1-keys: 17 yoshli o’quvchilar a va n darsdan qochib, parkka ketishdi. Avtobusda yo’lovchilar kamligidan foydalanib, yumshoq o’rindiqqa ismlarini o’yib yozdi. Shu bilan birga ular tamaki chekib, kulini o’rindiqqa tushirib qo’yishdi



Yüklə 12,55 Kb.
səhifə3/6
tarix22.10.2023
ölçüsü12,55 Kb.
#159895
1   2   3   4   5   6
Keyslar to’plami 1-keys-fayllar.org (2)

11-keys: Birinchi kurs o’quvchilari bahorda amaliyot o’tash uchun rahbari bilan qadimgi shahar xarobalarini qazish uchun amaliy mashg’ulotga chiqdilar. 17 yoshli o’quvchi M. yerni qaziyotib, bitta xum topib oldi. Ichida qadimgi qimmatbaho metallar va toshlar bor edi. Uni hech kimga ko’rsatmay tuproq tagiga yashirib qo’ydi. Kechki payt xumni olib uyiga jo’nab ketdi. Biroq, M. ni yo’lda ichki ishlar xodimlari to’xtatishdi. M. ni davlat mulkiga xiyonat qilishda ayblashdi.
O’quvchi M. qanday jazoga loyiq?


12-keys: 17 yoshli G ismli qiz N. ismli o’rtog’ining taqinchog’ini o’g’irlashga ahd qildi. N. ning uyiga birga dars qilish bahonasida kelgan G . uyda N. dan boshqa hech kim yo’qligidan foydalanib, katta summadagi bir necha tilla taqinchoqlarni o’g’irlab ketdi. Buni sezgan N. ―Tilla taqinchoqlarni qaytar, bo’lmasa huquqni himoya qilish organiga murojaat qilaman‖ deb G. ni qo’rqitdi. Bunga javoban G. N. ni qattiq metall parchasi bilan boshiga urib, jarohatladi.
G. qanday jazoga loyiq deb o’ylaysiz?


13-keys: Oson pul topish yo’lini o’ylab yurgan 17 yoshli A va S o’g’irlik qilishga ahd qilishdi. Yangi ko’chib kelgan boy xonadonning barcha uy jihozlarini kunduz kuni mashinaga ortib ketishdi. Qo’shni boshqa uyga ko’chayapti deb o’ylagan qo’shnilar 16 yoshli V va G ularga uy jihozlarini mashinaga ortishga yordam berishdi. Kech soat 6 da uy egalari o’g’rilik sodir bo’lganligini ko’rib, qo’shni V va G larni o’g’rilikka sheriklikda aybladi. Ichki ishlar xodimlari haqiqiy o’g’rilar A va S ni topishdi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan ishtirokchilar qanday jazoga loyiq?


14-keys: Nodir harbiy xizmatchi. Uni harbiy harakatlarda ishtirok etish uchun yuborishdi. Harbiy harakatlar to’xtatilgandan so’ng Nodirning yo’qolganligi ma’lum bo’ldi. Qarindoshlarining arizasiga muvofiq sud bir yildan so’ng Nodirni vafot etgan deb e’lon qildi. Sudning qaroridan so’ng Nodirning qarindoshlari unga tegishli bo’lgan shaxsiy uyi, ro’zg’or anjomlari va mashinasini bo’lib olishdi. Nodir harbiy harakatlar chog’ida qattiq jarohatlangan, xotirasini yo’qotgan edi. 2 yildan so’ng u sog’ayib harbiy qismga qaytib keldi. Nodir mol-mulkini qaytarib olishi uchun nima qilishi kerak?
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan Nodirning huquqlari qanday tiklanadi.



Yüklə 12,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin