5. Adenomioz tasnifi ( L.V. Adamyan , V.I. Kulakov tomonidan tahrirlangan ):
Adenomiozning klinik tasnifi patologik jarayonning tarqalishining to'rt bosqichini nazarda tutadi:
· I bosqich - adenomioz geterotopiyalari faqat submukozal qatlamda joylashgan;
· II bosqich - patologik jarayon mushak qavatiga tarqaladi;
· III bosqich - patologik jarayon miometriumning butun qalinligini egallaydi , bachadonning seroz qavatiga yetib boradi;
· IV bosqich - patologik jarayonda bachadondan tashqari parietal qorin parda va yaqin organlar ishtirok etadi .
Klinik ko`rinishlari: Endometriozning eng muhim klinik ko'rinishlari :
· tos a'zolaridagi og'riqlar (dismenoreya, dispareuniya , dizuriya, disxeziya va surunkali tos og'rig'i)
· bepushtlik
· hayz davrining buzilishi
· anomal bachadondan qon ketishi
· kichik tosda o'smaga o'xshash hosilalarning mavjudligi ( endometrioid kistalar).
Kam uchraydigan alomatlar:
· og'riqli rektal qon ketish yoki siydikda qon (gematuriya)
· yelka bo`g`imi og'rig'i
· siklik o'pka muammolari (pnevmotoraks)
· siklik yo'tal, ko'krak qafasidagi og'riq yoki qonli yo'tal (qon tuflash)
· siklik chandiqli shish va og'riq
Diagnostika Shikoyatlar, anamnez. Quyidagi omillarga e'tibor qaratish lozim :
· ko`p miqdordagi hayz, pre-, postmenstrual , postkoital qon ketish;
· kombinatsiyalangan og'iz kontratseptivlari (KOK) va steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi dorilarni (SBYQDV) qabul qilishda simptomlari yo'qolmaydigan yoki kam ta`sir qiladigan dismenoreya va/ yoki disparuniya ;
· bemorning onasi yoki singlisida endometriozning mavjudligi ;
· doimiy ovulyatsiya , bachadon naychalarining o'tkazuvchanligi va turmush o`rtog`ida normal spermogramma kuzatilganda subfertillik bo`lishi;
· diareya, ich qotishi, ko'ngil aynishi, ichak harakatlari paytida og'riq, ichak spazmlari;
· gulli o'tlarga allergiya mavjudligi, allergik rinit va oziq-ovqat mahsulotlariga yuqori sezuvchanlik;
· depressiya, tashvish, surunkali charchoq sindromi;
· migrenning mavjudligi;
· tez-tez siyish.