I. Fanning mazmuni. Fanni oʻqitishdan maqsad – talabalarga informatika va matematika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim boʻlgan bilimlarni amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirish, hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuter arxitekturasi va uning ishlash prinsiplari, xotira va uning ishlash imkoniyatlari, kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalarining tafsiflari, shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti va uning rivojlanish tendentsiyalari, tizimli dasturiy ta’minot va ularning turlari, arxivlashtirish dasturlari, antivirus dasturiy vositalari, dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari va unda qoʻllaniladigan dasturlar haqida tushuncha, matematik masalalarni yechishga moʻljallangan amaliy dasturlar, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash muhitida ishlash imkoniyatlari, modellashtirish va simulyatsiya, kompyuter simulyatsiyasi haqida nazariy va amaliy bilimlarni, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
II. Аsosiy nazariy qism (maʼruza mashgʻulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. “Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti” fanining maqsadi va vazifalari. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi. Fanining maqsadi va vazifalari. Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi. Zamonaviy kompyuterlar arxitеkturasi.
2-mavzu. Mikroprotsessorlar. Xotira turlari va uning ishlash tamoyillari. Mikroprotsessor arxitekturasi. Mikroprotsessor turlari va ishlash tamoillari. Xotira turlari.
3-mavzu. Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari. Kompyuterning asosiy va tashqi qurilmalari. Kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari. Kompyuterning zamonaviy periferik qurilmalari.