Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") — internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.
Elektron tijorat (e-tijorat, ingl. "e-commerce") — internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.
Elektron tijoratga jahon miqiyosida hozirgi eng katta internet auksioni va doʻkoni eBay misol boʻladi.
O'zbekiston kesimida esa Elektron tijorat maydoni Vibo Marketplace misol bo'ladi.
Elektron tijorat atamasining oʻzi deyarli 1950—1960-yillarda kompyuter paydo boʻlganidan keyin darhol paydo boʻldi. Dastlabki dasturlardan biri bu transport chiptalariga buyurtma berish, shuningdek reyslarni tayyorlash uchun turli xizmatlar oʻrtasida maʼlumot almashishdan iborat boʻlgan. U 1961-yil Massachusets texnologiyalar institutidan Leonard Kleinrok maʼlumotlarni uzatish uchun paketlarni kommutatsiya qilish nazariyasini ishlab chiqdi.
Elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisidir

Elektron tijoratning asosiy printsiplari:
Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar, shuningdek elektron shaklda qayd etilgan, yuboruvchisini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan axborot o‘z qo‘li bilan imzolangan qog‘ozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi va ulardan bitimlar tuzilganligining dalili sifatida foydalanilishi mumkin.
Elektron tijoratdagi shartnoma faqat axborot tizimlaridan foydalanilgan holda tuzilganligiga asoslanib haqiqiy emas deb topilishi mumkin emas.