Muloqotning sotsiolingvistik jihatlari Reymayeva Maxinur



Yüklə 6,37 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü6,37 Kb.
#176386
Muloqotning sotsiolingvistik jihatlari

Muloqotning sotsiolingvistik jihatlari

Reymayeva Maxinur

Muloqotning sotsiolingvistik jihatlari

  • REJA: 1. Muloqot haqida tushuncha. 2. Muloqot turlari va vazifalari. 3. Muloqotning verbal va noverbal vositalari. 4. Muloqot - shaxslararo o`zaro ta`sir etish.

Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega.

  • Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega.

SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish).

  • SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish).

MULOQOTNING TURLARI VA VAZIFALARI

  • Hamkorlikdagi faoliyatda zaruriyat tufayli inson boshqa kishilar bilan birlashishi, ular bilan munosabatga kirishishi, aloqa o`rnatishi, o`zaro tushunishga erishishi va kerakli axborotni olishi, shunga mos javobni berishi kerak. Bunda muloqot faoliyatning bir tomoni, uning axborot aspekti-kommunikatsiya sifatida namoyon bo`ladi. Biroq predmet yasash bilan birga inson o`zi yasagan predmetda o`zini “translyatsiya” qiladi, ya`ni o`zini boshqalarda davom ettiradi. Hosil qilingan predmet (ko`rilgan bino, yozilgan qatorlar, o`tkazilgan daraxt) bir tomonidan faoliyat predmeti, ikkinchi tomondan inson o`zini ko`rsatadigan vositadir. CHunki bu boshqa kishilar uchun hosil qilingan. SHunday qilib, faoliyat muloqotning bir qismi, uning tomoni; muloqot faoliyatning bir qismi va tomonidir. Lekin muloqot va faoliyat barcha hollarda yaxlit (buzilmas) birlikni tashqil etadi.

MULOQOTNING VERBAL VA NOVERBAL VOSITALARI

  • Boshqa kishiga axborot beruvchi (kommunikator) va uni qabul qiluvchi (retsipient) muloqot jarayonida bir xil tildan foydalanishi kerak, aks holda bir - birini to`g`ri tushunolmaydi. Axborot almashish muomala qatnashuvchilariga tushunarli belgi va mazmunga ega bo`lishi kerak. Til so`z belgilari yig`indisidan iboratdir. So`zning ma`nosi uning mazmuniy tomonidir. Har bir alohida odamning harakatlari va faoliyatlarini alohida odamning harakati va faoliyatlarini 3 ta muhim omil belgilaydi. Birinchidan, butun insoniyatning yoki bir muncha tor doiradagi kishilar jamoasining ijtimoiy -tarixiy tajribasi belgilaydi. Kichkina bola dunyoni mustaqil ravishda bilab olmaydi, u ota - onasiga savollar beradi va ular unga javob beradilar, bu javoblardan bola o`z faoliyatini keyinchalik foydalanadigan umumiy bilimlarning faqat ozgina qismini oladi.

MULOQOT KISHILAR O`RTASIDAGI O`ZARO TA`SIR ETISH

  • Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro`y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq - atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko`lami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazariya muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo`ladi. Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma`qullangan xulq - atvor namunasi tushuniladi. (yosh, mansab, jins va oiladagi, o`qituvchi va o`quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo`lishi mumkin). O`z navbatida har bir rol’ o`ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin.

Yüklə 6,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin