1. "Kibermakon" tushunchasi va uning mazmun-mohiyati



Yüklə 19,08 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü19,08 Kb.
#117421
kibermakon


1. “Kibermakon” tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Kibermakon tushunchasini dastlab kanadalik yozuvchi Uilyam Gibson 1982 yil «Sojjenie Xrom» («Burning Chrome») nomli hikoyasida yozadi. Keyinchalik, Gibsonning 1990 yilda yozib tugatgan “Neuromancer” (“Asabli manzaralar tasvirlovchisi”, “Nervo-sochinitel”) nomli texno-utopik fantastik trilogiyasida qo’llagan. Bu asardagi kibermakon tushunchasi millionlab odamlarning jamoaviy sarob, xayolparastlikning o ’ziga xos ko’rinishi sifatida tasvirlangan. Bu erda jamoaviy sarob yoki xayolparastlik inson ongida sub’ektiv psixologik holat sifatida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog’i orqali bir-biri bilan bog’langan va bir vaqtning o’zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud kompyuteming grafik sifatidagi ma’lumotlariga o’ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi. Hozirgi davrda fan, texnika va asosan kompyuter taraqqiyoti mahsuli bo’lgan kibermakon va uning boshqaruvchi qiyofasi «superkorporatsiya» texnologiyalaming insoniylikdan begonalashuvi natijasida din niqobidagi ijtimoiy va madaniy buzg’unchilikni sodir etishga bo’lgan urinishlar tobora kuchayib bormoqda. Jumiadan, bugungi kunda kiberterrorchilik tuzilmalari o’z g ’arazli maqsadlari yo’lida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga urinmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida quyidagicha ta’kidlangan: «Taassufki, ba’zan islom dini va diniy aqidaparastlik tushunchalarini bir-biridan farqlay olmaslik yoki g ’arazli maqsadda ulami teng qo’yish kabi holatlar ham ko’zga tashlanmoqda. Shu bilan birga, islom dinini niqob qilib, manfur ishlami amalga oshirayotgan mutaassib kuchlar hali ongi shakllanib ulgurmagan, tajribasiz, g ’o ’r yoshlami o ’z tuzog’iga ilintirib, bosh-ko’zini aylandrib, ulardan o ’zining порок maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday 146 nojo’ya harakatlar avvalo muqaddas dinimizning sha’niga dog’ bo’lishini, oxir-oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur». “Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi: din niqobi ostidagi ekstremistik saytlarda asosan davlat to’ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan IShID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o ’tish mumkin. Ularda IShID go’yo Islom yo’lida “qurbon” bo’layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan. Terrorchilaming targ’ibot-tashviqotlari kun sayin avj olib bormoqda. “Odnoklassniki”, “Facebook”, “Instagram”, “Twitter”, “Vkontakte” ijtimoiy tarmoqlarida buzg’unchilik va yot g ’oyalami targ’ib qiluvchi yuzlab guruhlar mavjudligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Shuningdek, Islom dinini noto’g’ri, qabih maqsadlarda talqin etish, dinga siyosiy tus berib, hokimiyatni qo’lga kiritish hisoblanadi. 2. Axborot urushi va uning mazmuni. Insonlararo o ’zaro munosabatlardagi xar qanday ziddiyat - bu, axborotlar ziddiyatidir. Axborot har qanday qaror qabul qilish uchun eng muhim unsur bo Tib, u nafaqat, to’qnashuv paytida optimal xatti-harakatlami amalga oshirish, balki, maqsadga yo’nalgan faoliyatni boshqarish imkonini beradi. Tizim mavjudligi va barbod bo’lishini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Qadim davrlardan buyon axborotni o’zaro urush va nizolar jarayonida hujum uyushtirish yoki himoyalanish resursi sifatida talqin etishga urinishlar bo’lib keladi. Biroq hozirga kelib ilmiy doirada «axborot urushi» kategoriya sifatida rasmiy.lashdi. bunday urushlaming moxiyatini anglashga doir metodologik yoidashl’lar, nazariyalar shakllandi. “Bunday sharoitda, - deb yozadi NA.Kostin, - axborot dunyo sahnidagi tarixiy raqobat kechadigan sohaga aylanib, “axborot urushi” deb nomlanayotgan faol kurash shakli paydo bo’lmokda”. Bugungi kunda axborot urushlari haqida ko’p yozilmokda. Bu tushunchaning paydo bo’lish tarixi, ilk marotaba ko’llanilishi haqida turli, ba’zida bir-biriga zid fikr-mulohazalar mavjud. Ularga alohida 147 ravishda to’xtalmagan holda, bu boradagi ayrim nuqtai nazarlarga e’tibomi qaratish joiz. Manbalarda ta’kidlanishicha, “axborot urushi” atamasi ilk bor 1976 yi. “Boeing” kompaniyasi uchun tayyorlangan “Qurol tizimi va axboro urushi” deb nomlangan hisobotda Tomas Rona tomonidan ishlatilgan. Hujjatda mutaxassis axborot infratuzilmasi AQSh iqtisodiyotining muhim komponentiga aylanib borayotgan axborot sohasi ham urush, ham tinchlik holatlarida nozik, zaif tarmoq bo’lib qolayogganini ta’kidlagan. T.Rona tomonidan ilgari surilgan ushbu g’oya harbiylar ommaviy axborot vositalari xodimlarida katta qiziqish uyg’otdi, bu borada ilmiy tahlillar, intervyular, chiqishlar avj oldi. 1980 yillarga kelib esa jamoatchilikda axborotning maqsad hamda qurol, vosita sifatida namoyon bo’lishi haqida yagona xulosa shakllandi. “Sovuq urushi”ning nihoyasi va AQSh oldida yangi vazifalar paydo bo’lishi bilan “axborot urushi” atamasi mudofaa vazirligi hujjatlariga kiritildi. 1991 yil “Sahrodagi bo’ron” operatsiyasi mobaynida axborot texnologiyalari ilk marotaba harbiy harakatlaming vositasi sifatida ishlatildi. 1996 yil Pentagon eksperti Robert Banker AQSh mudofaa kuchlarining XXI asr uchun yangi harbiy doktrinasiga bag’ishlangan ma’ruza qiladi. Unda mutaxassis harbiy harakatlar teatrini an’anaviy harbiy makon hamda kibermakondan iborat ikki muhim asoslarda tashkil etish g’oyasini ilgari surdi. Boshqacha aytganda, R.Banker raqib harbiy kuchlarini bostirish, neytrallashga qaratilgan an’anaviy harbiy konitseptsiyalarning tabiiy to’ldiruvchisi sifatida xizmat qilishi zarur bo’lgan «kibermanyovr» doktrinasini taklif etadi. Shu tariqa, quruqlik, dengiz, havo yo’llaridan tashqari harbiy harakatlar tizimiga “infomakon” - axborot makoni ham qo’shiladi. Bunday yangi shakl va mazmundagi urushlarda raqib tomonning axborot infratuzilmasi va ruhiyati asosiy ob’ekt (nishon) bo’ladi. 1998 yil oktyabrda AQSh mudofaa vazirligi “Axborot operatsiyalarining birlashgan doktrinasi”ni amalga oshirishga kirishdi. Aslida, ushbu doktrina avval “Axborot urushining birlashgan doktrinasi” deb nomlangan edi. Keyinchalik uning nomi o ’zgartirildi. Bunga sabab 148 esa, “axborot operatsiyalari” va “axborot urushi” tushunchalarining o ’zaro munosabatiga oydinlik kiritish edi. Shu tariqa axborot operatsiyasi - o’z axborot tizimlarini himoya qilish jarayonida raqib tomonning axborotni to’plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash borasidagi ishlarini murakkablashtirish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakat; axborot urushi esa, qarama-qarshi tomonning siyosiy va xarbiy boshqaruv tizimi hamda rahbariyatiga qaratilgan kompleks ta’sirlar, axborot operatsiyalari majmui, deb ta’riflandi. Bunday ta’sirlar orqali tinchlik va urush holatlarida raqib tomon rahbariyatini informatsion ta’sir o’tkazayotgan tomonga maqbul qarorlar qabul qilishiga erishish maqsadi ko’zlanadi. Mutaxassislaming ta’kidlashlaricha axborot urushi milliy harbiy strategiyani ta’minlashda axborot borasida ustunlikka erishish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlami ifoda etadi. Bunda raqib tomon axborot tizimlariga ta’sir o’tkazish bilan bir vaqtda o’z axborot infratuzilmasi mustahkamlab boriladi. Axborot sohasidagi ustunlik muayyan holat haqida axborotni uzluksiz to’plash, qayta ishlash va tarqatish qobiliyatini anglatadi. Bunday qobiliyat, o’ziga xoslik esa, raqib tomonga xuddi shunday xattiharakatlami amalga oshirishda to’sqinliklar qilish, qarshiliklar ko’rsatishda namoyon bo’ladi. Shuningdek, axborot sohasidagi ustunlik harbiy holat haqida real tasavvurga, raqib xatti-harakatlarining aniq va interfaol manzarasiga ega bo’lish imkonini beradi. Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunga kelib, axborot sohasi ko’plab davlatlar siyosatining ystuvop yo’nalishiga aylangan. Bu borada davlatlar tomonidan axborot agressiyasidan himoya tizimi, ommaviy madaniyat ekspansiyaga qarshi chora-tadbirlar bilan bog’liq keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ham axborot resurslaridan foydalanish, axborot almashinuvi va umuman, axborotlashtirishga doir qonun xujjatlari majmui shakllantirildi. Jumladan, «Axborotlashtirish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida "Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy 149 jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan» - degan qoida o ’z aksini topgan. 3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo’lish shakllari. Yoshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ulaming turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlaming bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ulaming jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda. Yoshlaming turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ulaming bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlami egallashga bo’lgan qiziqish va intilishi hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat, martaba va h.k.) ega bo’lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm kabi ma’naviy-ruhiy omillami alohida ajratib ko’rsatish lozim. Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi. Shu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilaming qoni to’kilishi, obod joylar vayron bo’lishi, aholi o’rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining oldini olish maqsadida bu kabi ishlami amalga oshirmoqchi bo’lganlarga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, O’zbekistonda diniyma’rifiy sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil bo’lib qolmoqda. Ammo g ’arazli kuchlar ham o ’z maqsadlariga erishish yo’lida yangi-yangi uslublami, hiyla-nayranglami o’ylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi salbiy holatlaming paydo bo’lishi va rivoj topishiga yo’l qo’ymaslik esa doimiy xushyorlikni talab etadi. Ming afsuski, diniy savodi past bo’lgan ayrim kishilar o ’zlarini islom dinining jonkuyarlari qilib ko’rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad qilib qo’ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar, hatto, o’zlarini qurbon qilishgacha etib bormoqdalar. Johillik ham mutaassib oqimlaming g ’arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan biriga aylandi. Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan ekstremistik 150 ruhdagi adabiyotlar, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan materiallardan ta’sirlanayotgan va to’g’ri yo’ldan adashayotganlarning borligi ham buni tasdiqlaydi. O ’zini portlatish orqali begunoh kishilaming halok bo’lishiga, qanchadan-qancha bolalaming etimga aylanishiga sabab bo’ladigan jafokorlik ham jaholatning o’ziga xos ko’rinishidir. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o’ylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini zabt etish maqsadida har qanday qabih yo’llardan foydalanishga urinmoqda. Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga ob’ektiv ko’rsatib berish, e’tiqod erkinligi sohasida O ’zbekistonda olib borilayotgan siyosatni keng targ’ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ’ib qilinayotgan vayronkor g’oyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning zamiridagi g’arazli geosiyosiy maqsadlar, ulami amalga oshirayotgan buzg’unchi kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ulami aholi orasida targ’ib etish muhim ahamiyat kasb etadi. 4. Yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan asrashning dolzarb masalalari. Internet fan-texnika taraqqiyoti natijasi, madaniyat evolyutsiyasining hosilasi hisoblanadi. Hozirgi kunda hayotimizni intemetsiz tasavvur qilish juda mushkul. Ayniqsa, yoshlar hayotida global tarmoqning o’mi tobora oshib bormoqda. Internet dunyoning turli nuqtalarida yashovchi odamlaming o’zaro muloqotini hamda axborot almashinuvini mukammal darajada osonlashtirdi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyo bo’yicha intemetdan eng ko’p foydalanuvchilar aynan 21 dan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar hisoblanar ekan. Yurtimizda ham Internet tizimi rivojlanib, undan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. So’nggi o’n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o’n barobarga oshgan. Tarmoq orqali axborot izlash, qabul qilish, uzatishning juda qulay va ommabopligi undan foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishini ta’minlamoqda. Mamlakatimizda 2007 yilda intemetdan foydalanuvchilar soni (mobil 151 internet foydalanuvchilari bilan qo’shib hisoblaganda) bir millionni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yil yakunida bu ko’rsatkich o’n ikki milliondan oshdi. Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulqatvorlariga ta’sir ko’rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Intemetning bugungi kundagi rivoji yoshlarga g ’oyaviy ta’sir o’tkazishning miqyosi va ko’lamining keskin darajada o’sishiga olib keldi. Aynan shu taraqqiyot vositasidan ustamona foydalanib, qalblami zabt etishda diniy omilning roli yuqori. Shuning uchun ham turli diniyekstremistik va terrorchi uyushmalar o ’z g’oyalarini targ’ib qilishda intemetni eng samarali vosita sifatida qo’llamoqda. Bunda diniy-ekstremistik oqimlar o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan keng foydalanish, internet orqali turli tillarda targ’ibot olib borish va puxta ishlangan strategiya asosida virtual jamoatlar tuzish asosiy vazifaga aylangan. Masalan, bugungi kunda bir necha yirik terrorchi tashkilotlar o’z saflariga faol tarzda ijtimoiy tarmoqlar orqali asosan 17-35 yosh oralig’ida bo’lgan kishilami yollamoqda. Bunda psixologik ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy tarmoq a’zolarining sahifalari, qo’yilayotgan rasmlar, sharh va izohlar hamda olib borilayotgan suhbat mavzularini puxta o ’rganadi va shu asosda «nishon»ga olingan shaxsga mavzuga oid materiallar intemetning Facebook, Odnoklassniki, VKontakte, Telegram, Twitter, WhatsApp kabi keng auditoriyaga ega bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali (yozma xabar, matn, fotosurat, stiker rasmlar, audio-video rolik) jo ’natiladi va o ’zaro aloqa yo’lga qo’yiladi. Yoshlar orasida mutaassiblikka yo’g ’irilgan bunday forumlaming tobora ommalashuvi hamda ularda turli ko’rinishdagi buzg’unchi “fatvo”laming berib borilishi muammoning naqadar jiddiy ekanini namoyon etadi. Chunki dunyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlar katta kuch hisoblanadi. Ulaming endi shakllanib kelayotgan ongiga nimani singdirilsa, o’sha toshga o ’yilgan naqshdek muhrlanadi. Shuning uchun ham radikal oqimlar aynan yoshlami 152 tuzog’iga ilintirishga harakat qiladi. Ulardagi ishonuvchanlik, kuchg’ayrat, qiziqqonlik ulaming maqsadini amalga oshirishda qo’l keladi. Ming afsuski, bunday manfur kuchlar asosan ilm va ma’rifatdan yiroq, sof diniy tushunchalaming asl mazmunini bilmagan kishilami, asosan yoshlami jalb etishga intilib, ijtimoiy tarmoqlar orqali «jihod», “takfir”, “shahidlik”, “hijrat” tushunchalarini noto’g ’ri talqin etgan holda o ’z Vatanlarini tark etishga urinmoqda. Shuningdek, ayrim kimsalar tomonidan maqsadli ravishda islom mohiyatiga zid bo’lgan turli xil asossiz axborotlar, manbasi aniq bo’lmagan diniy tusdagi xabarlar yoki kishilami vahimaga soluvchi foto va videolavhalar keng targ’ib etilmoqda. Bunda ba’zi yoshlaming axborot vositalari orqali tarqatilayotgan milliy va diniy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabarlar, aniq manbasi ko’rsatilmagan, asossiz axborot va ma’lumotlarga ishonib qolishayotgani, mulohaza qilmasdan ko’r-ko’rona qabul qilayotgani undan ham keskin oqibatlami keltirib chiqarmoqda. Bugun axborot iste’mol qilinadigan tovarga aylangan ekan, har bir inson o’zida uni iste’mol qilish madaniyatini tarbiyalashi lozim. Yoshlar shaxsiy xarakterdagi axborot himoyasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi, o ’zi foydalanayotgan salbiy axborotlardan himoyalana olishi zarur. Ana shu maqsadda 2011 yildan boshlab, Toshkent islom universiteti bakalavriat va magistraturaning barcha yo’nalishlarida «Axborot iste’moli madaniyati» nomli maxsus kursning o ’qitilishi joriy etildi. Axborot iste’moli madaniyati, eng umumiy ma’noda, axborot oqimidan inson manfaatlari, kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’lumotlami qabul qilish, saralash, tushunish va talqin etishga xizmat qiladigan bilimlar, qobiliyat va malaka tizimini anglatadi. Yosh avlodda bu jihatlar shu darajada shakllangan va qaror topgan bo’lishi lozimki, ular vertual makonda umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot iste’moli madaniyatiga ega yoshlar, salbiy va noxolis axborotlar ta’siriga tushib qolmaydi, chunki ularda bunday axborotlarga nisbatan mustahkam mafkuraviy immunitet shakllanadi. 153 “Kimki axborotga ega bo’lsa, u, dunyoga egalik qiladi”, degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. Shunday ekan, dunyoning turli mintaqa va hududlarida ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ziddiyatli to’qnashuvlarga teran qarash hissini oshirish, har qanday ko’rinishdagi tahdidlarga qarshi ma’naviy-ma’rifiy ishlami zamon talablari asosida tashkil etish, ayniqsa bu borada kelajagimiz hisoblangan yosh avlodni, bir so’z bilan aytganda har birimiz uchun muqaddas bo’lgan oilamizni din niqobi ostidagi yot g’oyalar ta’siridan asrash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim.
Yüklə 19,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin