MULOQOT PSIXOLOGIYASI REJA: 1. Muloqot haqida tushuncha.
2. Muloqot turlari va vazifalari.
3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari.
4. Muloqot - shaxslararo o`zaro ta`sir etish.
5. Muloqot insonlarning bir - birini tushunishi.
6. Muloqot texnikasi va usullari
MAVZU BO`YICHA TAYANCH TUSHUNCHALAR: Afaziya — bosh miya po`stloq qismidagi markazlar faoliyatining shikastlanishi natijasida nutqning buzilishi.
Dialogik nutq — ikki yoki undan ortiq ishtiroqchilar birday faol bo`lgan nutq turi.
Ichki nutq — insonning tovushsiz nutq faoliyatining o`ziga xos turi, tafakkurning asosiy quroli.
Identifikatsiya — o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yish orqali unga tenglashtirish.
Kommunikatsiya (psixologiyada) — til yoki boshqa belgilar vositasida axborot berish.
Muloqot — ikki yoki undan ortiq kishilar o`rtasidagi axborot ayirboshlash, o`zaro ta`sir va bir - birini tushunishdan iborot jarayon.
Monologik nutq — bir kishining o`ziga yoki boshqalarga yo`naltirilgan nutqi.
Refleksiya — sub`ektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay tarzda idrok etilishini anglab etish.
Stereotiplashtirish — xulq - atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha ma`lum va mashhur deb sanalgan, ya`ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini izohlash.
Til — so`z belgilari yig`indisi.
1. MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.
PEDAGOGIK FAOLIYATDAGI MULOQOT: 1. O`quv vazifalarini bajarish vositasi.
2. Tarbiyaviy jarayonni ta`minlashning ijtimoiy - psixologik tizimi.
3. Ta`lim va tarbiya jarayoni muvafaqqiyatini ta`minlovchi o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro munosabatlarini tashqil qilish usuli.
4. O`quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo`ladi.
Pedagog bu muloqotning o`quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita mazmunini tashqil etadi. Muloqot ikki va undan ortiq kishilar o`rtasida bilish yoki baholash tarzidagi axborot almashishda namoyon bo`luvchi o`zaro ta`sirdir.