2-KEYS.VIRUS OVChILARI
Sizning mahsulotlaringiz hech qachon ishlab chiqarilmaganda, ishlaringiz hech qachon natija bermaganda dunyo qanday bo’lishi mumkinligini bir tasavvur qilib ko’ring. Symantec Corp. kompaniyasidagi kompyuter virusi ovchilari buni o’ylashga majbur emaslar. Bu ularning har kunlik ishidir. Kompaniyaning Santa Monikada joylashgan labarotoriyasida, dasturchi analitiklar viruslar va shubhali kodlarni yig’ishadi va kompaniya mijozlari uchun xavfsizlik dasturlari qanday bo’lishi kerakligini aniqlashadi. Bu erda xattoki XAVFLI deb yozib qo’yilgan xona ham borki, bu joyda ichi virusga to’lgan disklar, lentalar va tashqi xotira vositalari saqlanadi. Simantek kompaniyasining holati siz uchun o’zgacha bo’lib tuyulishi mumkin, ammo o’z mijozlari va kompaniyalar uchun xavfsizlik dasturlarini ishlab chiquvchi kompaniya bugungi kundagi ko’plab tashkilotlar duch kelayotgan haqiqatni ifoda qiladi: kompaniya mijozlar kutgan o’zgarishlarni yanada oldinga siljitish va global raqobatchilarni muntazam ravishda ortda qoldirishga intiladi.
Blaster-B dasturining ishga tushirilishi kompaniyaning viruslar bilan bog’liq muammolarida keskin burilish yasadi. Balster-B va boshqa viruslarning domino effekti shuni ko’rsatdiki, dastur analitiklari ikki haftadan beri tinimsiz mehnat qilishgan ekan. “Employee burn-out” potentsiali kompaniyaga shu narsani ochib berdiki, kompaniyaning virus ovchilari yanada bilimliroq bo’lishlari kerak. Endi esa menedjerlar xodimlarni yangi viruslar uchun javobgar bo’lgan guruhlardan olib, loyiha ustida ish olib borayotgan guruhlarga o’tkazmoqdalar. Boshqalar esa viruslarning yangi to’lqinini engishi kerak bo’lgan dastur ustida ish olib bormoqdalar. Yana bir ishchi nima uchun boshqa dasturchilar yangi viruslar chiqarish bilan bandligini o’rganadi – umuman olganda, virus ovchilari uchun ish kunining oxiri yo’qdir.Santa Monikadagi dasturchilar o’z ish kunini tugatganlarida, Yaponiyada boshqa guruh o’z ishlarini boshlaydilar, ular esa o’z navbatida Dublindagi dasturchilarga o’z ishlarini qoldiradilar. Dublinliklar esa ish kunini yana Santa Monika ishchilariga qoldiradilar. Bu butun dunyoni o’z domiga tortib olgan ishdir.
Ammo ekspertlarning ta’kidlashiga ko’ra, ular qanchalik harakat qilishmasin, ular bu musobaqada imkoniyatni boy berishmoqda. Ular endi himoyaning yangi chizig’ini kiritishni, insonlarning yordamidan foydalanib, xakerlar va kiberjinoyatchilarni qo’lga tushirishni rejalashtirmoqdalar. Semantek kompaniyasidagi vitse-prezident Roan Trollop shunday deydi: “Insonlarga maxsus signallar berishni to’xtatish vaqti keldi. Endi biz kiberjinoyatchilar ortidan tushishimiz kerak”. Shuning uchun, yangi Norton Internet Security tizimining ishlab chiqaruvchilari kompyuter foydalanuvchilaridan taxdid bo’lgan vaqtda ma’lumotlarni yig’ib, antivirus ishlab chiqaruvchilariga jo’natishni maslahat bermoqdalar.
Dostları ilə paylaş: |