1-kazus Joriy yilning 5-yanvar kuni “Gold line” aj “Yuqori xizmat” mchJ


Mazkur holatda, MChJ va AJning holat yuzasidan o`zaro bildirgan fikrlari qay darajada o`rinli? Har ikki tomonning bildirgan e’tirozlarini tahlil qiling



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə3/4
tarix01.07.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#135630
1   2   3   4
biznes huquqi Mannonov

Mazkur holatda, MChJ va AJning holat yuzasidan o`zaro bildirgan fikrlari qay darajada o`rinli? Har ikki tomonning bildirgan e’tirozlarini tahlil qiling

Ushbu holatda Ma’sulyati cheklangan jamiyat fikrlariga to’xtaladigan bo’lsak. Ma’sulyati cheklangan jamiyat aytmoqdaki u avval aksiyadorlik jamiyati bilan tuzilgan shartnomalarda qabul qilib oluvchi sifatida Safarov Olimni bilgani va shartnoma tuzilayotganda shu shaxsni ko’rganini vaj qilib ko’rsatadi. Bu hech qanday asosli emas chunki avvalgi shartnomalarda Safarov Olimning qabul qilib oluvchi bo’lganligi bu shartnomada ham u bo’ladi degan asos yo’q. Aksiyadorlik jamiyati esa yetkazib beruvchi qabul qilib oluvchidan tegishli hujjat so’ramaganini, kompyuterlarni qaytarib olib berishini va ko’rilgan zararni qoplanishini so’ragan. Bu holatda Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risidagi qonun hujjatining uchinchi moddasiga qaraydigan bo’lsak u yerda “Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.” Demak bundan kelib chiqib biz Masulyati cheklangan jamiyat o’z vazifasini tegishli darajada bajargan. Ya’ni yetkazib beruvchi tovarlarni belgilangan muddatda, belgilangan joyga olib kelgan. Aksiyadorlik jamiyati esa tegishli tartibda tovarlarni qabul qilib olish choralarini ko’rmagan bo’lishi mumkin. Ya’ni Aksiyadorlik jamiyati qabul qilib oluvchisi belgilangan muddatda belgilangan joyda bo’lmagan. Agarda qabul qilib oluvchi belgilangan joyda bo’lganida bunday muammo kelib chiqmagan bo’lardi. Lekin bir tomondan Aksiyadorlik jamiyatining ham vaj asosli yana qabul qilib oluvchidan tegishli hujjat so’ralmagani. Yetkazib beruvchi qabul qilib oluvchidan tegishli hujjat so’rashi kerak bo’ladi. Yana bunga huquqiy baho beradigan bo’lsak fuqarolik kodeksi to’rt yuzi qirq uchunchi moddasida ”Sotib oluvchi (oluvchi) shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinishini ta’minlaydigan barcha zarur harakatlarni amalga oshirishi lozim.” deb yozilgan. Demak sotib oluvchi bunday holda barcha choralarni ko’rishi kerak bo’ladi ya’ni tovar belgilangan muddatda kelishini nazorat qilish va tovar kechikkanda yetkazib beruvchini ogohlantirishi kerak.Aksiyadorlik jamiyati zararni undirishni ham so’ragan. Agar xato Ma’sulyati cheklangan jamiyat tomonidan bo’lgan bo’lsa Aksiyadorlik jamiyati ushbu “Dell” kompyuteridan albatta foydalanishga sotib olmoqchi bo’lgan ammo kompyuter yo’q va u o’tgan vaqtdagi foydani zarar yetkazgan shaxsdan undirish mumkin ya’ni boy berilgan foyda tarzida.





Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin