1. Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi


O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 39,64 Kb.
səhifə4/5
tarix14.07.2023
ölçüsü39,64 Kb.
#136539
1   2   3   4   5
3.O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishning yo‘llari va uning asosiy yo‘nalishlari.
O‘zbekiston sharoitida ham rivojlangan mamlakatlardek kambag‘allikni qisqartirishga kompleks yondashuv eng maqbul yechimdir. Mazkur siyosat mehnatga layoqatli aholini imkon qadar ish bilan ta’minlash va bir vaqtning o‘zida muhtoj odamlarni kambag‘allik chegarasidan chiqarishga qaratilgan davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.Shu bilan birga, qashshoqlikni zudlik bilan bartaraf etishning imkoni bo‘lmagan sharoitda kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning daromad olishi va inson kapitalini rivojlantirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish nazarda tutilmoqda.
O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish muammosini hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi sa’y-harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish uchun zarur institutlar yaratildi. Bu avvalambor Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son qarori 3-ilovasida “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi" to‘g‘risida nizom qabul qilindi. Bu nizomda umumiy qoidalar, vazirlikning tuzilishi, vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifa va funksiyalari keltirilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mas’ul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bunday mamlakatlarda davlat jamiyat hayotidagi ishtiroki ancha muhim bo‘lib, u o‘z fuqarolari oldidagi ijtimoiy majburiyatlarini keng ko‘lamda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bu esa jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Kuchli ijtimoiy siyosat degani davlat institutlari tomonidan ijtimoiy ne’matlarni jamiyatning eng kam himoyalangan va eng zaif a’zolari foydasiga taqsimlash demakdir. O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonda boshqa ko‘plab mamlakatlardan farqli o‘laroq, kuchli ijtimoiy siyosat amalga oshirilgani shubha ostiga olinmay kelinmoqda. Boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonda haqiqatan ham ijtimoiy adolat tushunchasiga mos keladigan davlat siyosati modeli tanlanganini ta’kidlash mumkin. Ming yillar davomida xalqimiz yashab turgan zaminimizda odamlar bir-biriga yordam berishi, og‘ir hayotiy vaziyatlarda qolgan qashshoq va zaif aholi qo‘ni-qo‘shni, mahalla va jamiyatdan madad olishi lozim, degan an’anaviy dunyoqarash shakllangan.
O‘zbekistonda ijtimoiy shartnoma ijtimoiy axloqning ko‘p asrlik tamoyillariga asoslangan Shunday bo‘lsada, uzoq vaqt davomida, kambag‘allikning mavjudligi siyosiy sabablarga ko‘ra rasmiy darajada deyarli tan olinmagan, kambag‘allikni aniqlashning qonuniy tasdiqlangan mezonlari yo‘q edi, bu holda samarali ijtimoiy siyosat olib borish juda mushkul masala edi. Biroq, kambag‘allik muammosi yo‘qolmadi, hatto 2007 yilda uni bartaraf etish uchun tegishli strategiyani ishlab chiqishga harakat qilindi. BMT, Jahon banki va OTB bilan birgalikda «2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisi farovonligini oshirish strategiyasi» ishlab chiqildi Biroq tan olish kerak, yaqin davrgacha mahalla qo‘mitalari orqali kambag‘allarni real ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmadi.
Moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» 1 bilan belgilanadi. Ushbu qoidaga muvofiq, bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror qabul qilishga vakolatli mahalla fuqarolar yig‘ini yoki komissiyaga belgilangan. Komissiya fuqarolar yig‘ini raisi boshchiligida fuqarolar yig‘ini tomonidan saylanib kelgan. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yig‘ini raisi esa – o‘z vakolatlarining butun muddati davomida saylangan. Ushbu komissiya a’zolarining soni kamida 15 kishini tashkil etishi lozim.
Mazkur mexanizm, komissiya a’zolari o‘zlari yashayotgan mahallalarda qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj aholini bilgan holda ob’ektiv qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Ammo, boshqa tomondan, jamoaviy qaror qabul qilishning bunday mexanizmi juda murakkab, yetarlicha shaffof emasligi va berilgan vakolatlar suiiste’mol qilinishini istisno qilmaydi, ayniqsa, ko‘plab jarayonlar ortiqcha hujjatlar va sertifikatlar taqdim etilishini talab qiladi. Balki shuning uchundir, ijtimoiy yordam ajratish mexanizmidagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ta’sirida Prezident qabulxonalariga samarasiz yoki hatto adolatsiz moddiy yordam ajratish amaliyotlar haqida murojaatlar soni oshib ketishiga olib keldi.
“Temir daftar”dagi oilalarni tanlash ko‘plab mamlakatlarda keng tarqalgan kategorial baholash usuliga asoslanadi. Bunda aholining ayrim guruhlariga ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar sifatida qaraladi.
Bizning holatda “Temir daftar”ni yuritish 5 ta toifadagi oilalarni nazarda tutadi:
1) ehtiyojmand, nochor va moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
2) nogironligi bo‘lgan va surunkali kasallikka chalingan kishilar;
3) 5 va undan ko‘p farzandi bor oilalar; 4
) yakka-yolg‘iz keksalar, bevalar va o‘zgalar qaramog‘iga muhtojlar;
5) karantin choralari natijasida o‘zining daromad manbaini yo‘qotgan oilalar. Bugungi kunda “Temir daftar”ga kiritishning asosiy mezoni — daromad va ishlab pul topish vositalarining mavjud emasligi hamda mehnatga layoqatlilikning cheklanganidir. Tuman yoki shahar sektorlari rahbarlari mahalla raislari bilan birgalikda oilalarning moddiy va uy-joy sharoitlarini o‘rganish va umumlashtirish uchun uyma-uy yurmoqda, agar maqsadga muvofiq, deb topilsa, yangi aniqlangan ehtiyojmandlar ham dasturga kiritiladi. Ushbu dasturning afzalligishundaki, undan tuman, viloyat va umuman, respublikadagi mavjud ijtimoiy vaziyat haqida aniqroq tasavvur yuzaga keladi. Ya’ni, tuman hokimidan tortib, Prezidentgacha ishlar ko‘lami va erishilgan natijalar borasida, real yordam ko‘rsatilayotgan oilalar va ism-shariflargacha, aniq va yaxlit tasavvurga ega bo‘ladi.
Oddiy qilib aytganda, “Temir daftar”da umumiy ko‘rsatkichlar emas, balki har bir oila, har bir fuqaroning muammolari va ularning yechimlari aks etadi. Bularning barchasi har bir fuqaroning ijtimoiy muammolariga, uning o‘ta zaruriy muammolarini hal etishga yordam beradigan yo‘l va vositalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.
So‘nggi yillarda kambag‘allikni yengishga hissa qo‘shadigan boshqa sohalarda ham salmoqli sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Ularga yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qishloq joylari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, qishloq joylarda infratuzilmani takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, kasb-hunar ta’limi va tarbiyasini yaxshilash hamda iqtisodiy migratsiya kiradi. Bu sohalarda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar mamlakatimizning uzoq muddatli kambag‘allikni qisqartirish dasturining muhim qismi hisoblanadi.


Yüklə 39,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin