I. Fanning mazmuni Fanni o’qitishdan maqsad – bolalikning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati, yetimlik, beparvolik va qarovsizlik, bolalar uylarining paydo bo’lishi, 20-asr boshlarida yetimlik va qarovsizlik masalalari, urush yillaridagi yetimlik, hozirgi vaqtdagi yetimlik va qarovsizlik, beparvolik, hamda ularning oldini olish, bolalarga yordam ko’rsatishning zamonaviy usullari, xulqi og’ishgan bolalarning psixologik, ijtimoiy va pedagogik jihatlari, omadsiz oila turlari, omadsiz oilada o’sgan bolalarning psixologiyasi, ko’cha muhitining bola shakllanishiga ta’siri, imkoniyati cheklangan bolalar tushunchasi va ularning psixologik xususiyatlari, qarovsiz bolalarning xususiyatlari va rivojlanishining o’ziga xos jihatlari, qarovsiz bolaning emotsional deformatsiyasining paydo bolish sabablari va oqibatlari, xulqi og’ishgan bolalarni aniqlashning psixologik instrumentariysi, bolalarning o’zini anglashini va jinsiy-yosh belgilarini tadqiq qilish, bolalar tarbiyasiga individual yondashuv, bolalar va mehribonlik uylaridagi ijtimoiy-pedagogik muhit, ,ehribonlik uylaridagi ijtimoiy reabilitatsiya, omadsiz va jamiyatdan ajralgan oilalar hamda o’qishga noqobil bolalar bilan hamda alohida o’qish ehtiyojlari bo’lgan bolalar bilan ishlashning pedagogik-psixologik texnologiyalari bo’yicha bilimlar berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – fan mavzulari bo’yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalalarni hamda fanga oid ilmiy dunyoqarashi shakllantirish, interfaol o’qitish usullarini qo’llash hamda talabaning mustaqil ishlarini tashkil qilish orqali unda kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish.