Shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarga qanday majburiyatlar yuklanadi?
Javobingizni ilmiy-huquqiy nuqtayi nazardan misollar yordamida asoslantirib bering.
Shartnomalar oferta yuborish va akseptlash orqali tuzuladi. Shartnomalar tuzilganda taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Taraflar huquqlariga shartnoma tuzish, o’zgartirish va bekor qilish kiradi. Taraflarda shartnomaga bo’g’liq bo’lgan hujjatlarni so’rash va olish huquqlari ham kiradi. Masalan taraflardan biri boshqa bir tarafdan uning moliyaviy ahvolini o’rganish maqsadida ya’ni u shartnoma tuzilganidan keyin majburiyatlarini bajara olishiga amin bo’lish maqsadida undan moliyaviy hisob hujjatlarini so’rab olish huquqiga ega bo’ladi. Yana ularda ikkinchi tarafning iqtisodiy ahvoli va uning nufusi haqidagi ma’lumotlar to’plash huquqi ham mavjud. Taraflarda huquq vujudga kelishi bilan birga ularda majburiyatlar ham vujudga keladi. Bular: shartnoma to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari, shartnoma natijasida vujudga kelgan majburiyatlarini tegishli tartibda ado etishlari va shartnoma to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilganidek shartnomani o’z vaqtida tuzishlari kerak. Bularning biri buzulishi shartnoma haqiqiy emas topilishiga yoki boshqacha oqibatlarga olib keladi. Kazusda mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan ekan shuning uchun bu shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni tegishli tarzda taqsimlaymiz:
Sotuvchining sotib oluvchi oldidagi huquqlari
Shartnoma shartlariga qonun doirasida to’liq rioya qilishni
Tovarlarni kelishilgan muddatda qabul qilib olishni
Tovarning belgilangan haqini to’lashni
Sotib oluvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilishi
Sotib oluvchining sotuvchining oldidagi huquqlari
Shartnomadagi tovarni o’z miqdorida topshirishni
Shartnomadagi tovarda uchinchi shaxs huquqi bo’lmagan tovarni topshirishni talab qilishi
Sotuvchining sotib oluvchi oldidagi majburiyatlari
Shartnomada belgilangan tovarni topshirish
Tovarni belgilangan miqdorda topshirish
Uchunchi shaxs huquqi mavjud bo’lmagan tovarni topshirish
Tovarni sifatli topshirish
Topshiriladigan tovarni saqlash
Sotib oluvchining sotuvchi oldidagi majburiyatlari
Tovar haqini shartnomada belgilangan miqdorda to’lash va vaqtida to’lash
Tovarni belgilangan joyda belgilangan vaqtda qabul qilib olish
Taraflarda mahsulot yetkazib berish sahrtnomasi bo’yicha majburiyatlar tegishli darajada taqsimlanadi. Ya’ni bir tomonda yetkazib beruvchi va sotib oluvchi bo’ladi va yetkazib beruvchida mahsulotni o’z muddatida, shartnomada belgilangan joyga olib kelishi, mahsulotni olib kelishda transport turi va sifatli holda yetkazib olib kelishi, sotib oluvchida esa mahsulotni qabul qilinishini sifatli taminlashi kerak bo’ladi. Bular ikki taraf uchun ham majburiyat bo’lib qoladi. Bularni ikki taraf ham o’z o’rnida bajarishi majburiyatlar bajarganlik hisoblanadi. Bazi narsalar shartnomada belgilanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol qilib yetkazib berish transport turi belgilanmagan bo’lishi mumkin. Bunday holda yetkazib beruvchi transportni turini o’zi belgilaydi. Yetkazib berish joyi ham belgilanmagan bo’lishi mumkin bu vaziyatda yetkazib beruvchi yuridik shaxs joylashgan manzilga yetkazib beradi.
Dostları ilə paylaş: |