Axborotlarni mustaqil ravishda izlash. Turli manbalardan (matn, lug‘at, ilmiy-ommabop nashrlar, adabiyotlar, televidenie, radio, kompyuter ma’lumotlari bazasi, Internet resurslaridan) foydalanib ilmiy-amaliy mazmundagi axborotlarni izlash va foydalanish.
Amaliyotda qo‘llay olishi. Kompyuterni elektr manbaiga to‘g‘ri ulash va o‘chirish. Axborot va u bilan bajariladigan jarayonlarni:axborot yig‘ish, qayta ishlash, uzatishdaaxborot vositalaridan foydalana olish, kompyuterni qurilmalarini ishlata olish, Grafik muharririda shakl, rasm tayyorlay olish, o‘rganilgan axborot jarayonlarga oid masalalar yechish va test topshiriqlarini bajarish. Boshqarish dasturini ishga tushurishni, Matn muharriri yordamida hujjatlarni vujudga keltira olish, axborotlarni kompyuterda tasvirlash, kodlashga oid masalalarni yechishni bilish. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkazishni amalda bajara olish. Elektron jadvalda masalalarni bajara olish.Taqdimot slaydlarni tayyorlash. Algoritm tuzish, dasturlash tilidan birida masalaga dastur tuza olish bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini kundalik turmushda va texnikada qo‘llash.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikmalar Informatikadan tayanch ko‘nikmalar.
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga oid terminlarni bilish.
Kompyuter qurilmalarining ishlash prinsiplarini bilish.
Dasturiy ta’minotning turlarini ajrata olish.
Kompyuter tarmoq/kommunikatsiya texnologiyalari haqida fikr yuritish va suhbatlashish.