rivojlantirish;
axborotlarni tanqidiy tahlil qilishni; axbortlarni uzatishda huquqiy va ahloqiy jihatlarini inobatga olgan holda mas’uliyatni tarbiyalash;
kundalik hayotida, individual va hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni bajarishda, o‘quv faoliyatida AKT vositalaridan foydalanish malakalarini shakllantirish.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
O‘rta ta’limda informatika fanini o‘qitilishining vazifalari quyidagilardan iborat:
axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterning dasturiy ta’minoti, kompyuterda masalalar echish texnologiyalari, algoritmlash va dasturlash asoslari, yangi axborot texnologiyalarining jamiyatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ijobiy ta’sirini ilmiy ravishda o‘rganadigan usullar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishda turli texnik vositalardan va amaliy dasturlardan foydalana olishi;
axborot jarayonlari natijalarini xulosalashda turli texnik vositalarning imkoniyatlaridan foydalanilishi, ularning ishlash prinsipini tushuntirish, amaliy masalalarni kompyuterda yechishda ulardan foydalana olishko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Amaliy masalalarni yechishda, boshqa fanlarga oid yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash, turli manbalar (darslikdan, ilmiy-ommabop adabiyotlardan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug‘ati va ma’lumotnomalardan, elektron ishlanma va darsliklardan, Internet sahifalaridan va h.k.)dan fanlarga oid ma’lumotlar bilan ishlay olish;
axborotni tahlil qilish va baholash, bir turdagi axborotni ikkinchi turga aylantirish va shu kabi masalalarni yecha olishi;
axborot texnologiyasi orqali axborot makonni o‘rganish mumkinligiga bo‘lgan ishonch, insoniyatni bundan keyingi rivojlanishi uchun fan va texnologiyalar yutuqlaridan kerakli darajada foydalanish, fan va texnika ijodkorlariga hurmat bilan qarash, informatika ta’limiga umumbashariy madaniyat elementi sifatida qarashni tarbiyalash;
kundalik hayotda uchraydigan va hayotiy faoliyatining havfsizligini ta’minlashda egallagan bilim va ko‘nikmalaridan foydalana olish.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Bugungi hayotimizning har bir jabhasi, har bir soha va barcha faoliyat turlari bevosita axborot texnologiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. Shunday ekan, axborot texnologiyalarni yaratish va ularni boshqarishga oid bilim, ko‘nikma va layoqatning har bir insonda shakllanishi fundamental ahamiyat kasb etadi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish – texnologik va ijtimoiy bilimlarni uzatish jarayonini tezlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish va o‘qish sifatini oshirish bilan birga insonni turli ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirish imkoniyatlarini yaratadi.
Aynan shu sabab ta’lim mazmunini, fanlardan Davlat ta’lim standartlarni, o‘quv dasturlarni takomillashtirish – informatika faniga oid kompetentlilikni (AKTkompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Kompetensiya – ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish qobiliyatini namoyish etishni bildiradi.
AKTkompetentlilik insonlar uchun muhim kompetensiya hisoblanib, u – kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo‘ladi (Yevropa davlatlari uchun ishlab chiqilgan “Umumevropa AKTkompetentligi 2.0” dan).
AKTkompetentlilik – o‘quvchilarning axborotli jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallash va muvaffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun axborotga ega bo‘lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni amalga oshirishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyati va layoqati.
Informatika o’qitish metodikasi 16 – 17 ma’ruza
Ushbu hujjatda kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: |