Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi
Forvard shartnomalari bu birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir. Shartnoma shartlari bitimni tuzish paytida kelishib olinadi. Shartnoma ana shu kelishib olingan shartlar boʻyicha belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Qoidaga koʻra forvard shartnomasi kerakli aktivlarni haqiqatda sotish yoki sotib olishni amalga oshirish va xaridor hamda sotuvchilarni narxlarni salbiy oʻzgarishlaridan sugʻurtalash maqsadida tuziladi.
Forvard shartnomalarini ijro etish majburiy hisoblanishiga qaramay kontragentlar uni amalga oshmay qolishidan sugʻurtalanmagan, bunday holatlarga tomonlardan birining bankrotligi yoki insofsizligi ham sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun shartnoma imzolangunga qadar hamkorlar bir birlarining toʻlovga layoqatliklari va obroʻ eʼtiborlari haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishlari lozim.
Shartnomani tuzishda tomonlar bitim amalga oshiriladigan narxni kelishib olishlari lozim boʻladi. Ushbu narx yetkazib berish narxi deyiladi va forvard shartnomani amalga oshirish davrida oʻzgarishsiz qoladi. Forvard shartnoma bilan aloqador forvard narx tushunchasi ham bordir. Maʼlum bir davr uchun bazis aktivning forvard narxi deb – forvard shartnomani tuzish davrida unda belgilab qoʻyilgan narx tushiniladi. Forvard narxni aniqlashning bir necha xil usullari mavjud. Ularning ayrimlarini quyida koʻrib chiqamiz.
Forvard shartnoma davrida daromad toʻlanmaydigan aktiv-larning forvard narxi. Keling, dastavval forvard shartnoma davrida dividend toʻlanmaydigan aksiya misolida ushbu masalani koʻrib chiqamiz. Faraz qilaylik, investor yarim yildan soʻng “A” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalariga ega boʻlmoqchi. U aksiyalarni ikki yoʻl bilan olishi mumkin: bugun ularni spot bozordan sotib olish orqali va forvard shartnoma orqali yarim yildan so‘ng unga ega boʻlish orqali. Agar forvard shartnomani imzolashda aksiyaning spot narxi 10000 soʻmni, risksiz stavka 20%ni, shartnoma davri yarim yilni tashkil etgan boʻlsa, forvard narxni aniqlang.
Agar investor forvard shartnoma boʻyicha aksiyalarni sotib olmoqchi boʻlsa, u holda u aksiyaning spot narxiga teng boʻlgan summani foizsiz stavka bilan ayni paytda joylashtirishi mumkin. Yarim yildan soʻng u quyidagi summani oladi:
Shunday qilib agar har bir aksiya uchun forvard narx 11000 soʻmga teng boʻlsa, u holda birinchi va ikkinchi holatlarda ham investor xarajatlari teng boʻladi. Bizning misolimiz uchun forvard narx aynan 11000 soʻmga teng boʻlishi lozim.
Forvard shartnoma boʻyicha bazis aktivning optimal narxini quyidagi forvard narxini aniqlash formulasidan foydalanib topishimiz mumkin:
F=S*(1+r*t/365) Bu yerda,
F –forvard narx;
S – spot narx;
r – risksiz foiz stavka;
t –forvard shartnomasini yakunlangunigacha boʻlgan davr (kunlarda).
Ushbu formulani nafaqat aksiyalar uchun, balki kuponsiz obligatsiyalar uchun ham qoʻllash mumkin.
Agar forvard shartnoma muddati bir yildan koʻp boʻlsa, u holda forvard narxni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi: