Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə1/3
tarix16.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#131118
  1   2   3
2 kurs oqil bozor


Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………….…2
1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va tamoyillari……………………3
2. Bozor iqtisodiyotining taraqqiyot bosqichlari va turlari………….12
2. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati va turlari……………….22
3. Bozor iqtisodiyotida sug‘urtaning roli………………………………26
Xulosa…………………………………………………………………27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………30

Kirish
Iqtisodiyot ilmi hamma zamonlarda ham insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. U jamiyat a'zolarida iqtisodiy tafakkurni shakllantiradi, iqtisodiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi. Shu munosabat bilan jamiyat a'zolari, ayniqsa, yoshlarga iqtisodiy ta'lim berish, xususan, bozor iqtisodiyoti asoslarini o‘rgatish o‘ta dolzarb vazifaga aylandi. Bozor, pul, moliya, kredit, daromad, foyda, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar kishi ongiga yoshligidan qanchalik singib borsa, uning iqtisodiy tafakkuri shuncha erta shakllanadi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda shiddat bilan kechayotgan globallashuv (dunyoviylashuv) jarayonlari, tabiiyki, 0‘zbekistonni ham o‘z domiga tortmoqda. Binobarin, bu jarayonlardan hech kim chetda qolib ketmaydi. Mamlakatimiz prezidenti 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qilib,«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.Tovarlar va xizmatlarga talab uzluksiz bo'lgani tufayli ulami ishlab chiqarish ham uzluksiz ravishda doimo takrorlanib turadi. Takror ishlab chiqarishning umumiy jarayonini iqtisodiy resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi ko'rinishida tasawur qilish mumkin. Biroq bu aylanish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha kechadi.Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday doiraviy aylanish korxona va firmalar bilan uy xo'jaligi o'rtasida amalga oshadi. Uy xo'jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan barcha iqtisodiy resurslarni bozorga yetkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil tovar va xizmatlarga aylantiradilar va ulami bozorga yetkazib beradilar




2.1- chizma. Iqtisodiy resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning xususiy mulkka asoslangan iqtisodiy tizimdagi doiraviy
aylanishi.
Ko‘rinib turibdiki, resurslar, tovarlar, xizmatlar va daro- madlaming doiraviy aylanishida faqat ikki tomon: birtomonda korxona va firmalar, ikkinchi tomonda uyxo‘jaligi qatnashadi. Barcha moddiy, mehnat va pul oqimlari harakati davlat tomonidan qat'iy rejalashtirilmaydi, ya’ni korxona va firmalar iqtisodiy resurslami qancha niiqdorda, qaysi baholarda sotib olishni va ishlab chiqargan tovar va xizmatlarni qanday baholarda sotishni o‘zi erkin belgilaydi. Bu, ya’ni erkinlik, bozor iqtisodiyoti tizimining asosiy va eng muhim belgisidir.Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi—ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning tasarmf etilish ixtiyoriyligi va mulkdorlarning mustaqillikka egaligidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi o‘z tovarini yoki pulini o‘zi bilganicha ishlatadi, o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘ziga ma'qul bo‘lgan ish bilan shug‘ullanadi. Xo'jalik yurituvchilar faoliyati bir- biridan ajragan bo'ladi. Chunki ular, birinchidan, mustaqil mulk egalaridir, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida ixtisoslashib, har xil ish bilan shug'ullanadilar. Bozor iqtisodiyoti tizimida xo'jalik yuritish shakllaridan qaysi birini tanlash, o‘z mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o‘z ixtiyoriga bog‘liq. Tadbirkorlik qilish yoki yollanib ishlash, o‘z pulini sanoatga, dehqonchilikka, tijoratga, bank ishiga yoki boshqa yo'nalishga sarflash odamlarning o‘z ixtiyorida bo‘ladi.Bozor iqtisodiyotining muhim va asosiy belgisi iqtisodiy xilma- xillik, ya’ni mulk shakllari va xo‘jalik yuritish usullarining turli-tuman bo'lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Xo'jalik yuritish usullari ham har xil bo'ladi. Masalan, yakka tartibda, jamoaga birikkan holda, sherikchilik yoxud hissadorlik asosida, o‘z mablag'iga yoki qarzga olingan mablag‘ga tayanib xo‘jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar.Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko'pchilikdan iborat bo'lib, tarqoq holda foyda-zararni o‘z zimmasiga olib ish yuritadilar. Lekin ularning faoliyati qanchalik tarqoq bo'lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog‘lanadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo'lganligidan har qanday iqtisodiy monopolizmni, ya’ni korxona, tashkilot yoxud davlatning, umuman, iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tanho hukmronlik qilishini inkor etadi. Bu ham bozor iqtisodiyotining belgilaridan biridir.Bozor iqtisodiyotining yana birbelgisi narxlarning liberallashuvi, ya’ni narx-navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi. Narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvchining savdolashuvi va kelishuviga asosan yuzaga keladi. Shu tarzda shakllangan narxlar bozor munosabatlarining asosini tashkil qiladi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin