
Bu davlatlarning taraqqiyot darajasi bu yerda yashayotgan axolining turmush darajasini, shu jumladan, kambag‘allik darajasini ko‘rsatadi.