IV. Laboratoriya mashgʻulotlari boʻyicha koʻrsatma va tavsiyalar Laboratoriya mashgʻulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Kompyuter arxitekturasining magistral modul tamoyili.
Asosiy plata, xotira va ularning ishlash imkoniyatlarini aniqlash
Axborot kiritish qurilmalari bilan ishlash
Operatsion tizimlar va ularga xizmat koʻrsatish.
Fayllarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar bilan ishlash.
MS Word dasturi уоrdamida kasbiy faoliуаtga doir xujjatlar уаratish va taxrirlash
Wordwall onlayn dasturi yordamida elektron resurslar tayyorlash
Matematik masalalarni yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo’ljallangan dasturlar va ularda ishlash.
Algoritm tuzuvchi dasturlarda ishlash
Scratch dasturlash muhitida murakkab animatsiya hosil qilish
Web sahifa yaratish
Laboratoriya mashgʻulotlari kompyuter va multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga ikkita professor-oʻqituvchi tomonidan oʻtkazilishi zarur. Mashgʻulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida oʻtilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʻllanilishi maqsadga muvofiq.
V. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Tizimli blok va uning tarkibiy elementlari: protsessor, soprotsessor, xotira.
Tashqi xotira qurilmalari. Аxborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari.
Mashina amallari: arifmetik – mantiqiy, joʻnatish, oʻtish, kiritish - chiqarish va sistema amallari.
Mikroprotsessorlar haqida asosiy tushunchalar
Mikroprotsessor tarixi va uning turlari
Mikroprotsessorning tuzilishi.
Asosiy plata bilan tanishish va uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Asosiy plataga yangi oʻrnatilgan haritani ishini BIOS orqali boshqarish
Disklarga xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash
CD va DVD kompakt disklariga fayllar ko‘chirish
Tashqi xotira qurilmalari. Аxborotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari
Mustaqil oʻzlashtiriladigan mavzular boʻyicha talabalar tomonidan taqdimot tayyorlash, infografika yaratish, pedagogik texnologiya qoʻllash orqali grafik organeyzer tayyorlash, test tuzish va mavzuni himoya qilish tavsiya etiladi.