Tayanch kompetensiyalar:
Kommunikativ kompetensiya
jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun ona tili va birorta xorijiy tilni mukammal o‘zlashtirish hamda muloqotda samarali foydalana olish;
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
ijtimoiy moslashuvchanlik, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;
muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o‘z pozitsiyasini himoya qila bilish, uni ishontira bilish;
turli ziddiyatli vaziyatlarda o‘z ehtiroslarini boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur (konstruktiv) bo‘lgan qarorlarni qabul qila olish;
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;
media vositalardan zarur bo‘lgan axborotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlash va foydalanishda media-madaniyatga rioya qilish;
ma’lumotlar bazasini yarata olish, asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qila bilish;
kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan ishlay olish (oddiy tabriknomalar yoza olish, anketalarni to‘ldirish, mehmonxona ro‘yxatida o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd eta olishi va boshq.)
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Shaxs sifatida o‘z-o‘zini
rivojlantirish kompetensiyasi
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;
o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish;
o‘qib-o‘rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga dahldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilish (ya’ni xaridor, saylovchi, mijoz, ishlab chiqaruvchi sifatida faoliyat yurita olish);
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala, iqtisodiy, huquqiy madaniyatga ega bo‘lish;
kasbiy mavqeining o‘sishiga intilish bilan jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, yordamga muhtojlarga sahovatli bo‘lish.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Dostları ilə paylaş: |