Endometriozning og'ir shakllari · diametri 2 sm dan ortiq bo'lgan kistalarning shakllanishi bilan bir yoki ikkala tuxumdonning endometriozi ;
· yaqqol periovarial va / yoki peritubar jarayon bilan tuxumdonlarning shikastlanishi;
· fallop naychalarining deformatsiyasi, chandiqlanishi va o`tkazuvchanlik buzilishi bilan shikastlanishi;
· to'g'ri ichak- bachadon bo'shlig'ining obliteratsiyasi bilan tos qorin pardasining shikastlanishi;
· to'g'ri ichak-bachadon bo'shlig'ining dumg`aza-bachadon ligamentlari va qorin pardasining obliteratsiyasi bilan zararlanishi;
· siydik yo'llari va / yoki ichakning jarayonda ishtirok etishi.
3. ENZIAN tasnifi. ENZIAN indikatori nafaqat o`choq lokalizatsiyasini tavsiflash, balki o`choqlarda chuqur invaziv endometriozning og'irligini baholash imkonini beradi. Ushbu tasnifning asosiy afzalligi endometriozning topografik ko'rinishini tavsiflashidir , bu operatsiyani rejalashtirish imkonini beradi.
Uning yagona kamchiliklari surunkali tos a'zolarining og'riq sindromi bilan bog'liqligini ifodalamasligidir.
Segment A, B, C A ( rektovaginal to`siq va qin)
B (uterosakral ligamentlar va tos devorlari
C (sigmasimon ichak va to'g'ri ichak
1-darajali ( >1 sm)
A 1
B 1
C1
2-darajali (1-3 sm)
A 2
B 2
C2
1-daraja ( > 3 sm)
A 3
B 3
C3
F (bachadon va boshqa ekstragenital chuqur infiltratlar)
FA ( adenomioz )
FB ( siydik pufagi)
FU (siydik yo'llarining ichki qismi )
FI (ichak bo'limlari - sigmasimon, to`g`ri va boshqalar )
FO (boshqa joylar - o'pka, diafragma va boshqalar)
4. Endometrioid tuxumdon kistalarining tasnifi ( L.V. Adamyan , V.I. Kulakov tomonidan tahrirlangan ):
· I bosqich - tuxumdonlar yuzasida kichik nuqta endometrioid o`choqlar, rekto-bachadon bo'shlig'ining qorin pardasida kistoz bo'shliqlari hosil bo'lmagan ;
· II bosqich - o'lchami 5-6 sm dan oshmaydigan bitta tuxumdonning endometrioid kistasi , tos qorin pardasida kichik endometrioid o`choqlar. Fallop naylari sohasida ichakning ishtirokisiz kam darajadagi bitishmali jarayon;
· III bosqich - ikkala tuxumdonning endometrioid kistalari (bir tuxumdonning kistasining diametri 5-6 sm dan ortiq, ikkinchisining kichik endometriomasi ). Kichik tos bo'shlig'ining parietal qorin pardasida kichik o'lchamdagi endometrioid geterotopiyalar. Ichakning qisman ishtiroki bilan fallop naychalari sohasida yaqqol bitishmali jarayon;
· IV bosqich - patologik jarayonning qo'shni organlarga(qovuq, to'g'ri ichak va sigmasimon ichak) o'tishi bilan katta o'lchamdagi (6 sm dan ortiq) ikki tomonlama endometrioid tuxumdon kistalari . Keng tarqalgan bitishmali jarayon.