1. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 24,39 Kb.
səhifə3/6
tarix19.09.2022
ölçüsü24,39 Kb.
#63812
1   2   3   4   5   6
Tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruza qismlarini o`zlashtirish

Ma'ruza. Ma'ruza o'qitishning eng keng tarqalgan shakli bo'lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o'rinni egallaydi. U pedagog mehnatining oliy shakli darajasida e'tirof etiladi. Munozara shaklida bayon etiladigan ma'ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma'ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo'lishiga erishish mumkin. Ma'ruza so'ngida o'qituvchi talabalarga tarqatma materiallar yordamida ma'ruza mavzusi doirasida savollar berishi, test o'tkazishi, rasmli yoki diagrammali ma'lumotlarni qo'shimcha ilova sifatida taqdim etishi va shu kabi ko'plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
Munozara. Ko'pchilik o'quv predmetlari va ularning mavzulari ta'lim standaritlari, o'qitish dasturlari, o'quv rejasi va ta'lim muassasasining o'ziga xosligiga bog'liq ravishda munozara tarzidagi o'quv mashg'ulotlarini taqozo etadi. Munozara tarzida olib borilgan o'quv mashg'ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanishni ijobiy natijaning ilk belgisi sifatida baholash mumkin. Bunda ta'lim oluvchilar faolligi ta'minlanadi, shubhali vaziyatlarga o'rin qoldirilmaydi hamda ularning xohishlari inobatga olinadi. Eng muhimi, bunday sharoitda o'quv materiali to'la-to'kis o'zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko'rinish va mazmunda bo'ladi. Ko'rsatma va ta'kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo'ladi.
Guruhlarga bo'linib ishlash. Bu so'nggi yillarda Evropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o'qitish metodidir. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi, ya'ni galma-gallanishi lozim. Shu sababli ushbu jarayonda tarqatma materiallardan keng foydalanish ko'proq ko'zga tashlanadi.
Ta'lim yo'nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. Guruh bo'lib ishlash kengroq joy va siljitiladigan o'quv mebellarini talab qiladi hamda pedagogning nazorati barcha guruh uchun baravar bo'lishi lozimligi ham qiyinchilik tug'diradi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta'minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo'yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma'ruza materiallarini o'zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo'l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi va tarqatma materiallar ko'pincha rasmli, jadvalli yoki matnli shaklda tarqatiladi.
Tarqatma materiallar guruhlarga alohida-alohida bo'lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o'qituvchi bosh hakam tarzida so'nggi va hal qiluvchi so'zni aytadi. Tarqatma materiallarning ta'lim oluvchilar yosh xususiyatlariga va bilim darajasiga mosligi bunda o'ta muhim omil hisoblanadi.

Yüklə 24,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin