Muloqot psixologiyasi


MULOQOT KISHILAR O`RTASIDAGI O`ZARO TA`SIR ETISH



Yüklə 24,74 Kb.
səhifə3/4
tarix03.04.2023
ölçüsü24,74 Kb.
#92776
1   2   3   4
MULOQOT PSIXOLOGIYASI

4. MULOQOT KISHILAR O`RTASIDAGI O`ZARO TA`SIR ETISH
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga o`z oldiga boshqalarga ta`sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qo`yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo o`zaro ta`sir sifatida namoyon bo`ladi, ya`ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo`luvchi aloqa va o`zaro ta`sirlar yig`indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro`y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq - atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar ko`lami nihoyat keng - mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazariya muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bo`ladi. Psixologiyada “rol’” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma`qullangan xulq - atvor namunasi tushuniladi. (yosh, mansab, jins va oiladagi, o`qituvchi va o`quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bo`lishi mumkin). O`z navbatida har bir rol’ o`ziga mos talablarga javob berishi kerak. Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat jo -
yida direktor, kasal bo`lsa shifokor ko`rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondo`st oila boshlig`i bo`ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning o`zaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yo`qmi atrofdagilar undan ma`lum namunaga mos keluvchi xulq -atvorni kutadilar. Agar rol’ yaxshi bajarilmasa ijtimoiy - nazorat tomonidan baholanadi, ozmi -ko`pmi cheklanishlar qilinadi. Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti o`zaro ta`sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qo`llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko`rishga tayyor ekanligini to`g`ri, aniq, xatosiz ko`chira olish qobiliyati takt deb ataladi. O`qituvchi o`quvchilar jamoasi kishilardan tashqil topganligini unutmasligi har bir o`quvchi shaxsini e`tibordan chetda qoldirmasligi kerak. O`quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bo`lsada yo`qolishi, og`ir oqibatlarni vujudga keltiradi.

Yüklə 24,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin