Fan: tibbiyoy psixologiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Yüklə 24,1 Kb.
səhifə4/7
tarix28.12.2023
ölçüsü24,1 Kb.
#200904
1   2   3   4   5   6   7
oxun

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

ELEKTRON TIJORAT TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 21-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 13-sentabrda ma’qullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi

Ushbu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi:

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3237-son qarori.

birja faoliyati uchun litsenziyalarga ega bo‘lgan birjalarda tuziladigan kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

2-modda. Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilik

Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron


tijorat to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori huquqlaridan tashqari quyidagi huquqlarga ham ega: o‘z elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishni bevosita, mustaqil ravishda amalga oshirish; faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirayotgan yoki faoliyatni (harakatlarni) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar asosida yoxud xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan sotuvchilarning tegishli litsenziyalarini yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarini yoxud xabarnomalarini tekshirish. Elektron savdo maydonchasi operatori ushbu Qonun 12-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan elektron tijorat operatori majburiyatlaridan tashqari: qonunchilikka muvofiq muomaladan olib qo‘yilgan yoki muomalasi cheklangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga barham berilishi bo‘yicha choralar ko‘rishi; savdo maydonchasiga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvni va elektron savdo maydonchasida savdo qilish qoidalarini muntazam ravishda elektron savdo maydonchasida aks ettirishi; elektron tijorat ishtirokchilari xizmat ko‘rsatishga va savdoni amalga oshirishga doir shartnoma shartlari bilan tanishib chiqa olishini, shuningdek ularning to‘liq tarzda joylashtirilishini ta’minlash uchun texnik choralar ko‘rishi ham shart.


Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA-NC
Agar elektron savdo maydonchasining operatori elektron tijorat sohasidagi o‘z faoliyatini to‘xtatib turmoqchi bo‘lsa yoki xizmat ko‘rsatish qoidalariga o‘zgartishlar kiritmoqchi bo‘lsa, bu haqda kamida o‘ttiz kun oldin tegishli savdo maydonchasida e’lon berishi kerak (bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari.

Yüklə 24,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin