F=S*(1+r)T
bu yerda, T– forvard shartnoma davri (yillarda).
Forvard shartnoma davrida daromad keltiradigan aktivlarning forvard narxi. Agar shartnoma amal qilish davrida aksiyalarga dividend toʻlansa, u holda forvard narxi uning hajmiga muvofiq korrektirovka qilinishi zarur. Zero, amaliyotda forvard shartnomani amalga oshirish davri davomida aksiya yoki obligatsiyalarga dividend yoki kupon toʻlovlarini toʻlash bilan bogʻliq holatlar koʻp uchraydi.
Bunday holatlarda forvard narx mana shu toʻlovlar miqdoriga pasaytirilishi zarur, negaki, forvard shartnomaning xaridori, qimmatli qogʻozlar egasidan farqli oʻlaroq ularni olmaydi. Dastavval oddiyroq holatni koʻrib chiqamiz, unga koʻra dividend toʻlovi shartnoma muddati tugash arafasida toʻlanadi. Bunday holatda forvard narx quyidagi formula bilan aniqlanadi:
F=S*(1+r*t/365)*Div
bu yerda, t – shartnomaning amal qilish davri, Div – dividend.
Dividendning absolyut qiymatining oʻrniga dividend stavkasi koʻrsatkichidan ham foydalanish mumkin. U holda (3) formula quyidagi koʻrinishga keladi:
F=S* [ 1+(r-d)*t/365]
bu yerda, d –dividend stavkasi.
M isol. Aksiyaning spot narxi 10000 soʻmni, risksiz stavka 20%ni tashkil etadi. Agar shartnoma 182 kunga tuzilgan boʻlsa, forvard narxni aniqlang.
Keyingi holatda dividend shartnoma amal qilish davri oraligʻidagi maʼlum bir vaqtda toʻlanadi. Quyidagi rasmda t2– shartnomaning amal qilish davri, t1– dividend toʻlash kuni aks ettirilgan.
1-rasm. Shartnomaning amal qilish davri (t2) va dividend toʻlash kuni (t1)
Bunday holatda xaridor nafaqat dividendni, balki shartnomani amal qilish muddati tugaguniga qadar uni reinvestitsiya qilib olishi mumkin boʻlgan foizlarni ham yoʻqotadi. Bu holatda (3) formula quyidagi koʻrinishga keladi: bu yerda, r2– t2 davrdagi risksiz foiz, r2,1 – t2 - t1 davrlar uchun risksiz foiz stavka.
B u (5) formulada dividendning absolyut qiymatini oʻrniga forvard shartnomani imzolash davriga keltirilgan qiymatidan foydalanish mumkin.
bu yerda, D – dividendning keltirilgan qiymati, r1 – t1 davri uchun risksiz foiz stavka.
Mazkur holatda xaridor shartnomani jaʼmi amal qilish davri davomida dividendni keltirilgan qiymati miqdoridagi summani investitsiya qilishdan olishi mumkin boʻlgan daromadlarini yoʻqotadi. Bunda (5) formula quyidagi koʻrinishga keladi:
Dostları ilə paylaş: |