3) tsilindrlar (korpuslar) soniga ko’ra: a) bir korpusli (bir tsilindrli); v) ikki korpusli (ikki tsilindrli);
V) ko’p korpusli (ko’p tsilindrli). Ko’p tsilindrli turbinalar tsilindrlarining
vallari bitta generatorga birlashtirilgan bo’lsa, bir valli turbinalar deyiladi, agar har
bir tsilindr ayrim generatorga birlashtirilsa, ko’p valli turbinalar deyiladi.
4) bug’ taqsimlanish printsipiga ko’ra: a) aktiv turbinalar; bu turbinalarda bug’ning potentsial energiyasi kinetik
energiyaga qo’zg’almas kurakchalarda yoki soploda aylantiriladi; ishchi
kurakchalarda esa bug’ning kinetik energiyasi mexanik ishga aylantiriladi;
v) reaktiv turbinalar; bu turbinalarda bug’ kengayishi yo’naltiruvchi va
ishchi kurakchalarda bir xilda amalga oshiriladi.
5) issiqlik jarayoni xarakteriga ko’ra: a) regeneratsiyali kondensatsion turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug’
atmosfera bosimidan past bosimda kondensatorga kiritiladi;
v) bitta yoki ikkita rostlanadigan bug’ olinadigan kondensatsion turbinalar;
olingan bug’ ishlab chiqarish yoki turar joylarni isitish uchun ishlatiladi, qolgan
qismi kondensatorga kiritiladi;
V) qarshi bosimli turbinalar; bu turbinalarda ishlatilgan bug’ bir necha
atmosfera bosimida sanoat yoki isitish uchun yuboriladi;
g) qo’shimcha ulanadigan turbinalar; bunda ishlatilgan bug’ o’rta yoki past
bosimli tsilindrlarga kiritiladi.
6) bug’ bosimiga ko’ra: a) o’rta bosimli turbinalar, v) orttirilgan bosimli turbinalar, V) yuqori
bosimli turbinalar, g) kritik bosimdan yuqori bosimli turbina.
2. Bug‘ va gaz turbina qurilmalari sхеmalari. 2-mavzu. Bug‘ turbinalari. 2.1. Ishchi kurakchalarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi.
2.2. Reaktiv pog‘ona.
2.3. Erkin reaktivlik darajalik pog‘ona.
.
AKTIV POG‘ONA Aktiv pog‘onada bug‘ kengayishi faqat soploda amalga oshiriladi.
Pog‘onaning issiqliklar farqi h0 kinetik energiyaga faqat soplolarda aylantiriladi.
Ishchi kurakchalarda esa faqatgina kinetik energiyaning mexanik energiyaga
aylantirish jarayoni sodir bo‘ldi. Bug‘ oqimi soplo kanallaridan aylanish tekisligiga
α1 burchak ostida c1 absolut tezlik bilan chiqadi va ishchi kurakchalar kanaliga
kiradi. Ishchi kurakchalar aylanib turganligi sababli bug‘ kanallariga kirishida
ularning devorlariga nisbatan boshqacha tezlik va yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu
tezlik nisbiy tezlik deb ataladi va ω1 bilan belgilanadi. Nisbiy tezlik qiymatini va
yo‘nalishini tezliklar uchburchagini qurish bilan osonlikcha topish mumkin.
Bug‘ absolut tezligi c1 dan kurakchalar o‘rtacha diametriga nisbatan
aniqlangan aylanish tezligi u ni geometric ayirish natijasida nisbiy tezlik ω1
aniqlanadi.
Geometrik ayirish qoidasiga ko‘ra c1 tezlik parallelogrammning diagonali
hisoblanadi, tezlik u esa uning bir tomoni. Demak, nisbiy tezlik ω1 ning qiymati va
yo‘nalishi parallelogrammning ikkinchi tomoni bilan aniqlanadi.
Bug‘ oqimining ishchi kurakchalar kanallariga kirishdagi yo‘nalishini
belgilovchi, β1 burchak kirish burchagi deyiladi. Bug‘ning ishchi kurakchalar
kanallariga zarbasiz kirishini ta’minlash uchun ishchi kurakchalarning chekka
qismlari aylanish tekisligiga nisbatan β1 burchakka og‘ma qilib yasalishi kerak.
Tezlik ω1 va burchak β1 ning qiymatlarini uchburchaklar formulasidan
foydalanib analitik usulda aniqlaymiz: