Umum ta’lim maktablarida informatika fanlari mazmuni



Yüklə 27,14 Kb.
səhifə1/9
tarix27.08.2023
ölçüsü27,14 Kb.
#140769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari -fayllar.org


Mavzu: Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni

Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza


Ma’ruza №16 - 17
Mavzu:Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni
REJA:

  • Umum ta’lim maktablarida informatika fanlari mazmuni

  • Akademik litseylarda informatika fanlari mazmuni

  • Kasb-hunar kollejlarida informatika fanlari mazmuni

Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza


O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi, o‘ziga xos va o‘ziga mos iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashi ta’lim tizimida tub islohotlarni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish zaruratini tug‘dirdi. Shu munosabat bilan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» islohotlarning ko‘lami va hususiyatlarini o‘zida aks ettirdi.
Umum ta’lim maktablarida informatika fanlari mazmuni Ta’lim sohasidagi islohotlar zaminidagi g‘oyani amalga oshirish bir qator muhim omillarga bog‘liq. Ular orasida shunday murakkab muammolar borki, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmay turib tub o‘zgarishlar samarasi haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Mana shunday muammolardan biri
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
«Informatika» yo‘nalishini tashkil etuvchi «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika», «Informatika va axborot texnologiyalari» kabi kurslarni o‘qitish muammosidir.
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruriyati, tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish sohalarida yuqori sur’atlar va fundamental o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi jarayonning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi bunday o‘zgarishlarning ildizi axborotlar hosil qilish, ularni saqlash, uzatish va ulardan foydalanishning yangi usul va vositalariga borib taqaladi. Biz axborotlashgan davrda turibmiz. Doimo o‘sib borayotgan axborot hajmini qayta ishlash va o‘z faoliyat doirasida undan unumli foydalanish zaruriyatiga duch kelayotgan jamiyat a’zolari, turli kasb egalari soni tobora ortib bormoqda.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Hozirgi davrda real shart-sharoit shundan iboratki, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini axborotlashgan asr ehtiyojlariga moslashtirmaslikning iloji yo‘q. Ushbu masalaga «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham alohida e’tibor qaratilgan.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishning ikkinchi bosqichida (2001-2005 yillar) o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli adabiyotlar va ilg‘or pedagogik, shu jumladan, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish vazifasi qo‘yilgan edi.
Hozirgi kunda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amal oshirishning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
«Informatika» yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish zaruratining zamini, asosi bo‘lib quyidagilarni anglash hisoblanadi:

  • kompyuterlar, axborot va kommunikatsion texnologiyalar dunyodagi axboriy inqilobning mahsulidir;

  • O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim jarayonida ta’limni kompyuterlashtirishning jahon darajasiga moslashtirish yo‘llarini izlash zarur;

  • kompyuter ta’lim jarayonining samaradorligini oshiruvchi quvvatli vositadir, chunki u o‘quv axborotlarini sifatli yetkazish imkoniyatlarini kengaytiradi, fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, ta’limni qiziqarli olib borish imkonini kengaytiradi, o‘quv faoliyatini boshqarish usullarini o‘zgartiradi, o‘qituvchining axborot uzatuvchi sifatidagi rolining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi va hokazo;

  • zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeys, «do‘stona» muloqot vositalari va boshqa imkoniyatlarning mavjudligi barcha soha mutaxassislariga, umuman foydalanuvchilarga komp’yuter bilan bemalol muloqot qilish imkonini beradi;

  • kompyuter savodxonligi natijasida bolalar rivojlanib borayotgan dunyoda kelajak hayotga va moddiy farovonlikka erishishga yaxshiroq tayyor bo‘lishlari mumkin;

  • zamonaviy kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari shu darajadaki, ulardan nafaqat ta’limda, balki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ham foydalanish mumkin.

Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza


Maktabgacha tarbiya, umumo‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va undan keyingi ta’lim bosqichlarini o‘z ichiga olgan va informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga mo‘ljallangan «Informatika» fani pedagogikamiz uchun yangi bo‘lgan nizom va qarashlar sistemasiga asoslangan:
kadrning butun «hayotiy sikli» hisobga olinishi kerak;
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish dunyoning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarni aks ettirishi kerak;
informatika va dasturiy ta’minot bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlarga dasturlashni o‘rgatish zaruriyatidan voz kechish lozim;
informatika yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitish didaktik spiral tamoyili asosida qurilishi kerak;
ishlab chiqilayotgan o‘quv kurslari mazmunining yangiligi va dolzarblik muddatini uzaytirishni axborotni qayta ishlash tamoyillariga urg‘u berish asosidagina amalga oshirish mumkin;
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish sifatlarini kafolatlashga yo‘naltirilganlik;
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatika ta’limining ahamiyati, uning fan va texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Maktabda informatika fanini o‘qitish ta’limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o‘stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim­tarbiya olishni keyingi bosqichlarida davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi lozim.
O‘rta ta’limning umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, maktabda informatika fanini o‘qitilishi quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan:

  • axborot haqida ilmiy tasavvur asoslarini, axborot jarayonlari, axborot tizimlari, texnologiyalari tashkil etuvchi bilimlarni egallash;

  • kompyuter va axborot­kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) vositalari yordamida turli ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • ijodiy va intellektual qobiliyatlarini AKT vositalari yordamida


  • Yüklə 27,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin