19-keys: 17 yoshli A. transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz otasining Neksiya rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganida to’satdan svetaforning qizil chirog’i yondi. A. tormozni bosishga ulgurmay rulni burdi. Bu xunuk voqea sabab yo’l chetidagi taksi haydovchisi O. ning yurak xuruji tutdi. A. Neksiyaning kalitini yo’l chetidagi taksichilardan biriga berib militsiya chaqirishini iltimos qildi hamda o’zi O. ni kasalxonaga olib ketdi. O. ga miokard infarkti tashxisi qo’yildi. SHifokorlar agar A. biroz kechikkanda O. ning halok bo’lishi mumkinligini aytishdi.
A. ning harakatlariga baho bering.
20-keys: 17 yoshli G. informatika faniga juda qiziqadi. U qator xalqaro turnirlarda yuqori o’rinlarni egallagan. Bir kuni uning eski tanishi 29 yoshli S. undan maxfiy internet saytini ochishga yordam berishini so’radi va unga katta miqdorda pul va’da qildi. G. tanishining shartiga ko’nib saytning kodini ochib tegishli ma’lumotlarni olib berdi. Ushbu sistemaga xaker kirganini sezgan DXX organlari qaysi kompьyuter orqali sistema kodi buzilganini aniqlashga kirishishdi. G. ning uyidagi kompьyuter internet tizimiga ulangan edi. Qilingan operatsiya G. ning uyidagi kompьyuterdan qilingani ma’lum bo’ldi. DXX xodimlari G. ni qo’lga olishdi. G. ushbu harakatlar boshida tanishi 29 yoshli S. turganini aytdi va aybiga iqror bo’ldi.
S va G qanday jazoga loyiq?
21-keys: 17 yoshli Akrom dushanba kuni ertadan ishdan bo’shashi haqida ariza yozib boshlig’iga berdi. Ertasiga o’zi bilan tengdosh Ikrom bilan dam olish uchun shahar tashqarisiga chiqib ketdi. Kechqurun spirtli ichimlik ichib mast holda mashina xaydab uyga ketdi. Yo’lda militsiya xodimlari ularni to’xtatib xushyorxonaga keltirishdi. Ertasi kuni mastligi tarqalgach, Akrom va Ikrom ma’muriy qamoqqa olinishi haqidagi xabarni eshtishdi.
Siz O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslanib ishtirokchilar xatti harakatlari bilan qaysi qonunlarni buzdi deb o’ylaysiz? Ularning har birini qonunga asosan qanday jazo kutmoqda?