Endometrioz - bachadondan tashqarida endometriyga morfologik va funksional xususiyatlar bilan o'xshash to'qimalarning mavjudligi hamda bachadon bo'shlig'idan tashqarida endometriyga o'xshash morfologik va funktsional xususiyatlar bilan belgilanadigan patologik jarayon.
Disxeziya- og'riqli yoki qiyin defekatsiya.
Dismenoreya - bevosita hayzdan oldin yoki hayz davrida bel yoki qorin pastida kuchli og'riq, ko`ngil aynishi, depressiya va bosh og`rig`i bilan kechuvchi holat
Dispareuniya - jinsiy aloqa vaqtida yoki jinsiy aloqadan so'ng jinsiy a`zolarda doimiy yoki qaytalanuvchi og'riqning bo`lishi.
Endometrioz quyidagilarga bo'linadi:
· genital
· ekstragenital
Genital, o'z navbatida:
· ichki, yoki adenomioz ( bachadon tanasining endometriozi )
· tashqi ( bachadon bo'yni, qin, oraliq, retroservikal soha, tuxumdonlar, fallop naychalari, qorin parda, to'g'ri ichak- bachadon cho`ntagi va boshqalarning endometriozi) .
Adenomioz - bachadonning ichki qatlami (endometrium) bachadon butun devori bo`ylab o'sadigan xavfsiz patologik jarayon. Kasallik o`zi mustaqil emas, u endometriozning ichki shakliga taalluqlidir.
Endometrial kistalar -gemorragik modda bilan to'lgan tuxumdon yuzasida endometrioid to'qimalarning o'sishi natijasida paydo bo'lgan xavfsiz hajmli hosila.
Retroservikal endometrioz - endometrioid o`choqning bachadon bo'yni orqasida joylashgan shakli , to'g'ri ichakka qarab o'sishi mumkin.