1-kazus Joriy yilning 5-yanvar kuni “Gold line” aj “Yuqori xizmat” mchJ



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə1/4
tarix01.07.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#135630
  1   2   3   4
biznes huquqi Mannonov


1-kazus

Joriy yilning 5-yanvar kuni “Gold line” AJ “Yuqori xizmat” MChJ bilan mahsulot yetkazib berish shartnomasini imzoladi. Shartnomaga ko`ra, MChJ 20 ta “Dell” brendi ostidagi kompyuterlarni 20 kun ichida aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib berishi lozim edi. Mahsulot belgilangan muddatda belgilangan manzilga olib kelindi va qabul qiluvchi subyekt sifatida doimiy mahsulotlarni qabul qilib oladigan AJning direktori Safarov Odil chiqdi. Mahsulot ushbu shaxsga yetkazib berilgach, oradan bir hafta o`tib, “Gold line” AJ mahsulot hali ham yetkazib berilmaganligi uchun e’tiroz bildirib MChJga xabar berdi. Ammo holat yuzasidan MChJ mahsulotlar AJning direktori hisoblanuvchi Safarov Odilga berganligini bildirdi. AJ holatga izoh berib, Safarov Odil 3 hafta oldin, jamiyat boshqaruvidan ketganligini (jamiyatdan chiqib ketganligini) ma’lum qildi. Qolaversa, mahsulot yetkazib berishda, qabul qiluvchi shaxs sifatida o`zini tanishtirgan vakildan tegishli hujjatlarni so`ramaganligini ro`kach qilib, ayb MChJning o`zida ekanligini, kompyuterlarni Safarov Odildan qaytarib olib berishini, shu bilan birga yetkazilgan zararni ham tegishlicha to`lab berishni, bo`lmasa sudga murojaat qilishini bildirdi.


Ammo “Yuqori xizmat” MChJ “Gold line” AJ tuzilgan oldingi shartnomalarda qabul qiluvchi shaxs sifatida ushbu shaxsni (Safarov Odil) bilgani uchun mahsulotni shu shaxsga topshirganini, qolaversa, shartnoma tuzilayotgan vaqtda ushbu shaxsni ko`rganligini aytib, mahsulotlar yetkazib berilgan deb hisoblanishini bildirdi. Shundan so`ng AJ sudga murojaat qilib, shartnoma o`z vaqtida bajarilmaganligi bois, yetkazilgan zararni qoplab berishni so`radi.


Mazkur holat yuzasidan:
Shartnomalarning huquqiy tabiatini hamda o`ziga xosliklarini bayon qiling.

Shartnoma- ikki va undan ortiq taraflar o’rtasidagi shaxslarning o’zaro kelishuvining ko’rinishi deyiladi. Kelishuv zamirida huquqlar va majburiyatlar bo’ladi. Shartnomalar shakliga ko’ra oddiy yozma, notarial tasdiqlanadigan va davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan shartnomlarga bo’linadi. Notarial shartnomalarni notarius yoki notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega bo’lgan shaxslar amalga oshiradi. Davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan shartnomalarga ijara sharnomasini misol qilib olsak bo’ladi. Shartnomalar huquqiy tabiatiga ko’ra real va konsensualga bo’linadi. Konsensual shartnomada tomonlar oddiy kelishuvga erishganidan boshlab va huquq va majburiyatlarni qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so’ng tuzilgan hisoblanadi. Misol uchun bunga ijara shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi va boshqa shartnomalar kiradi. Bunda ikki taraf kelishuvga erishib o’rtada shartnoma imzolaganda ikki tarafda huquq va majburiyat paydo bo’ladi. Amaliyotda ham ko’p shartnomalar konsensual bo’ladi. Masalan oldi- sotdi shartnomasida ikki tarafda ham majburiyat paydo bo’ladi. Bir taraf tovarni topshirishi ikkinchi tarafda esa tovarni kelishilgan muddatda belgilangan joyda olishi kerak kelishilgan narxda. Real shartnomada esa oddiy kelishuvni o’zi yetarli bo’lmaydi. Bunda shartnomaning o’ziga xosligi shundaki ya’ni qarzdorga tovar unga topshirilmagunga qadar majburiyat paydo bo’lmaydi. Misol uchun bunga qarz shartnomasi, ipoteka omonat, hadya va boshqa shartnomalarini olsak bo’ladi. Qarz shartnomasida pul qarzdorga o’tmagunga qadar qarzdorda hech qanday pulni qaytarish majburiyati paydo bo’lmaydi va huquq ham bo’lmaydi. Mazkur kazusda Ma’sulyati cheklangan jamiyat va Aksiyadorlik jamiyatlari o’rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan. Mahsulot yigirma kunda yetkazilishi kerak bo’lgan va shu muddatda mahsulot yetkazilgan ammo uni topshirish jarayonida muammo kelib chiqqan.





Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin