1-kazus Joriy yilning 5-yanvar kuni “Gold line” aj “Yuqori xizmat” mchJ


Shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarga qanday majburiyatlar yuklanadi?



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə2/4
tarix01.07.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#135630
1   2   3   4
biznes huquqi Mannonov

Shartnoma shartlarini bajarishda tomonlarga qanday majburiyatlar yuklanadi?
Javobingizni ilmiy-huquqiy nuqtayi nazardan misollar yordamida asoslantirib bering.

Shartnomalar oferta yuborish va akseptlash orqali tuzuladi. Shartnomalar tuzilganda taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Taraflar huquqlariga shartnoma tuzish, o’zgartirish va bekor qilish kiradi. Taraflarda shartnomaga bo’g’liq bo’lgan hujjatlarni so’rash va olish huquqlari ham kiradi. Masalan taraflardan biri boshqa bir tarafdan uning moliyaviy ahvolini o’rganish maqsadida ya’ni u shartnoma tuzilganidan keyin majburiyatlarini bajara olishiga amin bo’lish maqsadida undan moliyaviy hisob hujjatlarini so’rab olish huquqiga ega bo’ladi. Yana ularda ikkinchi tarafning iqtisodiy ahvoli va uning nufusi haqidagi ma’lumotlar to’plash huquqi ham mavjud. Taraflarda huquq vujudga kelishi bilan birga ularda majburiyatlar ham vujudga keladi. Bular: shartnoma to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari, shartnoma natijasida vujudga kelgan majburiyatlarini tegishli tartibda ado etishlari va shartnoma to’g’risidagi qonunlarda nazarda tutilganidek shartnomani o’z vaqtida tuzishlari kerak. Bularning biri buzulishi shartnoma haqiqiy emas topilishiga yoki boshqacha oqibatlarga olib keladi. Kazusda mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan ekan shuning uchun bu shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni tegishli tarzda taqsimlaymiz:


Sotuvchining sotib oluvchi oldidagi huquqlari

  • Shartnoma shartlariga qonun doirasida to’liq rioya qilishni

  • Tovarlarni kelishilgan muddatda qabul qilib olishni

  • Tovarning belgilangan haqini to’lashni

  • Sotib oluvchi tomonidan yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilishi

Sotib oluvchining sotuvchining oldidagi huquqlari

  • Shartnomadagi tovarni o’z miqdorida topshirishni

  • Shartnomadagi tovarda uchinchi shaxs huquqi bo’lmagan tovarni topshirishni talab qilishi

Sotuvchining sotib oluvchi oldidagi majburiyatlari

  • Shartnomada belgilangan tovarni topshirish

  • Tovarni belgilangan miqdorda topshirish

  • Uchunchi shaxs huquqi mavjud bo’lmagan tovarni topshirish

  • Tovarni sifatli topshirish

  • Topshiriladigan tovarni saqlash

Sotib oluvchining sotuvchi oldidagi majburiyatlari

  • Tovar haqini shartnomada belgilangan miqdorda to’lash va vaqtida to’lash

  • Tovarni belgilangan joyda belgilangan vaqtda qabul qilib olish

Taraflarda mahsulot yetkazib berish sahrtnomasi bo’yicha majburiyatlar tegishli darajada taqsimlanadi. Ya’ni bir tomonda yetkazib beruvchi va sotib oluvchi bo’ladi va yetkazib beruvchida mahsulotni o’z muddatida, shartnomada belgilangan joyga olib kelishi, mahsulotni olib kelishda transport turi va sifatli holda yetkazib olib kelishi, sotib oluvchida esa mahsulotni qabul qilinishini sifatli taminlashi kerak bo’ladi. Bular ikki taraf uchun ham majburiyat bo’lib qoladi. Bularni ikki taraf ham o’z o’rnida bajarishi majburiyatlar bajarganlik hisoblanadi. Bazi narsalar shartnomada belgilanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol qilib yetkazib berish transport turi belgilanmagan bo’lishi mumkin. Bunday holda yetkazib beruvchi transportni turini o’zi belgilaydi. Yetkazib berish joyi ham belgilanmagan bo’lishi mumkin bu vaziyatda yetkazib beruvchi yuridik shaxs joylashgan manzilga yetkazib beradi.



Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin